К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY JAMIYATDA OILANING O‘RNI VA AHAMIYATI

Insights Across the · Rahmonova Mahliyo Boymurodovna · Umarova Karina Fazliddinovna

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026

Аннотация

Oila har qanday jamiyatning negizini tashkil etib, uning barqarorligi va taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Globalizatsiya, migratsiya va raqamli transformatsiya jarayonlari oilaviy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda, uning jamiyatdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Oila nafaqat farzand tarbiyasida, balki shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishda, milliy madaniyat va an’analarni asrab-avaylashda muhim omildir. Zamonaviy sharoitda oilaning mustahkamligi ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy rivojlanish va milliy taraqqiyot uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: oila, zamonaviy jamiyat, globalizatsiya, raqamli transformatsiya, ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, milliy an’analar, mustahkam oila, ijtimoiy taraqqiyot. Oila deganda ko’z oldimizda ota – ona farzandlar, bobo-buvilar ya’ni bir xonadonda istiqomat qiluvchi shaxslar keladi. Xalqimizda oilaga muqaddas dargoh, nikoh esa buzulmas Rishta sifatida qaraladi. Oila jamiyatning ustuni deyishadi. Shuning uchun yangi oila barpo bo’lar ekan, uni ikki yoshga, ya’ni yangi er- xotinlarga tashlab qo’yilmaydi. Yangi oilaga ota-onalar, qarindoshlar, maxalla, turar joylardagi xotin qizlar qo’mitalari “Oila” ilmiy amaliy markazi shuningdek mutasaddi markazlar ham e’tibor qaratadi. Bugungi kunda bizning mamlakatimizda oila masalasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Har bir inson baxtli yashashga haqlidir. Oilalarda bir-birini tushunib bir-biriga moslashib yashasa jamiyat mustaxkam va manashu oilada baxt barqaror davom etadi. Oilani mustaxkamlash nafaqat mamlakat balki dunyo miqyosidagi global masalalardan biri hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambbleyasi 1993-yil 20- sentyabrda 15-may kunini “Xalqaro oila” kuni sifatida nishonlash 13 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 2 to’g’risida qaror qabul qildi. Mazkur xujjatning qabul qilinishidan ko’zda tutilgan maqsadlardan biri har bir oilalarni ahilligi mustahkamligiga erishishdir. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunь kungi “Oʼzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-3808-son qaroriga koʼra, 15 may "Xalqaro oila kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Inson hayoti oiladan boshlanadi. Bu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila - bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining oʼlchovi sifatida baholanadi. Oila deb ataluvchi mustahkam qo’rg’onning ustuni ota bo’lsa, unga fayz baraka kirituvchi onadir. Hozirgi kunda mamlakatimizda oilaga e’tibor juda yuqori darajada bo’lib O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining bir qancha moddalari oila xaqidadir. 2-modda. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi. Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 1998-yilni „Oila yili“deb eʼlon qilingan. Bu xam o’z negizida oila muqaddas dargoh ekanligidan dalolat beradi. Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining kamayishi va nikoq uchun sherik tanlash tartiblarining qat’iy belgilanishi yo`nalishida ro`y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug’-qabila bo`lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o`zida birlashtirgan. SHu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal oila bo`lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug’ shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o`yinchog’i bo`lib, u bizga 14 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 2 ona avlodlarining o`zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi. Gruppaviy yoki guruhiy oila – bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o`z qavmidan bo`lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug’ning vakili bo`lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo`lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug’iga bog’langan, otalikni belgilash holatlari inoba

Доказательный фрагмент

«Oila har qanday jamiyatning negizini tashkil etib, uning barqarorligi va taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oila har qanday jamiyatning negizini tashkil etib, uning barqarorligi va taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy barqarorlik, raqamli transformatsiya, oila, farzand tarbiyasi, mustahkam oila, ijtimoiy taraqqiyot., globalizatsiya, milliy an’analar, zamonaviy jamiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники