К содержанию
РецензированоUZ2024

QO’QON XONLIGIDA QO’SHIN: TARIX VA TAHLIL

Qoraboyev Zohid Bahodir o’g’li

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi islohotlar va uning natijalari qo’shni xonliklar bilan solishtirilgan xolatda yoritilgan. KALIT SO’ZLAR Qo’qon xonligi, qo’shin, lavozim, unvon, qal’a, qo’rg’on, to’pchi, sarbozlar, sipohiy, otaliq, qo’shbegi, qorovulbegi, qurchi, mingboshi, Olimxon. Kirish. Qo’qon xonligi O’rta Osiyo xonliklari ichida eng yoshi va dastavval, boshqalariga nisbatan erta tugatilingan xonlik hisoblanadi. O’z navbatida Qo’qon xonligi O’rta Osiyoda o’zining o’rnini topa olgan va tarixga muxrlangan xonlik hisoblanadi. Aholisi qo’sni xonliklarga nisbatan ko’proq. Sababi, katta hudud va aholi nisbatan zij joylashgan Farg’ona vodiysi Qo’qon xonligining markaziy hududlari hisoblangan. 1709-yili Farg’ona muzofotiga qarashli Pop tumanidagi Chodak qishlog’ida (hozirgi Namangan viloyati hududida) yashovchi xo’jalar bosh ko’tarib, o’zbeklarning ming qabilasiga qabila oqsoqoli Shohruhbiyni xon qilib e’lon qildilar. Shu tariqa Farg’ona vodiysi Buxoro xonligiga bo’ysunishdan bosh tortdi va o’zini mustaqil deb e’lon qilgan. Shu tariqa Buxoro xonligidan ajralib chiqqan vodiyda Qo’qon xonligi tashkil topdi. Tarixda Qo’qon xonligi deb atalgan ana shu davlatning asoschisi Shohruhbiy 1721- yilda vafot etgach, uning kata o’g’li Abdurahimbiy (Rahimbiy) taxtga o’tirgan. Qo’qon shahrini Rahimbiy qurdirganligi sababli, shahar daslab “Qala’i Raximiy” deb yuritilgan. Tarixchi Niyoz Muhammad Xo’qandiyning “Shohruhbiy tarixi (“Tarixi Shohruhiy”) va Isxoqxon Ibratning “Farg’ona tarixi” qo’lyozma asarida qayd etilishicha, Rahimbiy o’zi sotib olgan tevarak-atrofidagi yerlari bilan to’rtta qishloq o’rnida bino qurgan. Abdurahimbiy qo’shinni kuchaytirishga asosiy e’tiborni qaratgan. Otasi o’rnatgan rasm va qonunlarni davom ettirib, mamlakat harbiy salohiyatini yanada kuchaytirishga asosiy 263 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 e’tiborni qaratgan. Qo’shin tartibi va ishiga, harbiy asbob va jihozlar bilan lashkarlarni ta’minlashga yanada ko’proq ahamiyat bergan. Buxorodagi ichki kurashlarning avj olganligidan foydalangan Abdurahimbiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida 20 000 kishilik qo’shin tuzgan. U 1725-yili o’z qaynotasi Xo’jand hokimi Oqbo’tabiyni o’ldirib, ushbu qo’shin bilan Xo’jandni ham qo’shib olgan. Shu tariqa bilan Farg’ona vodiysida markazi Xo’qand-Qo’qand bo’lgan davlat tashkil topgan va asta-sekinlik bilan kengayib borgan. Keyinchalik Marg’ilon, Andijon, Namangan, Samarqand, Kattaqo’rg’on yerlarini qo’shib olgan. Abdurahimbiy 33 yoshda vafot etgach, taxtga ukasi Abdukarimbiy (1733-1750) o’tirgan. Uning davrida Qo’qon haqiqiy markazga aylngan. Chunki u poytaxtni eski Qo’qon yaqinidagi Tepaqo’rg’on qishlog’idan hozirgi Qo’qonga ko’chirgan va shahar atrofini devor bilan o’rattirgan. Shaharga kirish va chiqishni nazorat qilish uchun to’rtta darvoza qurilgan. Bular: Qatag’on, Marg’ilon, Toshkent va Haydarbek darvozalari edi. Hatto shahar ichida askarlar uchun maxsus garnizon ham qurilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Abdukarimbiy o’z davlatini mustaxkamlash va kengaytirish uchun faol harakat qilgan. Abdulkarimbiy hukmronlik davri keskin siyosi voqealar bilan ajralib turadi. Bu davrda O’rta O’siyoni bosib olish uchun harakat qilayotgan bir necha kuchli davlatlar o’rtasida raqobat ketayotgan edi. 1740 – 1741-yillarda Eron shohi Nodirshoh Afshorning Xiva va Buxoroga yurishi, ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olish uchun harakat boshlashi, uchinchidan, Xitoy imperiyasi tomonidan Jung’orlar davlati tugatilishi natijasida qalmiqlarning XVIII asr o’rtalarida Farg’ona vodiysiga bostirib kelishi yosh davlat oldiga qiyin ishni hal qilish vazifasini qo’ygan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Shu yerda savol tug’uladi. Qo’qon xonligida muntazam qo’shin bo’lganmi ? XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib xonliklardagi qo’shin asosan nomuntazam harakterga ega bo’lgan, ular ichki va tashqi xavfni bartaraf etishga qodir emas edi. Bundan to’g’ri xulosa chiqargan ayrim hukmdorlar muntazam qo’shin tashkil etishga harakat qilganlar. Natijada, XIX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklari qo’shini muntazam va nomuntazam qismlardan tashkil topgan harbiy kuchga aylangan. Xonlik harbiy qo’shin tuzilishi quyidagicha bo’lgan: kavaleriya (sipohiylar), artilleriya (to’pchilar), infanteriya (sarbozlar). XIX asr boshlarida xonlikda bo’lgan F.Nazarov ma’lumotlariga ko’ra, sipohiylar 20 000 kishini tashkil etgan. Qo’qon xoni 12 000 arava va 60 000 sipohiyni yig’a olgan. Qo’shinda gala botirlar va merganlar ham bo’lgan ammo ular uncha ko’pchilikni tashkil qilmagan. Qo’qon xonligida 264 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 muntazam qo’shin faqat Xudoyorxon tomonida uning uchinchi hukmronlik yillarida (1865-1875) shakillangan degan fikr haqiqatdan yiroq. Chunki tarix

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi islohotlar va uning natijalari qo’shni xonlikla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi islohotlar va uning natijalari qo’shni xonlikla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
to’pchi, qurchi, qal’a, Olimxon, mingboshi, qo’shbegi, sarbozlar, qo’shin, lavozim, unvon, sipohiy, otaliq, qorovulbegi, Qo’qon xonligi, qo’rg’on
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти