Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISHI
Xusnidinova Madina Javlon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uning global hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari tahlil qilinadi. Maqolada Elektron Hukumat Rivojlanish Indeksi (EGDI) tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari – onlayn xizmatlar indeksi, telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi va inson kapitali indeksi haqida ma’lumot berilgan. O‘zbekistonning EGDI bo‘yicha ko‘rsatkichlari boshqa davlatlar bilan taqqoslanib, mamlakatda raqamli transformatsiyaning ahamiyati va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirib, “juda yuqori EGDI” guruhiga qo‘shilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, "Raqamli O‘zbekiston– 2030", elektron hukumat, EGDI, onlayn xizmatlar indeksi (OSI), telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (TII), inson kapitali indeksi (HCI), raqamli texnologiyalar, innovatsiya, elektron xizmatlar, IT rivojlanishi, davlat boshqaruvi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil, 5- oktabr kuni “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan bo’lib, bunda o‘z oldiga quyidagi ustuvor vazifalar qo‘yilgan1: davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Strategiya, hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari, “yo‘l xarita”larida ko‘zda tutilgan loyiha va chora-tadbirlarning to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ularning o‘z vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qilish; har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini tinglash hamda ularning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish; doimiy monitoring asosida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi funksional jarayonlar va tartib- taomillarni optimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish; raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi loyihalarni ko‘rib chiqish va ularni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish, shuningdek, zarur hollarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari hamda “yo‘l xarita”lariga tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va boshqalar. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, raqamli iqtisodiyot zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri bo‘lib, texnologiyalar, raqamli infratuzilma va innovatsion yondashuvlarga asoslangan iqtisodiy modelni anglatadi. 1 PF-6079-сон 05.10.2020. “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 225 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Raqamli iqtisodiyotni o‘rganar ekanmiz, birinchi navbatda “raqamli iqtisodiyot qanday paydo bo‘lgan?”- degan savolga javob topishimiz lozim. Don Tapscott birinchi bo‘lib “raqamli iqtisodiyot” atamasini 1995-yilda nashr etilgan “The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence” kitobida ishlatgan. Dastlab, raqamli iqtisodiyot ba’zan internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb- iqtisodiyot deb ham atalgan, chunki u internetga bog‘liq edi. Biroq iqtisodchilar va biznes yetakchilari raqamli iqtisodiyot internet iqtisodiyotiga qaraganda ancha rivojlangan va murakkab ekanini ta’kidlaydilar. Ba’zi ta’riflarga ko‘ra, bu shunchaki internetdan olingan iqtisodiy qiymatni anglatadi2. Raqamli iqtisodiyot uchinchi sanoat inqilobidan to‘rtinchi sanoat inqilobiga o‘tishni aks ettiradi. Uchinchi sanoat inqilobi – ba’zan raqamli inqilob deb ham ataladi – 20-asr oxirida analog elektron va mexanik qurilmalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonini bildiradi. To‘rtinchi sanoat inqilobi esa, raqamli inqilob asosida rivojlanib, jismoniy dunyo bilan kiberdunyoni yanada yaqinlashtirayotgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Jahon iqtisodiyoti yirik, hamda tezkor bo‘lgan raqamli transformatsiyani boshdan kechirmoqda, bu esa yangi biznes modellari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishiga olib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotiga to‘xtalar ekanmiz, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Ishlar Departamenti (UN DESA) tomonidan 2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta amalga oshiriladigan loyiha- Elektron Hukumat Rivojlanish Indeksi (E-Government Development Index- EGDI) haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Ushbu loyiha mamlakatlarning raqamli hukumat (e-government) rivojlanish darajasini baholaydi. EGDI quyidagi uchta asosiy komponent asosida hisoblanadi: 1. Onlayn xizmatlar indeksi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uning global hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi va uning global hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli transformatsiya, Raqamli iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025