Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINGAPUR MATEMATIKASI VA UNI MAMLAKATIMIZ TA'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI
Xaydarov Boxodir Kayumovich
Современная наука и исследования · 52 · 2025
Аннотация
В статье описаны особенности сингапурской математики, а также проблемы и возможности внедрения ее в систему образования Узбекистана. Ключевые слова: сингапурская математика, методика преподавания, современные образовательные технологии. Annotation: The article describes the features of Singapore mathematics, as well as the problems and opportunities for its implementation in the education system of Uzbekistan. Key terms: Singaporean mathematics, teaching methodology, modern educational technologies. Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka oʻrgatadi va eng muhimi mulohaza yuritishga chorlaydi hamda inson tafakkurini kengaytiradi. Hozirda matematika fanini nazariylashtirgan holda oʻqitishga, oʻquvchilarga tayyor oʻquv materiallarini berishga asoslangan yondashishdan ma’lum darajada voz kechib, oʻquvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga erishish, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirishimiz lozim boʻladi. Mamlakatimizda matematika ta’lim tizimining oxirgi yillardagi holati tahlili quyidagi dolzarb muammolar bilan aniqlanadi: matematika fani bo‘yicha DTS talablarining yuqori belgilanganligi; o‘quv dasturi nazariy yuklamasining oshib ketganligi; darsliklarda fan mazmunining «quruqligi», hayotdan ajralgan va eskirib borayotganligi; fanni o‘rganishga o‘quvchilar qiziqishining sustligi; aksariyat matematika fani o‘qituvchilari salohiyatining pastligi va malakali matematika o‘qituvchilarining kamligi; matematika fanining o‘quv-metodik ta’minoti yetarli darajada puxta ishlab chiqilmaganligi, o‘qitish metodlarining eskirganligi; Bu muammolarni hal qilish maqsadida matematika ta’limida quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 373 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi chuqur ilmiy o‘rganishlar asosida matematika fani davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish, standart talablarini aniqlashtirish va pasaytirish; o‘quv dasturi nazariy yuklamasini “ozgina-yu - sozgina” qabilida, ixchamlashtirish va soddalashtirish, shuningdek, o‘quv dasturida “spiralsimon” - har sinfda bir mavzuga qayta- qayta qaytish, mavzuni takrorlash va kengaytirish hisobiga o‘quvchilarning mavzini o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish; darsliklarning zamonaviy va jahon andozalariga mosligini qayta ko‘rib chiqsh, yangi standart va o‘quv dasturi asosida ularning mazmunini ko‘proq amaliy jihatlarga yo‘naltirish, o‘quvchilar uchun qiziqarli kontentni yaratish, bu o‘rinda ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribadan unumli foydalanish; matematika ta’limining o‘quv-metodik ta’minotini yangilash va boyitish, mashq daftari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma, o‘rgatuvchi multimedia ilovalari, simulyatorlar, o‘quv-o‘yinlariga asoslangan o‘rganish resurslari, turli qog‘oz va elektron ko‘rinishdagi didaktik materiallarni ishlab chiqish, ko‘rgazmali o‘quv qurollari to‘plamlarini keng miqyosda ishlab chiqarish va ta’lim tizimiga joriy qilish; Singapur matematikasining o‘ziga xos xususiyatlari Singapur ta'lim yondashuvi matematika fanini o‘qitishda dunyodagi eng muvaffaqiyatli metodikalaridan biri hisoblanadi. Bu yondashuv nafaqat yuqori natijalarga erishish, balki o‘quvchilarning chuqur tushunish va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Singapur matematikasi PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalar ko‘rsatdi, bu esa uning samaradorligini isbotlaydi. Xo‘sh, Singapur matematikasi nimasi bilan ajralib turadi va uning muvaffaqiyatlari siri nimada? Singapurning matematika bo‘yicha o‘quv materiallarini varaqlar ekansiz unda juda rang- barang, juda ko‘p chizmalar, ranglar, grafiklar, sxemalar va diagrammalar borligini ko‘rishingiz mumkin. Ammo matematikani yaxshi tushunish siri bunda emas, balki o‘quv jarayoniga yondashuvdadir. 1980-yillargacha singapurlik maktab oʻquvchilari boshqa mamlakatlar darsliklaridan foydalangan holda taʼlim olganlar. Mutaxassislar 10-15 yil davomida matematika ta’limi bo‘yicha dunyoda yig‘ilgan ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, fanning so‘nggi tadqiqotlarini o‘rgandilar, turli mamlakatlardagi turli usullarning samaradorligini solishtirdilar, Yevropa, Kanada, AQSh va Yaponiya maktablarida darslar qanday o‘tilayotganini kuzatdilar. Tadqiqorlar natijasi o‘laroq, matematikani o‘qitishning ideal formulasini tuzishdi va u asosida o‘z mahalliy darsliklarini hamda uni o‘qitish metodikasi - Singapur matematikasini yaratishdi. Singapur matematikasi dasturi quyidagi besh tarkibiy
Доказательный фрагмент
«В статье описаны особенности сингапурской математики, а также проблемы и возможности внедрения ее в систему образования Узбекистана.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описаны особенности сингапурской математики, а также проблемы и возможности внедрения ее в систему образования Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- сингапурская математика, методика преподавания, современные, zamonaviy ta’lim texnologiyalari., o‘qitish metodikasi, Singapur matematikasi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025