Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAVKAT RAHMON IJODIDA ESTETIK QARASHLAR
Aliyeva Orzigul
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
XX asrning 70-80-yillari sheʼriyati obrazlarga boyligi, uslubi rang-barang shoirlar ijod qilgani bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Bu shoirlar orasida Shavkat Rahmon sheʼriyati alohida ajralib turadi. Shavkat Rahmon sheʼrlarida ijtimoiy masalalarni ham jonsiz tabiat orqali ochib berish kuzatiladi. Shoir bevosita tabiat hodisalari orqali ham insoniyat yuragining tub-tubidagi yaralarni ochib tashlaydi. Kalit so‘zlar: she’riyat, istehzo, lirik qahramon, ijodkor, erk, vatanparvarlik. Shavkat Rahmon isteʼdodli, vijdoni but, yurtparvarparvar shoir edi. U shoirlik ilohiy neʼmat ekanini bir umr anglab, unga amal qilib yashadi va bu haqiqatni sheʼriyati orqali insoniyatga uqtirishni burch deb bildi. Bu vazifani uddaladi ham. Shavkat Rahmon shoirlik kasb-hunar, mavqe, obro‘ keltiruvchi manba emasligini, shoirlik masʼuliyat, el-yurt oldidagi farz, Allohning inoyati ekanini chuqur idrok qilardi. Shu sababdan ijodi va hayoti bir xil edi, baʼzi ijodkorlar kabi so‘zi va amali boshqa-boshqa emasdi: Rubobiy sheʼr yozsam, qaytsam bir nafas. Hamisha musaffo chashmani ko‘rsam, Qoraygan cho‘qqilar qoriga qarab, Bir nafas xayolchan o‘smirga do‘nsam. U “rubobiy” sheʼrlar yozaman deb sheʼriyatga kirib kelgan edi. Shunday sheʼrlar yozdi ham. Faqat elining erksiz, Vatanining qaram ekanligi shoirni ijtimoiy mavzularda og‘riqli sheʼrlar yozishga undadi. Bu haqda o‘zi ham o‘kinib yozdi: Qaysi bir dunyoga buncha og‘rindim, Dilimni qaritdi besamar janglar. Men jangchi emasdim Men shoir edim, Nihoyat shoirdan ko‘ra zobitman. Shoir rohatlanib ruhiyati go‘zalliklarini ifodalamoqchi edi. Ammo erk uchun, Vatan mustaqilligi uchun kurash maydoniga otilgan Shavkat Rahmon o‘zi taʼkidlagani kabi zobitga aylandi. Shoir “musulmon millatim dedim”, – deya yozar ekan, “iymonli el” maʼnosini nazarda tutadi. “Haromni xush ko‘rgan maslakfurushlar”ga yuzma-yuz bo‘lar ekan, “zig‘irday himmatini minnat qilgan”larga qarab hayron shoir “buyuk urushda yaproqday sarg‘ayadi”. Shoir ijodida Vatan mavzusi erk mavzusi kabi yetakchi mavzu sanadi Shoir Vatani erksiz, qaram ekanini aks ettirdi. Uning Vatanida “Boltalarning bo‘g‘iq zarbasi” doimiy eshitiladi. Bu yerda dushman borligini shoir qo‘rqmay taʼkidlaydi. Sho‘ro davrida bunday sheʼrlar yozish uchun tog‘day yurak kerak edi. Va Shavkat Rahmonda shunday yurak, jasorat mujassam edi. Dushmanning boltalari shunday o‘tkir, shay, shunday bahaybatki, “Bir lahza Yerga qo‘ngan bahaybat qushlar”ni o‘ldirishga ulguradi, shunday shiddati, kuchi bor. Oddiy mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 5 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 2 tasvirday tuyuladigan sheʼrda kuchli ijtimoiy voqelik ifodasi bor. Shunday sheʼrlar mustaqillikning g‘alaba qilishiga yo‘l ochdi. Shu sabab shoirning ijodi ulug‘ ahamiyatga molikdir. Aslida Shavkat Rahmon jahon shoiri deyishga loyiq tarzda isteʼdodli edi. Shu sabab bo‘lsa kerak, shoir Vatan obrazini yaratar ekan, goho 99 butun zaminni Vatan deb bildi. “Kuzgi yer ko‘rinishi” sheʼrini o‘qib, shoirning holatini his qilasiz: Kuz. Xazon.Hosili yig‘ilgan yerda sarg‘aygan maysalarga bag‘rini berib yotgan lirik qahramon kuzakning parchasi go‘yo. Shoir kuzning oddiy manzarasi orqali mungli, ayni damda, umuminsoniy bir fikrni shuuridan o‘tkazadi: Nogoh sado keldi, Qalbing qaʼridan: Intizor turibdi poyonsiz olam, Maysamni hidlama, Ichma suvimni, Sarg‘aygan bag‘rimda yotmagin, bolam. Bu Yerning o‘tinchi. Bu o‘tinchni sheʼrxonga yetkazishdan oldin shoir yerni shunday taʼriflaydi: “Qurigan bahaybat yaproqdir yerim”, “giyohvand yerim”. Lirik qahramon dorilardan zaharlangan ona tuprog‘ining giyohvand holga kelganini aytish bilan O‘zbekiston yerlarining 70-80-yillardagi ahvoliga ishora qiladi. Lirik qahramon ona tuproq “bag‘riga bag‘rini berib”, “jannatiy giyohlarni, rang-barang chechaklar, qushlar, sitoralar, saratonlarni” xotirlab yotganida yer qalbi qaʼridan sado keladi. Yer “sarg‘aygan bag‘rimda yotma” desa ham lirik qahramon – yerning “o‘jar bolasi”, “osmonga yetmasdan yer bag‘riga gup etib tushgan nolasi” ona tuproqdan ketib bo‘lmasligini aytadi. Lirik qahramonning o‘g‘li uning bag‘riga kelib yotadi. “Dunyolar go‘zal, kimsasiz bag‘rimda yotmagin” deb o‘g‘liga aytsa-da, o‘g‘li o‘zidan ham o‘jar, u otasining bag‘riga qattiqroq yopishadi: Yotibmiz, yerimning qoq o‘rtasida, yotibmiz yerimning parchalariday, tinimsiz chorlasa hamki yulduzlar – o‘zga dunyolarning darichalari… Dunyo dialektikasini chuqur anglagan shoirgina shunday yoza oladi. Vatanini yurakdan sevgan shoirgina shunday satrlarni bitadi. Shavkat Rahmon ruhi ozod, dili obod shoir edi. Ammo erksiz yashayotgan elining dardi isyonga chorlar, shu isyon sheʼriyatiga ko‘chgan, isyonkor sheʼriyati xalqimizni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga xizmat qila olgan edi. Adabiyotshunos olim O.Sharafiddinov shunday yozadi: “Shavkat sheʼrlarida Kun va Tun, Nur va Zulmat, Ziyo va Qorong‘ilik obrazlari ko‘p uchraydi. Bular m
Доказательный фрагмент
«XX asrning 70-80-yillari sheʼriyati obrazlarga boyligi, uslubi rang-barang shoirlar ijod qilgani bilan boshqa davrlardan farq qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXX asrning 70-80-yillari sheʼriyati obrazlarga boyligi, uslubi rang-barang shoirlar ijod qilgani bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- erk, istehzo, yurtparvarparvar shoir edi, vijdoni but, she’riyat, vatanparvarlik. Shavkat Rahmon isteʼdodli, lirik qahramon, ijodkor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025