Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA AVLONIY QARASHLARIDA MILLIY PEDAGOGIKANING ROLI
Nurbayeva Marvarid Tavakkalovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ta’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni juda muhim. Maqola o‘zbek xalqining ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega ekanligi, avlodlarda insoparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalash xalqning oliy maqsadi bo‘lganligi va bu borada ma’rifatparvar shoir Abdulla Avloniyning qarashlari talqiniga bag‘ishlangan. Kalit so‘z: ta’lim, tarbiya, barkamol shaxs, ma’naviy meros, komil inson. Zamon va davr talabi har qanday jamiyatda, eng avvalo, komil, barkamol shaxsni tarbiyalashni, kamolga yetkazishni taqozo etadi. Ilm-ma’rifat taraqqiyotning muhim omili sanaladi. Zotan, qaysiki jamiyat, qaysiki davlat bo‘lishidan qat’iy nazar, uning taqdiri, kelajagi, taraqqiyoti, albatta, farzandlari, yetishib kelayotgan yosh avlodga daxldor. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilganidek, “Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”1. Bu g‘amxo‘rlikka javoban, fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros – o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O‘z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib yuksak darajaga ko‘tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashga o‘zida kuch va qudrat topa oladi. O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo‘lib, avlodlarda insoparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shunday boy merosga kiradi. Lekin u boy merosimizdan, undagi odob-axloqqa oid durdonalardan yetarlicha foydalanishimiz zarur. Hozirgi kunda oldimizda maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarimiz sohasida bu durdonalardan to‘laroq foydalanishdek vazifa paydo bo‘lmoqda. Maktablarda har bir sinfda har bir haftada o‘tiladigan tarbiyaviy soatlarni ma’naviyat darslariga aylantirish bu vazifani ado etish uchun yaxshi imkoniyatlar ochib beradi. 5-sinfdan boshlab buyuk mutafakkir allomalar: Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning axloq-odobga oid asarlarini, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganishga, ularning mazmunini sharhlashga, hayot muammolarini yechish uchun ular pandnomalarini taqqoslashga bag‘ishlansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki jamiyatda yashayotgan har bir kishi maktab partasida o‘tirar ekan, bu o‘gitlarni bevosita o‘rganishi ular ongiga istasa-istamasa ta’sir etadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘RQ-837-son. 01.05.2023. IX bob, 53-modda. 328 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Shaxsning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish mammolari o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, adabiyot, pedagogika, psixologiya, etika, estetika fanlari tadqiq etadi. O‘ziga xos maqsad va vazifalar bilan jamiyat tarkibiga kirib kelgan pedagogik qarashlar XIX – XX asrlar oralig‘idagi buyuk ma’rifiy g‘oyalar targ‘ibi bo‘ldi. Buning asoschisi sifatida bir talay ma’rifatparvarlar orasida Abdulla Avloniyni alohida tilga olish maqsadga muvofiqdir. Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyoti tarixida ma’rifatparvar kuychi sifatida e’zozlanadi. Uning she’rlari, doston va dramatik asarlari o‘zining badiiy pishiqligi, hozirjavobligi bilan ajralib turadi. Abdulla Avloniy bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid ko‘plab asarlar ijod etgan. Ayniqsa, uning “Vatan”, “Gulistondan bir manzara”, “Bola ila gul”, “Maktab bolasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon”, “Yalqov” kabi she’rlarida bu masala yanada yorqinroq jaranglab turadi. Avloniy maktabi gumanistik (insonparvarlik) va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg‘or ilm-fanni bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo‘ldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. U “Muallimi avval”, “Muallimi soniy”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kitoblarining muallifi sifatida ham qadrlidir2. Shu o‘rinda adibning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida axloq tushunchasining tarkibiga kiruvchi bir qator muhim masalalarni tahlil etilgani haqida ba’zi mulohazalar yuritsak. Masalan, asarda “Tarbiyaning zamoni” degan qism bor. Unda tarbiyaning uyda, so‘ngroq maktab- madrasada olib borilishi haqida gap ketarkan, bunday ishga imkonsiz xalqning og‘ir moddiy tirikchiligi achinish bilan qayd qilingan. “Maqsadi pul, maslagi
Доказательный фрагмент
«Ta’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni juda muhim.»
Образец извлечения
Демо-превьюTa’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni juda muhim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, barkamol shaxs, ta’lim, komil inson., ma’naviy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025