Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI.
Insights Across the · Axmedova Nilufar Farxodovna · Xoliqova Susanna Serverovna
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 18-20 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Kalit so‘zlar: avtomatizatsiya va innovatsiya, Vertikal fermerchilik, tannarx, mehnat samaradorligi, ish haqi, limit, juft regressiya, ko`p omilli regressiya. Jahonda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat, daromad va ish bilan ta’minlashning asosiy manbai sifatida qaraladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining sezilarli o‘sishiga ega bo‘lmagan va oziq-ovqat importiga qaram bo‘lgan davlat taraqqiyotga erisha olmaydi – shuning uchun ham qishloq xo‘jaligining global iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi so‘nggi bir necha yil ichida sezilarli darajada oshdi. Jahonda oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega va u quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan xarakterlanadi1: - Texnologiyalar integratsiyasi va innovatsiyalar. Oziq-ovqat sanoatida texnologik innovatsiyalar katta ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshirilmoqda. Dronlar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsiyalar ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirib, oziq-ovqat mahsulotlarini tez va sifatli ishlab chiqarishni ta’minlamoqda. 16 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 2 - Barqarorlikka e’tibor. Oziq-ovqat sanoatining rivojlanishida barqarorlik alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Jahon miqyosida oziq-ovqat yetkazib berish zanjirlarining ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar kuchaydi. Barqaror qishloq xo‘jaligi usullaridan foydalanish, oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash va plastik qoplamalardan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan tashabbuslar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. - Sog‘lom va organik mahsulotlarga talabning oshishi. Aholi orasida sog‘lom oziq-ovqatlarga talab ortib bormoqda. Bu talab oziq-ovqat sanoatida organik, kimyoviy moddalarsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va tarqatish jarayonini rag‘batlantirmoqda. - Globallashuv va savdo zanjirlarining murakkabligi. Oziq-ovqat sanoati globallashgan iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib qoldi. Xalqaro savdo zanjirlari kengaymoqda, ya’ni mahsulotlar bir mamlakatda ishlab chiqarilib, boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Bu jarayonda logistika va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. - Talabning oshishi va demografik o‘zgarishlar. Jahon aholisi tez sur’atlarda o‘sib borayotgani bois oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham mutanosib ravishda ortib bormoqda. Bu, ayniqsa, Xitoy va Hindiston kabi aholi ko‘p bo‘lgan davlatlarda kuchli namoyon bo‘lyapti. Oziq-ovqat sanoati ushbu talabni qondirish uchun yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va innovatsion yechimlarni izlamoqda. - Tabiiy iqlim o‘zgarishiga moslashuv. Iqlim o‘zgarishi oziq-ovqat ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat sanoatida yangi texnologiyalar va usullar iqlim o‘zgarishlariga moslashishga qaratilgan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq- ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb xisoblayman2: Rossiya oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos model va strategiyalarni amalga oshirib, hududning iqtisodiy, geografik va agrar salohiyatidan samarali foydalanib kelmoqda. Rossiyada import o‘rnini bosish siyosati 2014 yildan keyingi sanksiyalar va geosiyosiy vaziyat tufayli oziq-ovqat sanoatidagi asosiy yo‘nalish import o‘rnini bosish bo‘ldi. Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi 17 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 2 mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni oshirishga katta e’tibor qaratildi. Bu siyosatga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar va imtiyozlar joriy qilindi, bu esa ichki bozorda milliy mahsulotlarning ulushini oshirishga yordam berdi. Shu bilan birga davlat innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar samarali foydalanish orqali oziq-ovqat sanoatini r
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ish haqi, ko`p omilli regressiya., mehnat samaradorligi, juft regressiya, avtomatizatsiya va innovatsiya, limit, Vertikal fermerchilik, tannarx
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024