Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNI OʻQITISHDA ROBOTDAN FOYDALANISH
L Ismailova · L. Gulyamova · I Karimov
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotning interaktiv taʼlim jarayonidagi ahamiyati va uning texnologik konsepsiyasi taqdim qilinadi. Tavsiya etilayotgan robot displeysiz boʻlib, ovoz orqali ishlaydi. U bolalar bilan muloqot qilib, ularning lingvistik va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Robotning asosiy funksiyalari jumlasiga raqsga tushish, gapni qaytarish, sheʼr, qoʻshiq va ertak aytish kiradi. Bundan tashqari, maqolada robotning emotsional javob berish va raqsga tushishga moslangan ovozli chiqish imkoniyatlaridan iboratdir. Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt, taʼlim texnologiyalari, interaktiv oʻyinlar, bolalar roboti, nutq texnologiyalari. Bugungi kunda taʼlim jarayonida texnologiyalarning roli tobora ortib bormoqda. Xususan, bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotlar taʼlim jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qilishga xizmat qilmoqda. Robotlar jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanib, taʼlim texnologiyasi sifatida foydalanishda katta imkoniyatlar yaratmoqda [1]. Ushbu imkoniyatlardan foydalanilgan holda milliy bolalar bilan muloqot qiluvchi, ular uchun qoʻshiq, sheʼr va ertak aytuvchi robotlarni yaratish hozirgi kunda pedagogik va texnologik jihatdan ahamiyati yuqoridir. Robotning taʼlimdagi ahamiyati quyidagilardan iboratdir: 1. Til va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish – robot bolalarni interaktiv muloqotga jalb qiladi va ularga yangi soʻzlarni oʻrganishga yordam beradi. 2. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish – sheʼr va ertak aytish orqali bolalarda tasavvur qilish qobiliyatini kuchaytiradi. 3. Hissiy rivojlanish – emotsional javob berish orqali bolalar oʻz his-tuygʻularini tushunish va boshqarishni oʻrganadilar. 4. Jismoniy harakatni ragʻbatlantirish – raqsga tushish funksiyasi bolalarni faol harakat qilishga undaydi. Bolalar uchun moʻljallangan robot quyidagi funksiyalarni yaratish konsepsiya sifatida olingan: Gapni qaytarish – bola tomonidan aytilgan soʻzlarni oʻziga xos uslubda takrorlaydi va interaktiv muloqot yaratadi. Sheʼr, qoʻshiq va ertak aytish – robot bolalar uchun turli xil matnlarni talaffuz qilib, ularning tinglash va eslab qolish qobiliyatini oshiradi. 365 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Raqsga tushish va ovozli chiqish moslashuvi – musiqa tinglanayotgan vaqtda robot raqsga tushishi bilan birga, muhitga mos tarzda ovoz chiqaradi. Masalan, tezkor musiqa chalinayotgan boʻlsa, robot "Qani, doʻstlar, birga raqs tushamiz!" deb chaqiradi. Emotsional javob berish – robot bolalarning kayfiyatiga qarab ularga javob qaytaradi. Masalan, bola xafa ohangda gapirsa, robot "Sizni kimdir xafa qildimi? Keling, qoʻshiq aytib, kayfiyatingizni koʻtaramiz!" deb dalda beradi. Robotning Texnologik Imkoniyatlari Displeysiz ishlash – butunlay ovoz orqali muloqot qiladi. Nutqni qayta ishlash – sunʼiy intellekt asosida bolalar nutqini taniydi va javob beradi. Harakat sensorlari – musiqa yoki ovozga mos ravishda raqs harakatlari bajaradi. Emotsional aniqlash tizimi – bolaning ovozidagi hissiy holatni taniydi va shunga mos javob beradi. Bolalar uchun moʻljallangan ovozli robot taʼlim jarayonida muhim oʻrin tutishi mumkin. U bolaning muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradi, ijodiy fikrlashga yordam beradi va hissiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, robotning raqsga tushish va ovozli chiqishni moslashtirish funksiyalari taʼlim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Kelajakda ushbu texnologiyani yanada rivojlantirish va turli yosh toifalari uchun moslashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Omar M., Catherine J., Suleman Sh., Abdullah al M., Jian-Jie D. “A review of the applicability of robots in education” Technology for Education and Learning, 2013 2. Каримов И. К., Кобилов С. С. Технология синтеза речи и его применение в образовании и обучении// Материалы Международной научно-практической конф. по искусственный интеллект и цифровые образовательные технологии: практика, опыт, проблемы и перспективы. – 2024. – Самарканд, СамГУ. — С. 253-255. 366
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotning interaktiv taʼlim jarayonidagi ahamiyati va uning texnologik konsepsiyasi taqdim qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotning interaktiv taʼlim jarayonidagi ahamiyati va uning texnologik konsepsiyasi taqdim qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sunʼiy intellekt, nutq texnologiyalari., interaktiv oʻyinlar, taʼlim texnologiyalari, bolalar roboti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025