К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK TILI FONETIKASINIM OʻQITISHDA MULTIMEDIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH

Nurmanov Furqat Ismoilovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Til sathlaridan dastlabkisi, asosiysi, fonetika boʻlimi boʻlib, uni talab darajasida oʻzlashtirish ogʻzaki va yozma nutqning toʻgʻri shakllanishiga asos boʻladi. Maqolada til fonetik sathi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar natijalari xulosalari hamda bugungi kun milliy til fonetikasini multimediya vositalari asosida oʻqitishning dolzab muammolari tahlil etilgan. Kalit soʻzlar: fonetika, fonologiya, fonosemantika, eksperimental fonetika, fonostilistika, fonopragmatika, multimediya vositalari. Dunyoning barcha tillarida bo‘lgani kabi milliy tilimizning ham o‘ziga xos tabiati va madaniy-estetik belgilari mavjud. Ammo juda ko‘p davrlar til bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy asoslari va tadqiq usullarini belgilashda ko‘pincha boshqa tillar grammatik tadqiqi namunalariga asoslanish, o‘zbek tili grammatikasining tabiati va belgilari o‘zaro juda uzoq bo‘lgan boshqa tillar andozalari asosida tadqiq etish tufayli uning qirralari yetarli darajada ochilmadi. Mustaqillik in’om etgan imkoniyat tufayli bugunga kelib, bu masalada nafaqat erkinlik, balki ehtiyoj maydonga keldiki, milliy tilimizning asl qiyofasini, uning boy madaniy meros sifatidagi qadr-qimmatini ilmiy asoslab bermog‘imiz hamda jahon tajribasi andozalarini o‘z qoliplarimizga moslagan holda tilni o‘qitishning maqsadli, namunaviy, qulay va oson, ilmiy-nazariy jihatdan to‘q, zamon talablariga mos shakllarini yaratishimiz zarur. Ta’kidlab o‘tish joizki, yaqin o‘tgan davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar, yangicha qarashlar asosida shakllantirilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini ilmiy asoslashda uning turkona tabiati, o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalashga alohida e’tibor qaratildi. [1] Ammo qadim tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaluvchi, til vositalari va nutq imkoniyatlari darajasiga ko‘ra dunyoning istalgan tili bilan bemalol bellasha oladigan o‘zbek tilining to‘laqonli tadqiqiga erishish uchun tadqiqotlar salmog‘i ham, tadqiqot maydoni va kengligi ham yetarli emas. Bu masalada tilimiz nafaqat jahon tilshunosligi va uning o‘rganilishi an’ana va andozaga moslasha oladi, balki unda yangi yo‘nalish va g‘oyalarga asos ham bera oladi. Bu kabi masalalarning maqbul yechimi yo‘llarini topish zamonaviy o‘zbek tilshunosligi hamda uning o‘qitilishi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. O‘zbek tili fonetik tizimi tadqiqi masalalari ham yuqorida bildirilgan fikrlardan mustasno emas. Fonetik birliklar va ularning tavsifiy, tasnifiy tadqiqini olib borishda boshqa tillar fonetik tizimiga kuchli bosim bilan tayanish tadqiqotlarni ko‘pincha tilning o‘z xarakteridan uzoqlashtirishgacha borgan. Shu ma’noda o‘zbek tilning fonetik birliklari tadqiqiga bag‘ishlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, bu borada yuzaga kelgan tadqiqotlar, ularning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini o‘rganish, talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida multimedia vositalaridan foydalangan holda o‘qitish davr talabi hisoblanadi. 287 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Tilshunoslik fani rivojining ma’lum davriga qadar nutq tovushlari fonetika bo‘limida o‘rganilib kelingan bo‘lsa, bu soha taraqqiyotining navbatdagi bosqichida tadqiqotlar ko‘lami kengayib borishi natijasida fonologiya, fonosemantika, fonostilistika, fonopragmatika singari yangi sohalari vujudga keldi. Fonetik tadiqotlarning tobora chuqurlashib borishi barobarida ushbu sohalarning tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari ham konkretlashdi. Masalan, har qanday tovushning fizik-akustik tabiati va biologik asosi borligidan, nutq tovushi esa faqat insonlar tomonidan talaffuz etilishi va eshitilishidan, ya’ni uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqib, fonetikaning o‘rganish obyekti sifatida belgilandi hamda ularni akustik-fiziologik (tovushning baland-pastligi, intensivligi, tembri, qisqa-cho‘ziqligi), anatomik-fiziologik (tovushlarning shakllanishida nutq a’zolarining ishtiroki), eshitib his qilish (perseptiv) aspektlarini tadqiq etish maqsad qilib qo‘yildi. [2] XIX asrning oxirlarida nutq tovushlarining artikulyatsion-fiziologik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan fonologiya paydo bo‘ldi va tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha sifatida e’tirof etildi. [3] Bu sohada ham tovush, ammo til tovushlari o‘rganish obyekt sifatida belgilandi va ushbu tovushlarning vazifaviy xususiyatlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi. Tilda, garchi umumiy ma’noda obyekt tovushlar hisoblansa ham, masalaga yondashish nuqtai nazaridan tilshunoslikda fonetika bilan fonologiya bir-biridan o‘zaro farqlandi. Fonetika tovushlarning hosil bo‘lishi, ularning akustik xususiyatlari, ya’ni nutq tovushlarining fiziologiyasini o‘rgansa, fonologiya so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita sifatida nutq tovushlarini semasiologik, funksional va prosodik jihatdan o‘rganadigan bo‘ldi. Fonetika va fonologiyaning kuzatish

Доказательный фрагмент

«Til sathlaridan dastlabkisi, asosiysi, fonetika boʻlimi boʻlib, uni talab darajasida oʻzlashtirish ogʻzaki va yozma nutqning toʻgʻri shakllanishiga asos boʻladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Til sathlaridan dastlabkisi, asosiysi, fonetika boʻlimi boʻlib, uni talab darajasida oʻzlashtirish ogʻzaki va yozma nutqning toʻgʻri shakllanishiga asos boʻladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
multimediya vositalari., fonetika, fonostilistika, fonosemantika, fonologiya, fonopragmatika, eksperimental fonetika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники