Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INNOVATSION TADQIQOTLAR VA AQLLI TEXNOLOGIYALAR RAQAMLI DUNYONING ERTASI
DUNYONING ERTASI · Bekova J.A. (Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Bugungi kunda aqili texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar raqamli dunyoning ajralmas qismiga aylanib turli sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzal va qulay imkoniyatlarni, shart- sharoitlarini yaratish va o’quv jarayonini multimediali elektron o’quv adabiyotlari, qo’llanmalar va metodik qo’llanmalar bilan ta’minlashni taqozo etilishi haqida yozilgan. Kalit so`zlar: texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar, aqlli texnologiyalar, rivojlanish, sun’iy intellect, individual. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o’qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi ta’lim olayotgan bolalar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taqozo qilmoqda. Bolalarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga ko‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir. Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish bolalar tomonidan mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida Mashg’ulotlarni tashkil etish jarayoni, bunda bolalarning olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur 259 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishini joriy etib borilayotganligi, bunda bolalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lishi talab etiladi. Elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi: − o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish; − animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar pedagog va bolalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi; − namoyish etilib borilayotgan lavhalarning bola tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtirib, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish; − ta’lim berish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash. Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida o‘qitishdir. Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonini axborotlashtirishda asosiy diqqat, samarali multimediali ta’limiy resurslarni ishlab chiqarishga qaratilmoqda. Xalqaro tajribalarga tayangan holda tekstografik elektron mahsulotlar o’rniga interaktiv, multimedia manbalariga boy elektron resurs qo`llanilmoqda. Mashg’ulotlarda qo`llaniladigan elektron darsliklarning interaktivligi, multimediya manbalariga boyligiga asosiy e`tiborni qaratish lozim. Axborotlashtirish orqali ta`lim samarasi va sifatini oshirish uchun esa yangi darsliklar bir qancha innovatsion sifatlarga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun elektron axborot resursi sifatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Har qanday ta`lim manbasi kabi elektron axborot resursini ham sifatlar m
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda aqili texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar raqamli dunyoning ajralmas qismiga aylanib turli sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda aqili texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar raqamli dunyoning ajralmas qismiga aylanib turli sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sun’iy intellect, rivojlanish, individual., innovatsion yondashuvlar, texnologiyalar, aqlli texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025