Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УМЕНЬШЕНИЕ ОДИНОЧЕСТВА В СТАРОСТИ ПРАКТИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ДЛЯ
XXI ASRDA INNOVATSION · TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR · UCHUN AMALIY TAVSIYALAR · Razakova Rayxan Saylaubekovna
Журнал универсальных научных исследований · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada keksalik davridagi yolg‘izlik hissini kamaytirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yolg‘izlik muammosi doimo insoniyatni qiziqtirib kelgan. Yolg‘izlikni ijtimoiy holatning muhim elementi deb atash mumkin, u insonning ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Kalit so‘zlar: Yolg‘izlik, tajriba, yosh, moslashish, yolg‘izlik fenomeni, individuallik, “Keksalik” tushunchasi, keksalik hodisasi, gerontologiya, ota-ona, ma’naviy meros, yolg‘izlik sabablari, ruhiy salomatlik, hissiy qo‘llab-quvvatlash. Kirish. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ham yolgʻiz keksalarni ijtimoiy himoyalash borasida bir qator kompleks dasturlar ishlab chiqildi. Bu avvalo psixologik, tibbiy va boshqa sohalar bilan bogʻliq. Ayniqsa yolgʻiz keksalar davlat va jamoatchilik tomonidan alohida eʼtiborga muhtojdir. Oʻz mohiyatiga koʻra yolgʻiz keksalarni ijtimoiy himoya qilish jarayoni funksional oʻzgarishlarni talab qilmoqda. Qolaversa mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda inson omili masalasi markaziy oʻringa qoʻyilgan. Inson omili – demografiya, ijtimoiy himoya, maʼrifat, maʼnaviyat, odob – axloq tamoyillariga bevosita bogʻliq holda amalga oshiriladi [1]. Bizning yurtimizda ham yolgʻiz yashashga moyillik koʻrinishlari uchramoqda. Masalan birinchi omil - vatandoshlarimizning «yolgʻizlik»ka munosabati qandayligi – masalasi. 100 nafar turli yoshdagi respondentlardan ayni shu muammo borasida ijtimoiy soʻrov olingan, soʻralganlarning 93 foizi oʻzini yolgʻiz deb hisoblamasligini fikrini bildirdilar, 62 foizi esa yolgʻizlik ijtimoiy holatidan xavfsiramasligini, 41 foizi katta shaharlarda yolgʻiz yashovchi keksalar koʻpayib borayotganidan tashvishda ekanligi bildirishgan[2]. Koʻpchilikning fikricha, odamlar oʻzlarini quyidagi sabablardan yolgʻiz his qilishlarini bildirishgan: insonning oʻzidagi yopiqlik va odamovilikdan- 27%; yaqin kishilaridan ajralib qolishidan - 40 %; kommunikatsiyaning internet va boshqa muloqot turlarining keng tarqalish oqibatida jonli muloqotning kamayib ketayotgani- 32%; 32 XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Volume 03, Issue 02, 2025 karyerasini orientatsiya qilish va jamgʻarmasini koʻpaytirish istagi muloqotlarga vaqt ajratmasligidan - 25 %; boʻsh vaqtining yetishmasligi – 19 %; Yolgʻizlik jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʻsir etadi. Bu ishlab chiqarish sohasida, mehnat resurslari istiqboli masalasida va boshqa ijtimoiy munosabatlarda, demografiya borasida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, bizning xalqimiz mentalitetida azal azaldan jamoaviylik asosida yashashlik xos boʻlib kelgan. Evropa va boshqa gʻarb xalqlarida ijtimoiy yolgʻizlik holatining kelib chiqishida oila munosabatlaridagi baʻzi jihatlar ham muhim oʻrin tutadi. Katta yoshdagi yolgʻiz keksalar bilan ishlashda ularning boshqalar bilan munosabatlari sifatli ekanligini muhokama qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarda norozilikdan uning shaxsini qoʻllab – quvvatlaydigan muloqot jihatlariga oʻtishga yordam berish muhimdir[3]. Shuningdek, keksa odamlar yolgʻiz oʻzi uchun foydali ish qiladimi yoʻqmi ularni tushunish lozim. Eng muhimi, ulardagi yolgʻiz qolish va koʻp hollarda oʻlimdan qoʻrqish kabi doimiy xavotir holatiga tushib qolishlariga izn bermaslik - ijtimoiy muloqot doirasini kengaytirishdan koʻzlangan maqsad aynan shu jihatlarga qaratilishi zarur. Aynan shu maqsadni ko ‘zlagan holda biz ham oilb borayotgan tadqiqotimiz doirasida bir nechta amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdik va ular quyidagilardan iborat: 1. Ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish (volontyorlik, otoxonlar choyxonasi klublar …); 2. Qoʻshnichilikni rivojlantirish; 3. Texnologiyadan foydalanish (Onlayn platformalar: Ijtimoiy tarmoqlar yoki telefon va videoqoʻngʻiroqlar); 4. Madaniy va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish (Teatr, konsert, koʻrgazmalar yoki mahalliy festivallarda qatnashish); 5. Jismoniy mashgʻulotlar (Yoga, gimnastika, yurish); 6. Hunarmandchilik va hobbilar (Qoʻl ishlari, rasm chizish, yozuvchilik, bogʻdorchilik); 7. Psixologlar bilan birgalikda psixoterapiya seanslari hamda guruhiy terapiya orqali yolgʻizlikni bartaraf etishga yordam berish. 8. Jamoatchilik asosida mahallalarda faoliyat koʻrsatish (koʻcha boshi,otinoyi, kayvoni, oqsoqol). 9. Maxsus dasturlar: Keksalarni yoshlar bilan bogʻlovchi dasturlarni amalga oshirish, yosh avlodga keksalarning tajribasi va maslahatlaridan foydalanishni oʻrgatish. 33 XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Volume 03, Issue 02, 2025 10. Oilaviy tadbirlar: Keksalarni oilaviy uchrashuvlar, bayramlar va yigʻilishlarga jalb qilish. 11. “Hayotimizning kuzi oltin boʻlsin” shiori ostida birlashish, ya’ni o‘zi qatori tengqurlari bilan sayru – sayohatlarga chiqish, muqaddas joylar, ziyoratgohlarda bo‘lish[4]. Xulosa. Keksa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada keksalik davridagi yolg‘izlik hissini kamaytirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada keksalik davridagi yolg‘izlik hissini kamaytirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yolg izlik, xxi asrda, asrda innovatsion, innovatsion texnologiyalar, texnologiyalar fan, fan lim, lim taraqqiyotidagi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026