Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORXONALARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI
Matyakubov Xamdam Sa’dullayevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir maqsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: − korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi; − korxona muassislarini tanlash; − taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish; − korxona Nizom jamg`armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; − korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; − davlat ro`yxatidan o`tish; − muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; − soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi. Tayanch iboralar: Korxonaning belgilari, nizom jamg`armasi, nizom, korxona, ma`muriybuyruqbozlik tizimi, tuzilmaviy bo`linmalar, ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona, ijtimoiy munosabatlarda korxona, tashkiliy-ququqiy munosabatlar va moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona, korxonaning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari, xo`jalik assotsiatsiyasi, korporatsiyalar, sindikat, trestlar, xoldinglar, tuzilma. Korxonalarni tashkil etish. Ta`sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta`sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta`sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi; ta`sis shartnomasi. Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-muhit va odamlar sog`lig`ini muqofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to`g`ri va to`liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro`yxatga olinadi, keyin esa o`z muhriga ega bo`lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo`lga kiritadi. O`z muhri va hisob raqamiga ega bo`lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi. 191 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi. Ta`sis shartnomasi asosida ko`pincha kichik korxonalar va shu kabi sub`ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, korxonaning ta`sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo`yilishi mumkin. Biroq ta`sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko`rsatib o`tilishi mumkin. Korxonalarning turlari. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi. Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o
Доказательный фрагмент
«Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korxona, ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona, korxonaning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari, nizom jamg`armasi, xo`jalik assotsiatsiyasi, tashkiliy-ququqiy munosabatlar va moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona, sindikat, ma`muriybuyruqbozlik tizimi, ijtimoiy munosabatlarda korxona, korporatsiyalar, nizom, tuzilmaviy bo`linmalar, Korxonaning belgilari, tuzilma., trestlar, xoldinglar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024