Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARI KELIB CHIQISH SABABLARI
Saidov Jasur Baxtiyorovich · Abdumurotova Jasmina Baxriddin qizi
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi kunda global muammolardan biri hisoblanayotgan nafas olish kasalliklarining kelib chiqish sabablari o’rganildi. Maqolamizda nafas yo’llari kasalliklarining turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Maqoladan tibbiyot yo’nalishida o’qiydigan talabalar va tibbiyot sohasiga qiziqadigan barcha insonlar foydalanishlari mumkin. Kalit so’zlar: kislarod, karbonat angdrid, nafas olish tizimi, yurak qon-tomir, o’pka Nafas olish tizimi kislorod va karbonat angidrid almashinuvi uchun javob beradigan inson tanasining muhim tarkibiy qismi boʻlib, hayotni taʼminlovchi muhim jarayondir. U atrof-muhitdan kislorod olish va hujayra nafas olishining chiqindi mahsuloti boʻlgan karbonat angidridni olib tashlash uchun birgalikda ishlaydigan organlar, toʻqimalar va tuzilmalarning murakkab tarmogʻidan iborat. Nafas olish tizimining asosiy vazifasi gazlar almashinuvini osonlashtirishdir. Nafas olish havodan kislorodning qon oqimiga kirishiga imkon beradi, ekshalasyon (nafas olish) esa metabolizm jarayonida hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan karbonat angidridni chiqaradi. Bronxial astma - nafas yo'llarining surunkali kasalligi bo'lib, uning asosida xastalikning og‘ir-yengilligidan qat’i nazar saqlanib turaveradigan yalligianish belgilari yotadi. Bu jarayonda eozinofillar, ulkan hujayra (labrotsit, mast, cell) lar, limfotsitlar, makrofaglar, neytrofillar, epitelial hujayralar ishtirok etadi. Yallig‘lanish bronxlarning o‘ta sezuvchan, giperreaktiv bo'lib qolishiga, keyingi bosqichlarda esa bronx-o'pka apparati tuzilishining katta o‘zgarishlariga, epitelial qoplamning yo'qolib borishiga, bazal membrana fibroziga, qadahsimon hujayralarning gipertrofiyalanishiga sabab bo‘ladi. Mana shu o‘zgarishlar «Remodilling» nomi bilan yuritiladi. Bu o‘zgarishlar bemorlarda takror-takror nafas qisilishiga, ulaming hansirab qolishiga, ko‘krak qafasida xirillash, og'irlik paydo bo'lishiga, ayniqsa kechalari yo‘tal xurujiga olib keladi. Kasallik tarixi juda uzoq bo'lib, o‘quvchilarimizga shu haqda ham ma’lumot berib o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Miloddan avvalgi 460 yili Kos deb 337 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 nomlangan yunon orolida bir bola dunyoga keladi va unga «Ot o'rgatuvchi» yoki Gippokrat degan ism beriladi. Vaqtlar o‘tib ana shu kunni tibbiyotning dunyoga kelgan kuni deb ham hisoblay boshlashadi. Bunga sabab Gippokratning dunyo meditsinasi, ya’ni tibbiyoti otasi deb tan olinishidir. Gippokratning Fasos orolida o‘tkazgan kuzatishlari diqqatga sazovordir: Orol aholisi orasida «nafas bo‘g‘iladigan kasallik» keng uchrab, uning xuruji bahor kezlarida avj olar ekan. Bu hodisa hozir bizni hech ajablantirmaydi, chunki ayni shu faslda o‘simliklar changining atrofga keng taralishi va allergen tariqasida katta rol o'ynashi aniqlangan. Lekin Gippokrat zamonida allergiya degan holatdan hech kimning xabari yo‘q edi. Aytgandek, hozirgi kunda juda ommalashib ketgan ingalyatsion terapiya «otasi» ham aynan shu Gippokratdir. Jumladan. u nafas qisib qolgan paytlarda efedra giyohini yoqib, tutunini nafasga olishni tavsiya etgan. Eramizning IX asrida Sharqning buyuk hakimi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya Ar-Roziy Bog‘dodda faoliyat ko'rsatgan va u o'zining «Tibbiyotga doir mukammal kitob» degan asarida astma klinikasini batafsil bayon etib, ba’zi gullarning hidi va ovqat mahsulotlarining bu kasallikka sabab bo'lishini ko'rsatib o‘tadi. Bronxial astmaning kelib chiqish sabablari Bronxial astmaning sabablari juda ko‘p bo'lib, har bir bemorda bir necha xatarli omil yoki sabablar aniqlanishi mumkin. Bronxial astma bemorda nechog‘lik ko‘p vaqtdan buyon davom etib kelayotgan bo‘lsa, turli nospesifik ta’sirlar shuncha ko‘p ahamiyatga ega bo lib qoladi. Bronxial astmaning quyidagi sabablari tafovut qilinadi: Chang - 40-50 foiz organik birikmalar va 50-60 foiz anorganik m oddalar (sement, ohak, kvars) dan tashkil topgan har xil jinsli aralashmadir. Oson «uchuvchan» va yetarli darajada «og‘ir» bo'lgan o‘simlik changlari faol allergenlardir. Hayvon allergenlari. Xonaki issiqqonli hayvonlar allergen manbalari bo‘lib, ularning sekretlari (so'lagi), ekskretlari va ko'chib tushgan epiteliysi va boshqalar shular qatoriga kiradi. Ovqat allergenlari. Ovqat allergiyasi m e’da-ichak yo li shilliq pardasining epiteliysi va bazal membranasi tomonidan makromolekulalar holida bo'ladigan ovqat qoldiqlarini qon oqimiga ko'proq o'tkazib yuborilishi sababli boshlanadi. Ayni vaqtda bemorlarda tuxum, baliq, sut, yong‘oq, mosh kabi masalliqlarga hamda sitrus o‘simlik mevalariga (apelsin, mandarin va hokazo) allergiya ko'proq paydo bo ladi. O simlik changiga sensibilizatsiyalashib o‘ta sezuvchan bo‘lib qolgan bemorlarda ko‘pincha asalga javoban ham allergik reaksiyalar kuzatiladi. Dori allergenlari. Penitsillin, streptomitsin, tetratsiklin, sulfanilamidlar hamda aspiringa javoban ro ‘y beradigan allergiya hammadan ko p uch
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi kunda global muammolardan biri hisoblanayotgan nafas olish kasalliklarining kelib chiqish sabablari o’rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi kunda global muammolardan biri hisoblanayotgan nafas olish kasalliklarining kelib chiqish sabablari o’rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nafas olish tizimi, o’pka, yurak qon-tomir, karbonat angdrid, kislarod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026