К содержанию
РецензированоUZ2025

TARBIYA FANINI O’QITISHDA TEATR PEDAGOGIKASINING O’RNI

Abdullayeva Aziza Karimovna · Sobirov Aziz (Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tarbiya fanini o’qitishda teatr pedagogikasining ahamiyati, teatrshunos olimlarning olib borgan tadqiqotlari teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochishligi, shuningdek, teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo‘nalishi bo‘lib, u teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishini ta’minlovchi usullar tizimini o‘z ichiga olishi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Tarbiya fani, pedagogika, teatr pedagogikasi, teatrlashtirish faoliyati, madaniy meros, aktyorlik va pedagogik qobiliyat, muloqot, kreativ fikrlash, jamoaviy ish, psixologik rivojlanish, interaktiv ta'lim, o'ziga ishonch, axloqiy-psixologik maqsadlar. Tarbiyaviy jarayon bu ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liqdir, lekin u pedagog va o‘quvchining birligida namoyon bo‘ladi. Tarbiya fani, o‘quvchilarning axloqiy va ruhiy dunyosini shakllantirish, ularni jamiyatda faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalash uchun muhim ahamiyatga ega. Bu fanni o‘qitishda turli pedagogik metodlar va texnikalar qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda, o‘qitish jarayoniga teatr pedagogikasining elementlarini kiritish, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijodiy fikrlashi, muloqot qilish va jamoadagi rolini anglashda katta yordam beradi. Teatr pedagogikasi, o‘quvchilarning o‘zini ifoda etish, o‘z hissiyotlarini anglash va boshqalar bilan hamkorlikda ishlashni o‘rgatadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PF-600-sonli Farmoni1 o‘zbek milliy san’atida teatr faoliyatini yanada rivojlantirish, bu tizimdagi o‘zgarishlarga va yangiliklarga turtki vazifasini o‘tab berdi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va ruhan tarbiyalashda ham amaliyotga keng tadbiq etila boshlandi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, teatr ijodkorligida va pedagogik ta’sir ko‘rsatishda, ya’ni pedagog bilan bolalarning bevosita o‘zaro harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hissi o‘zaro fikr almashish sohasida ko‘pgina umumiy tomonlar bor. Pedagog pirovard natijada pedagogik ta’sir ko‘rsatish drammaturgiyasini ishlab chiqadi, uni rivojlantirish sohalarini belgilaydi, tarbiyaviy ta’sirlar rejasini tuzib chiqadi, bu reja u yoki bu tarbiyaviy syujetni rejissorona ko‘rinishi nazarda tutadi, nihoyat pedagogning o‘zi tarbiyaviy g‘oyalar va yo‘l yo‘riqlarning faol “uzatuvchisi” bo‘lib maydonga chiqadi. Bu ikkala ijodiy jarayonni muomala va o‘zaro faqat bir-biriga yaqinlashtiradi. 1 Mirziyoyev Sh. «Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsining jаmiyаt hаyotidаgi o‘rni vа tа’sirini yаnаdа oshirish chorа- tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi PF-600 sonli Fаrmoni. - T., 2020 392 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochadi. “Insonni kashf etish esa shaxsni kashf etishdir. Aynan badiiy ijodiy faoliyatda bola o‘zini to‘laroq namoyon eta oladi”2 L.M.Batkin. Teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo‘nalishi bo‘lib u teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishini, o‘zini anglashi va hayotdagi o‘z o‘rnini topish usullar tizimini o‘z ichiga oladi. Bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishi esa pedagogning aktyorlik ta’siri ortida ro‘y beradi. Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga bo‘lgan e’tibor yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablari uchun ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimedia vositalari hamda o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarining kompyuter elektron turlarini yaratishning yo‘lga qo‘yilganligi soha rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol toptirish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu borada kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Uning samarali rivoji uzliksiz ravishda ta’lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mil.avv.gi IV-V asrlarda Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda yuzaga kelgan antik teatr sanatining tug’ilishiga olib kelgan. Madaniy meros bilan tanishtirish, qonunlarga nisbatan hurmatni tarbiyalash maqsadida bolalarni teatrga jalb etilgan. Ba’zi teatr tizimlari esa notiqlik, raqs va qo’shiq aytishga asoslanib, ularda oyin tamoyili birinchi o’ringa chiqgan. Teatr niqobi o’yin namoyishlarning ifodali vositasi hissoblangan. N

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarbiya fanini o’qitishda teatr pedagogikasining ahamiyati, teatrshunos olimlarning olib borgan tadqiqotlari teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarbiya fanini o’qitishda teatr pedagogikasining ahamiyati, teatrshunos olimlarning olib borgan tadqiqotlari teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativ fikrlash, interaktiv ta'lim, Tarbiya fani, jamoaviy ish, psixologik rivojlanish, axloqiy-psixologik maqsadlar., teatr pedagogikasi, aktyorlik va pedagogik qobiliyat, muloqot, pedagogika, teatrlashtirish faoliyati, o'ziga ishonch, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники