Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA YOSHLARNING ILMIY-TEXNIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING FALSAFIY JIHATLARI
FOYDALANISHNING FALSAFIY JIHATLARI · Aliyev Nozimjon Nurullajon o’g’li
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются эффективные методы и возможности использования научно-технического потенциала молодежи в процессе устойчивого развития общества. Освещается значение инновационных идей и достижений молодежи в области науки и техники в обеспечении социально- экономического развития общества. Ключевые слова: молодежь, научно-технический потенциал, инновации, Технологии, Социальное развитие, инновационная идея, наука и техника, технический прогресс. Annotation. This article analyzes the effective methods and possibilities of using the scientific and technical potential of young people in the process of sustainable development of society. Young people's innovative ideas and achievements in the field of Science and technology highlight the importance of society in ensuring socio-economic development. Keywords: youth, scientific and technical potential, innovation, technology, social development, innovative idea, science and technology, technological progress. Kirish. Zamonaviy jamiyat taraqqiyotining tezkor kechayotgan jarayonlarida yoshlarning ilmiy-texnik salohiyati alohida o‘rin tutishi tobora kuchayib bormoqda. Inson kapitaliga asoslangan iqtisodiyot modelida, xususan, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohalari va ilm-fan integratsiyasi sharoitida yosh avlodning salohiyatini ro‘yobga chiqarish jamiyatni rivojlantirishning hal qiluvchi omiliga aylandi. Mazkur maqolada jamiyat rivojlanishida yoshlar ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ijtimoiy-falsafiy tahlil qilinadi. G‘arb va Sharq faylasuflarining ilm, texnologiya hamda avlodlar almashinuvi borasidagi fikrlariga murojaat qilinib, ularning mazkur masala yuzasidan ilgari surgan mulohazalari hamda polemik jihatlari yoritiladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ilmiy-texnik salohiyat tushunchasi yoshlarning ilm-fan, innovatsion texnologiyalar hamda tadqiqot faoliyatidagi bilimi, malakasi, ijodiy qobiliyatini ifodalaydi. Inson har bir davrda texnik rivojlanish jarayonida asosiy subyekt sifatida maydonga chiqsa ham, bugungi davrda aynan yoshlar yetakchi kuchga aylanib bormoqda. Chunki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta’lim platformalari, onlayn resurslar orqali yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan erta shug‘ullanish, global tarmoq orqali ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lib qolishdi. Martin Haydegger texnologiyani inson borliqni anglash 379 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi va shakllantirish vositasi sifatida talqin etar ekan, insonning bu jarayondagi roli aslo passiv bo‘lolmasligini, aksincha, faol ijodkor subyekt sifatida doimiy ravishda yangilikka intilishini ta’kidlaydi [1,45]. Demak, yoshlar ilmiy-texnik salohiyatining kuchayishi – jamiyatdagi borliqni yangilash jarayonining ayrim hollarda eng qudratli kuchlaridan biridir. Ilm va texnika sohasida yoshlar roliga doir G‘arb faylasuflari o‘rtasida ham yirik munozaralar kuzatiladi. Immanuil Kant aql-idrokni hayotiy tajribadan yuqori qo‘ygan, ya’ni inson aqlining o‘zidan mustaqil bo‘lgan ideal mezonlari ishongan holda, jamiyatdagi ilm-fan taraqqiyotini inson aqlining tabiiy mahsuli, yoshlarni esa shu jarayonning mushtarak ishtirokchisi sifatida ko‘rgan edi [2,87]. Bunga javoban, Fridrix Nitshe individual ijodkorlik va hayotiy tajriba (eksperimental ruh) masalasiga e’tibor qaratib, ijtimoiy konvensiyalardan qochish, ulug‘vorlikka intilish yoshlarning tub mohiyatida borligini uqtiradi [3,54]. Nitshecha yondashuvda yosh avlod texnik yangiliklarni ijtimoiy cheklovlarsiz tatbiq qilishga moyil bo‘lib, jamiyatda ba’zan kelishmovchiliklar ham keltirib chiqarishi mumkin. Demak, bu ikki faylasufning qarashlarida ham yoshlar va ilm-fan integratsiyasiga oid polemika mavjud: Kant ma’rifatli jamiyat qurish uchun ilmiy bilishning ustunligi va yoshlarning aqlan yetuk bo‘lishini e’tirof etsa, Nitshe yoshlarning yanada “tajovuzkor” fikr yuritishlari, qulay muhitni buzishga, ijodiy qiyofani shakllantirishga intilishlarini tan oladi. Sharq falsafasida esa – Al-Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida ilm bilan axloqning tutashuvi, shaxsning yetukligini ta’minlash uchun jamiyatda muhitning qulay bo‘lishi zarurligini qayd qiladi [4,71]. Bunda ilm-fan bilan shug‘ullanish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, doimiy ravishda ma’naviy tarbiya bilan uyg‘un kechishi lozim. Uningcha, agar ushbu uyg‘unlik buzilsa, ilm-fan progressi o‘ta individual manfaatlarga bo‘ysunib, ijtimoiy nizolar paydo qiladi. Ko‘rinadiki, G‘arbda texnik yangiliklar va yoshlar erkin fikriga urg‘u baland bo‘lsa, Sharqda axloqiy omilga asoslangan chegaralanish tamoyili ustunroq ko‘rinish olgan. Ammo har ikkala maktab ham yosh avlodni jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi omil sifatida ko‘radi. Tadqiqot metodologiyasi. Yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, avvalo, ta’lim sifatiga va undagi innovatsion metodlarga bog‘liq. Jon Devey o‘zining “Democracy and Education” asarida
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются эффективные методы и возможности использования научно-технического потенциала молодежи в процессе устойчивого развития общества.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются эффективные методы и возможности использования научно-технического потенциала молодежи в процессе устойчивого развития общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- youth, scientific and technical potential, innovation, technology, social, fan va texnika, yoshlar, innovatsiya, texnologik taraqqiyot., texnologiya, ilmiy-texnik salohiyat, innovatsion g‘oya, ijtimoiy rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025