Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRADITIONS OF THE POPULATION OF ISHTAKHAN DISTRICT AT WEDDING CEREMONIES
WEDDING CEREMONIES · Uztemirov Vakhobjon
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
This article discusses the customs and traditions of wedding ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region. This article is based on materials collected during an ethnographic survey during visits to the villages of the Ishtikhan district in 2024. The history, ethnography and ethnogenesis of the Ishtikhan district have not been fully studied to this day. Ishtikhan district, like other districts of the Republic of Uzbekistan, has its own rich ethnographic data, and this data is very close to the Kattakurgan, Payariq, Akdarya and Qoshrabot districts, which border the district territorially. However, some customs are not found in these districts, or even in other regions of Uzbekistan. Kalit so’zlar: nikoh, beshik to’y, porcha, to’qqiz to’y, hudoyi, kelin salom, kuyov chaqirdi, nikoh, maslaxat oshi, kuyov chaqirdi, oqsoqol, chilla. Kirish. O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan viloyat, tuman va qishloqlar aholisining o’ziga xos bo’lgan turli urf-odatlarga ega bo’lib, bu diniy, dunyoviy va hududiy hususiyatga ega. Bu urf-odatlarda islom va zardushtiylik va boshqa dinlarning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Bu urf-odatlarning bazilari aslida birorta diniy qarashlarga umuman aloqasi yo’qdir. Ishtoxon tumani hududida joylashgan qishloqlarda turli urug’ va qabila tegishli bo’lgan aholi vakillari yashab kelishmoqda. Bu qishloqlarda yashovchi odamlarning to’ylarda, dafin marosinlarida va bosh vaziyatlarda bajaruvchi o’zining urf- odatlari mavjuddir. Tuman hududida joylashgan aholi urf-odatlarini quydagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 1) to’y bilan bog’iq bo’lgan marosimlar, 2) dafn bilan bog’iq bo’lgan marosimlar, 3) farzand tug’ulishi bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, 4) kundalik turmush bilan bog’liq bo’lgan marosimlar. To’y marosimlar. Ishtoxon tumani aholisining to’y-marosimlarining o’ziga xos hususiyatlarga ega. Tumanda nikoh to’yi, fotiha to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi, hoji 294 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 to’yi, payg’ambar yoshi to’yi kabi ko’plab to’y turlari mavjud bo’lib, ularning har birida bajariladigan o’ziga xos bo’lgan urf-odatlar mavjud. Ishtixon tumani aholisining to’ylaridagi urf-odatlarning tarixi bir necha ming yillar bilan izohlanadi. To’y odamlarning eng baxtga to’la hursandchilik kunlaridan biridir. Shuning uchun xalq orasida “boshung to’ydan chiqmasin”, “topganing to’ylarga buyursun”, “to’ylarga yetkazsin”, “to’ylar bo’lsin”, “to’ylarda ko’rishaylik”, kabi iboralar keng qo’llanadi. Bu iboralardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqi to’y-xashamlarni o’zing eng hursandchilik kuni hisoblashadi. To’y uchun avvilo ko’p yillab tayyorgarlik ko’riladi. To’y uchun kerakli bo’lgan narsalar yig’illib boriladi. Birinchi navbatda to’y uchun sarpo yig’iladi. Misol uchun, nikoh to’yi uchun qiz va yigit tomon uzoq yillar davomida sarpo va sep yigishadi. Qizning onasi qizi voyaga yetgandan keyin uning to’yi uchun turli xil narsaalarni to’lab bir bo’qcha (tugun) yoki sandiqqa yig’ib boradi. To’y birinchi navbata qiz tanlashdan boshlandi. Kuyov tomom o’zi uchun maqul bo’lgan oiladan qiz qidirishadi va topilgan qizni mahallasidan surushtiradi. Bu odat Respublikamizning boshqa hududlard ham mavjuddir. Maqul bo’lgan qiz xonadoniga sovchi yuboriladi. Sovchilik odati. Sovchi yuborish odati turk-mo’g’ul xalqlari orasida qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgan. Sovchilar davlat ahamiyatiga ega bo’lgan mihim vazifani bajargan elchiday maxsus sovchilik mahorat ega bo’lib, shunga mos iboralar, maqol, shirinzabonlik, so’z o’yinlari, hozirjavoblik, sir va sukut saqlash, shoirona ruh-u, olimono mantiq egasi bo’lib, oila madaniyatining yetuk arboblari darajasiga ko’tarilgan insonlar tanlab olinadi. Sovchilik faqatgina kuyov tomomidan amalga oshiriladi. Odatda sovchilikka yigitning onasi, ammasi va xolasi yoki yoshi ulug’ bo’lgan xalq orasida hurmatga sazovor bo’lgan kishilar vakil qilib yuboriladi. Sovchilar qiz uyiga borganda qo’lida tugun (xalq orasida tuyunchak deb nomlanadi) bilan boradi. Tugunda non, shirinliklar va oq qand bilan boradi. Oqqand hamisha bu tugunda bo’lishi shart bo’lib, “oqlik” deb ataladi. Bu ezgu niyatning belgisi hisoblandi. Birinchi marta sovchilikka borilganda “tuyunchak” qiz uyiga tashlab kelinadi. Tuyinchak qizning ota-onasi rozi bo’lmaguncha ochilmaydi. Rozi bo’lgandan keyin ochiladi va undagi non va shirinliklar dasturxonga qo’yiladi. Ko’pincha tuyunchak sovchilarga berib yubordi. Bu qizni sovchilarga bermasligini alomati bo’ladi. Xalq orasida “tugunini qo’liga ushlatibdi” degan ibora bejizga qo’llanmaydi. Sovchilar qizning ota-onasidan qizingizni so’rab keldik, deya uning qolini so’rashadi. Bu vazyatda sovchilar tomonidan “qulchilikka kedik”, “bulbul”, 295 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 “gul” kabi iboralar qo’llanib, kuyov bo’lmish yigitni rosa maqtashadi. Sovchilar qiz uyiga bir necha marta yoki undan ham ko’p marotaba kelishi mumki
Доказательный фрагмент
«This article discusses the customs and traditions of wedding ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the customs and traditions of wedding ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- to’qqiz to’y, nikoh, chilla., maslaxat oshi, oqsoqol, porcha, beshik to’y, kelin salom, kuyov chaqirdi, hudoyi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025