Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA «HEAD/BOSH» KONSEPTI ISHTIROKIDAGI FREZEMALARNI O‘RGATISH ORQALI YOZMA NUTQNI O‘STIRISH
Xushmamatova Aminakhon Rustam qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola lingvokulturologiya, leksikologiya, kognitiv tilshunoslik, stilistika va pragmatika sohalariga oid bo`lib, unda asosan “bosh” “head” konseptining ingliz va o`zbek frazeologik birliklaridagi o`rni, semantic tahlili, uni talabalar yozma nutqini oshirishdagi yordami haqida ma`lumotlar yoritilgan. Kalit so`zlar: konsept, frezema, metafora, sinekdoxa, “head”, lingvoculturologiya. Frazemalar tildagi ko‘chma ma’no ifodalash orqali yaxlitlangan birliklar hisoblanadi. Ko‘chma ma’nolar matefora, metonomiya, sinekdoxa va boshqa stilistik vositalar yordamida yuzaga keladi. Ingliz va o‘zbek tillari leksikasi so‘zlarning ko‘p ma’noligi bilan ajralib turadi. Bunda ma’no ko‘chish hodisasining o‘rni katta. Kundalik hayotimizda ko‘p ma’noli so‘zlar atrofimizni o‘rab to‘rgan tabiat, narsa va hodisalarni ifodalab, matnni, nutqimizni rang-baranglashtiradi, ularga jonli tus beradi. Masalan, odam, odam tanasining barcha a’zolari juda ko‘p ko‘chma ma’nolarda ishlatiladi. Har ikkala tilda ham «bosh» so‘zi bilan bog‘liq yuzlab iboralarga duch kelishi mumkin. Maslan, o‘zbek tilida boshim aylandi, boshimga keldi, boshimda yong‘oq chaqdi, bexuda gaplar bilan boshimni og‘ritdi, boshini yo‘qotib qo‘ydi. Odam tana a’zolaridan, ayniqsa, «bosh» ishtirokidagi iboralar solmoqlidir. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «bosh» so‘zi qatnashadigan 60 dan ortiq iborani kuzatish mumkin. Ingliz tilida: my head swims – Boshim aylandi; it came to my head – Miyamga keldi; he hit the nail on my head – boshimga yong‘oq chaqdi; he caused me a headache by nonsense – u behuda gaplar bilan boshimni og‘ritdi; he lost his head – u boshini yo‘qotib qo‘ydi. «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘atida» 93 shunday ibora mavjud1. Agar lug‘atda keltirilgan «bosh» so‘zi ishtiroqidagi variantlarni ham hisobga oladigan bo‘lsak, ularning soni 150 taga yetadi. I.R.Galperinning ikki tomlik «Bolshoy anglo-russkiy slovar»ning (Moskva 1979) 1 tom 637-641 betlarida va «Webster’s College Dictionary» (New York) ning 615-645 betlarida «bosh» «head» ning 200 ga yaqin kuchma ma’nolari bor. Xo‘sh, nega «bosh» so‘zi ishtirokidagi iboralar har ikkala tilda ham miqdori ko‘p? Ushbu savolga javobni «bosh» tushunchasining butun- nom va bo‘lak-nom sifatidagi mohiyatidan qidirish lozim. Ma’lumki, «bo‘sh» butunnom va bo‘laknom sifatida ajratilishi mumkin. Falsafada butun va bo‘lak ayrim hollarda bir-birini to‘la almashtira olishi xususiyatiga egaligi haqidagi qarashlar keng tarqalgan. Biz so‘z atayotgan holda ham «bosh» odam butunligining bo‘lagi va o‘zi alohida bir butunlik bo‘la oladi. Shuning uchun «bosh» ba’zan o‘z bo‘lagi o‘rnida ham ishlatilishi mumkin. Bunda butunni bo‘lak bilan va bo‘lakni butun bilan ifodalash, ya’ni sinekdoha orqali ma’no ko‘chishi yuzaga keladi. Chunonchi, «boshida yong‘oq chaqmoq», «boshidan o‘tkazmoq», «boshi g‘ovlab ketdi», «bosh qotirmoq» kabi iboralarda bosh- «tananing bo‘ynidan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda)» qismi, «kalla» ma’nosini 1 «Ўзбек тили изоҳли луғати» 1961 й. 136-138 бетлар 331 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi emas, balki birinchi iboralarda «tepa» qolganlarida esa «miya» kabilarni ifodalagan. Masalan, «boshiga tushgan», «boshdan kechirilgan», «bosh og‘ritmoq» (odam ta’na a’zosi ma’nosida) «bosh bilan kirib ketmoq». Shuni qayd qilish kerakki, «bosh» so‘zi har ikkala tilda ham iboralarda: «aql» - wisehead, head – miya – wooden head, odam – crowned heads, rahbar – Head man, head waiter, the head of the angry, the head of the family, the head of the department, rahbarning joyi – head – quarters. Biror narsaning boshi, yuqori qismi: – head of a pin, – head of a hammer, shaxs yoki hayvon soni: – a dinner at 20 a head, – ten heads of cattle, inqirozga uchramoq – to bring matters to a head, suyuqlik ustidagi ko‘pik – the head on beer, sabzavotlar, masalan, bir bosh uzum – a head of grapes, bir bosh karam – a head of cabbage kabi ma’nolarda ishlatiladi. «Bosh» so‘zining o‘zbek va ingliz tillarida ko‘chma ma’nolarda ishlatilishini ko‘ramiz. O‘zbek tilida Ingliz tilida Miya ma’nosida Boshi qotdi To lose one’s head, To cause a Boshi shishdi headache Boshi g‘ovladi Bosh bola, A woden head, A hat head, Odam ma’nosida Bosh qo‘ymoq, A wise head, A head man Bosh qo‘shmoq, Boshi chiqmaydi, Boshiga chiqmoq Aql ma’nosida Boshi yaxshi ishlaydi, Bosh bilan ishlaydi, Uning boshi yo‘q, Do‘st boshga boqar To be out of one’s head Dushman oyoqqa Suvboshi, Bosh agronom, Headman, Boshliq, Head of department, Rahbar ma’nosida Askarboshi, Head master Oila boshi, Ish boshi Rahbarning joyi Universitetning bosh Headquarters, binosi Head department Head of the Army 332 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Biror narsaning Poyezdning boshi Head of process, oldingi qismi Head of a ship Biror narsaning Suvning boshi, Head of a pin, boshi yuqori qismi Yo‘lning boshi, Head of a page Xatboshi, Head of a hammer
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola lingvokulturologiya, leksikologiya, kognitiv tilshunoslik, stilistika va pragmatika sohalariga oid bo`lib, unda asosan “bosh” “head” konseptining ingliz va o`zbek frazeologik birliklaridagi o`rni, semanti…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola lingvokulturologiya, leksikologiya, kognitiv tilshunoslik, stilistika va pragmatika sohalariga oid bo`lib, unda asosan “bosh” “head” konseptining ingliz va o`zbek frazeologik birliklaridagi o`rni, semanti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frezema, “head”, metafora, konsept, sinekdoxa, lingvoculturologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024