Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTON MA‘RIFATPARVARLARINING G‘OYALARIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI (XIX-ASR OXIRI, XX-ASR-BOSHLARIDA
Bayzakova Gavhar Bazarbayevna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Turkiston ma‘rifatparvarlarining g‘oyalarida xotin-qizlar masalasi (XIX-asr oxiri, XX-asr-boshlarida). Turkistondagi ma'rifatparvarlar xotin-qizlar masalasiga katta ahamiyat berib, ularning ta'lim olishlari va ijtimoiy hayotga faol qatnashish huquq hamda erkinliklarini kengaytirish himoya qilish bo’yicha o’z g’oyalarini ilgari surganlar. Kalit so’zlar: Turkiston, ma'rifatparvarlar, xotin-qizlar masalasi, , ta'lim olish, ijtimoiy o'zgarishlar, ayollar huquqlari, erkinlik masalasi, XIX asr oxiri XX asr boshlari xotin-qizlar ijtimoiy sohadagi roli, ilm-fan, madaniyat-ma’rifat. Kirish. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Gasprinskiy va Behbudiy kabi jadidchilik harakati vakillari, xotin-qizlarning ta’lim olishiga, ularning jamiyatdagi roli va huquqlarini mustahkamlashga oid zamonaviy g'oyalarni ilgari surdilar. Ma’rifatparvarlarning fikriga ko'ra, xotin-qizlarni faqat uy ishlari bilan cheklab qo'yish emas, balki ularga ta'lim berish va ilm-fan sohasida rivojlanish imkoniyatlari yaratish zarur edi. Bu davrda xotin-qizlar jamiyatda yangi o'rin egallab, siyosiy va ijtimoiy hayotga faol qatnasha boshladilar. Ma'rifatparvarlarning g'oyalari Turkiston jamiyatida muhim o'zgarishlarga sabab bo'lib, xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari kengayishiga olib keldi. Turkiston ma'rifatparvarlarining g'oyalarida xotin-qizlar masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o'zgarib borgan, bu davrda turli ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishlar, shuningdek, ilm-fan va madaniyatdagi yangiliklar, gender masalalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Turkistonning bu davrdagi ma'rifatparvarligi, asosan, ijtimoiy adolat, bilim olish va milliy taraqqiyot yo'lida amalga oshirilgan. Turkiston ma’rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar Otindir. Uning axloqiy qarashlari lirik-falsafiy she’rlarida va “Qarolar falsafasi” risolasida o’z aksini topgan. Anbar Otin ham inson axloqiy darajasini aql, ilm-ma’rifat bilan bog’laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog’iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariat va tariqat namoyandalari aynib ketganligi, boylardan insof ko’tarilganligi haqidagi fikrlar mardona ilgari suriladi. “Muqimiyga”, “Mingboshi kal Omil hajvi”, “Olimjon hoji ta’rifi” kabi she’rlarida ana shu yo’nalishni ko’rish mumkin. Tanqidiy-badiiy shakldagi bu yo’nalish “Qarolar falsafasi” risolasida falsafiy-tahliliy shakl kasb etadi. Xotin-qizlar ta'limi va huquqlari: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ma'rifatparvarlari, jumladan, ko'plab musulmon mutafakkirlar va ijodkorlar, xotin-qizlarning ta'lim olishiga katta e'tibor qaratdilar. Buning eng asosiy sabablaridan biri, urf-odatlar va diniy nuqtai nazardan xotin-qizlar faqatgina uy ishlari bilan cheklanishi va ta'limdan mahrum bo'lishi edi. Ammo bu davrda turli ma'rifatparvarlar, jumladan, Ismoil Gasprinskiy (Gasprinskiy jadidchilik harakati asoschisi) va Mahmudxo'ja Behbudi, xotin-qizlarni ta'lim olishga chaqirdilar. 247 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Ular o'zlarining g'oyalari orqali xotin-qizlarning ma'naviy va ilmiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga intildilar. Jadidchilik harakati namayondalardan biri Ismoil Gasprinskiy jadidchilik g’oyalarini jamiyat hayotida keng yoritishga o’z xissasini qo’shibgina qolmay, u xotin-qizlarga nisbatan zamonaviy fikrni ilgari surdi. Gasprinskiy ayollarni faqat uy ishlari bilan emas, balki ularga ilm- fan, madaniyat va ta'lim orqali o'zlarini rivojlantirish imkoniyatini berishni maqsad qilgan. U, shuningdek, ayollarga teng huquqlar berish kerakligi haqida ta’kidlab o’tadi. Mahmudxo'ja Behbudiy g’oyalarida xotin-qizlar masalasi: Behbudiy, jadidchilik harakatining muhim vakili sifatida, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, ta'lim olish va huquqlarini kengaytirish tarafdori edi. U, shuningdek, xotin-qizlar uchun alohida maktablar ochish, ularning ilm olish imkoniyatlarini kengaytirish haqida yozgan. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni: Turkiston ma'rifatparvarlari ta’limotida xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotga o’rnini belgilab berish muhimligini ta'kidlashgan. Shu nuqtaia nazardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, o’sha davrda xotin-qizlar jamiyatda erkin fikr yuritish va o'z huquqlarini himoya qilish uchun kurash olib borishlari uchun o’z xissalarini qo’shgan. Jadidchilik harakati faqatgina ta'limni rivojlantirish emas, balki xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi roli, huquqlari va tenglik masalasiga ham katta e'tibor qaratdi. Bu harakatning ildizlari, ayniqsa, Turkistondagi mahalliy musulmon jamiyatlarida xotin-qizlarning hayotidagi katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Jadidlar oila va jamiyatda oʻqimishli ayolning oʻrni mavqeyi oʻzgacha ekanligini tushuntirishga harakat qilganlar. Bu haqida manbalardan quyidagalarni bilish mumkin: “...xotinlarni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Turkiston ma‘rifatparvarlarining g‘oyalarida xotin-qizlar masalasi (XIX-asr oxiri, XX-asr-boshlarida).»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Turkiston ma‘rifatparvarlarining g‘oyalarida xotin-qizlar masalasi (XIX-asr oxiri, XX-asr-boshlarida). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkiston, XIX asr oxiri XX asr boshlari xotin-qizlar ijtimoiy sohadagi roli, ta'lim olish, ma'rifatparvarlar, erkinlik masalasi, ilm-fan, madaniyat-ma’rifat., xotin-qizlar masalasi, ayollar huquqlari, ijtimoiy o'zgarishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026