Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarni reabilitatsiya qilishning innovatsion usullari.
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Babamuratov Bekzod Ergashevich · Farxodova Afruza Farxodovna
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nanodori vositalarining kimyoviy tarkibi, tayyorlanish usullari hamda ularning inson organizmidagi farmakokinetik taqsimlanishi haqida ilmiy yondashuvda tahlil berilgan. Nanotibbiyotdagi ushbu vositalarning afzalliklari, samaradorligi, nojo‘ya ta’sirlari va kelajakdagi istiqbollari yoritilgan. Maqola zamonaviy nanodori tizimlarining organizmda so‘rilishi, taqsimlanishi, biotransformatsiyasi va chiqarilishi jarayonlarini tibbiy-kimyoviy nuqtai nazardan ko‘rib chiqadi. Kalit so‘zlar: Nanodori, nanotibbiyot, farmakokinetika, biotransformatsiya, tibbiy kimyo, dori yetkazish tizimi, nanozarrachalar. Muammoning dolzarbligi Zamonaviy tibbiyotda dorilarni aniq va samarali yetkazib berish muhim masalalardan biridir. An’anaviy dori vositalari ko‘p hollarda butun organizmga ta’sir qilib, kerakli to‘qima yoki a'zoga to‘liq yetib bormaydi. Shu bois nanodori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bu vositalar dori moddasini zarur joyga aniq yetkazib, yon ta’sirlarni kamaytiradi. Tibbiy kimyo va nanotexnologiyaning integratsiyasi bu borada yangi ufqlarni ochmoqda. Shu sababli, ushbu mavzuning ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilishi dolzarb hisoblanadi. Kirish qismi So‘nggi yillarda nanotexnologiyalar tibbiyot sohasida keng qo‘llanila boshladi. Nanodori vositalari, ya'ni nanozarrachalar asosidagi dorilar, organizmda yuqori darajadagi biologik moslik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik va kamroq toksiklik bilan ajralib turadi. Ular orqali dori moddalari kerakli to‘qimalarga yetkaziladi, bu esa davolash samaradorligini oshiradi. Mazkur maqolada nanodori vositalarining tibbiy kimyoviy asoslari va organizmdagi farmakokinetik xususiyatlari chuqur o‘rganiladi. Asosiy qism 1. Nanodori vositalarining kimyoviy asoslari Nanodori vositalari kimyoviy jihatdan murakkab va ko‘p komponentli tizimlar bo‘lib, ular faol modda, tashuvchi matritsa (asos), stabilizatorlar va nishonlovchi ligandlardan iborat bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi – dori moddasini organizmda kerakli joyga, kerakli vaqtda yetkazish va asta-sekin chiqarilishini ta’minlashdir. Faol modda (API – Active Pharmaceutical Ingredient): Bu – asosiy terapevtik effektga ega molekula bo‘lib, u kasallikning patofiziologiyasiga ta’sir etadi. Nanoo‘lchamli shaklda bu moddalar ko‘proq yuzasiga ega bo‘lib, biologik faolligi ortadi. Tashuvchi tizimlar: Dori molekulasi odatda nanozarrachalar, liposomalar, dendrimerlar, karbon nanotubalar, polimer matritsalar kabi tashuvchilar ichida joylashtiriladi. Ular dorining organizmda barqarorligini saqlaydi, chiqarilish tezligini boshqaradi va maqsadli hujayralarga yetkazadi. Stabilizatorlar va himoya qobig‘i: Nanozarrachalarning aglomeratsiyasini oldini oluvchi moddalar (masalan, PEG – polietilenglikol) orqali preparat qon zardobida uzoqroq yashashi mumkin bo‘ladi. Bu esa ularning biologik kirishuvchanligini oshiradi. Nishonlovchi ligandlar: Antikorlar, peptidlar yoki glyukanlar kabi ligandlar nanozarrachalarning ma’lum reseptorlarga ega bo‘lgan hujayralarga (masalan, o‘sma hujayralariga) nishonli yetib borishini ta’minlaydi. 623 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 2. Nanodori vositalarining farmakokinetikasi va farmakodinamikasi Nanodori vositalarining inson organizmidagi harakati klassik farmakokinetik to‘rt bosqich orqali aniqlanadi: absorbsiyalash (so‘rilish), distribyutsiya (taqsimlanish), metabolizm (biotransformatsiya), va ekskresiya (chiqarilish). 2.1. So‘rilish (Absorbsiyasi): Nanodori vositalari turli yo‘llar bilan organizmga kiritilishi mumkin: og‘iz orqali, vena ichiga, muskul ichiga, teri orqali yoki nafas yo‘llari orqali. Eng samarali va tezkor yo‘l bu – vena ichiga yuborish, chunki bu holda nanozarrachalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon aylanish tizimiga tushadi. Nanozarrachalarning so‘rilish darajasi ularning: O‘lchami (odatda 10–100 nm oralig‘ida bo‘ladi), Zaryadi (neytral yoki ozgina manfiy zaryad optimal hisoblanadi), Yuzasi (gidrofilik yoki gidrofobik tabiati), Kimyoviy qoplamasiga bog‘liq bo‘ladi. 2.2. Taqsimlanish (Distribyutsiya) Nanozarrachalar qon oqimi orqali butun tana bo‘ylab tarqaladi. Ular ko‘pincha o‘ziga xos mexanizmlar orqali o‘sma to‘qimalarida yoki yallig‘langan joylarda to‘planadi. Bu hodisa EPR- effekt (Enhanced Permeability and Retention) deb ataladi. Distribyutsiyada muhim jihatlar: Qon-miya to‘sig‘ini bosib o‘tish qobiliyati (noyob nanodori vositalari orqali miya kasalliklarini davolash mumkin), Fagotsitik tizim bilan o‘zaro ta’sir (ba’zan immun tizimi nanozarrachalarni begona modda deb qabul qilib, ularni tezda yo‘q qiladi), Organlar va to‘qimalarga selektiv bog‘lanish. 2.3. Biotransformatsiya (Metabolizm): Ko‘pgina nanodori vositalari jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida parchalanadi. Ammo nanozarrachalarning tarkibi bu jarayonga ta’sir qiladi: Polimer asosidagi kapsulalar sekin va barqaror metabolizmga ega bo‘lishi mumkin; Metall nanozarrachalar (masalan, oltin) odatda organizmda parchalanmaydi, bu esa uzoq muddatli ta’sirni bildiradi;
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nanodori vositalarining kimyoviy tarkibi, tayyorlanish usullari hamda ularning inson organizmidagi farmakokinetik taqsimlanishi haqida ilmiy yondashuvda tahlil berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nanodori vositalarining kimyoviy tarkibi, tayyorlanish usullari hamda ularning inson organizmidagi farmakokinetik taqsimlanishi haqida ilmiy yondashuvda tahlil berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atriyal fibrilasyon, angiotensin, yurak xuruji, yurak resinxronizatsiya terapiyasi, yurak qopqog'i kasalligi, yuqori qon bosimi, oroner arter kasalligi, yurak yetishmovchiligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025