К содержанию
РецензированоUZ2025

TARBIYA FANINI O’QITISHDA MUOMMALI TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH AHAMIYATI

QO’LLASH AHAMIYATI · G. A. Djanaliyeva · Ch. B.Mustafoyeva (ТМС instituti “Pedagogika va psixologiya” kaferasi katta o‘qituvchisi)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tarbiya fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati keng ochib berilgan. Maqolada muammoli ta’lim, muammoli ta’lim darajalari muammoli ta’limning afzallik va kamchiliklari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Muammo, muammoli ta’lim, pedagogik muammo, munozara, laroyiha ishi, simulyatsiyalar. Hozirgi umumiy o‘rta ta’lim maktabdagi samarali o‘qitish texnologiyasi muammoli ta’limdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli ta’lim ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli ta’lim –o‘quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu turdagi ta’limning ilk g‘oyalari amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda o‘qitish o‘quv rejasi bo‘yicha emas, balki o‘yin va mehnat asosida olib boriladigan tajriba maktabini tashkil etgan. Muammo (yunon. “to‘siq”, “qiyinchilik”, arab. “jumboqli”, “sirli”, “tushunilishi qiyin”) – hal qilinishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masala. Mohiyatiga ko‘ra muammo uni keltirib chiqargan sabablarni o‘rganish, uni hal etishda ahamiyatli, samarali bo‘lgan yo‘l, metod va vositalarni izlash, ularning samarali ekanligini asoslovchi dalillarni to‘plash, dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi. Pedagogika sohasida ko‘p holatlarda “muammo” tushunchasi tashkiliy- pedagogik, psixologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Soha nuqtai nazardan pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi: - didaktik xarakterdagi muammo; - amaliy xarakterdagi muammo; - ilmiy-sof ilmiy xarakter-metodik xarakterdagi muammodagi muammo; Ma’lum bilimlar, noma’lum bilimlar va mavjud tajriba muammoning tarkibiy qismlari sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik muammo usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala– hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish. 301 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi. Ular Asosiy bosqichlar Vaziyatni tahlil qilish asosida Muammoli vaziyatni yaratish muammoni qo‘yish Farazlarni ilgari surish Yechimni tekshirish Darajalar Muammoni qo‘yish mohiyati 1-daraja O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘quvchilarni uni hal qilishga yo‘naltiradi 2-daraja O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi 3-daraja O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga o‘quvchilarni ro‘para qiladi. O‘quvchilar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi Muammoli vaziyat metodi –o‘quvchilarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l. Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo‘llanilganda o‘quvchilarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi. Muammoli vaziyat Muammo Yechimning usul va vositalarini tanlash Xarakatlarni rejalashtirish Ma xsulo t yechi m Axborotlarni izl ash Yangi muammolarni Loyihaning taqdimoti va xulosasi bashoratlash 302 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Muammoli vaziyat metodiga asoslangan o‘quvchilar faoliyati “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda o‘quvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadi. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha: -muammoli vaziyat tavsifini keltirish: - o‘quvchilarga kichik guruhlarga bo‘lish; - guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining aniqlanishi: - guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi; - guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi; - variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi; - guruh tomonidan yechimning bayon etilishi; - o‘quvchilarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari. Muammoli vaziyat metodining afzalliklari: -talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi; -talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rgatadi; -talabalarning bilim va qobiliyatlarini ba

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarbiya fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati keng ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarbiya fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati keng ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik muammo, Muammo, munozara, laroyiha ishi, muammoli ta’lim, simulyatsiyalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники