К содержанию
РецензированоUZ2025

“TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O’QITISHDA SMART TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISH METODIKASI

Z.M. O‘rinboyev · A.I. Pardayev

Современная наука и исследования · 3 · 2025

Аннотация

SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, uy vazifalari va nazorat ishlarini tekshirishda bu narsa yaqqol ko’rinadi. Talabalar topshiriqlar uning kuchiga qarab berilayotganini sezgach, muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga harakat qila boshlaydi va bu esa o’z navbatida fanga qiziqishni orttiradi va o’qishni samarali jarayonga aylantiradi. Kalit so‘zlar: bulutli texnologiyalar, IoT–buyumlar interneti, NB-IoT texnologiyasi, Smart Campus, LPWAN va LoRaWAN. Hozirgi vaqtda etarlicha ko’p sondagi yangi axborot texnologiyalari vositalari ishlab chiqilgan va foydalanilmoqda. Ularning soni yil sayin o’zgarmoqda. Ular ro’yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin: barcha sinf kompyuterlari, displey, printer, xotira, kompyuterga ovozni kiritish qurilmasi, skaner, klaviatura, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori, multimedia tizimlari, videomatn, telematn, TV-axborot, modem, kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, elektron konferensiyalar, axborot qidiruv tizimlari, raqamli fotokameralar, ekspert o’qitish tizimlari, grafik axborotni chiqarish qurilmasi, gipermatnli tizimlar, televidenie, radio, telefon, faks, ovozli elektron pochta, telekonferensiyalar, elektron doska, Internetdagi dasturiy vositalar, avtomatlashtirilgan kutubxonalar, o’qitishga mo’ljallangan dasturiy vositalar, tahririy-nashriyot tizimlari, CD ROM, dasturiy majmualar (dasturlash tillari, translyatorlar), berilganlarni uzatish vositalari, radiostansiya va boshqalar. Bu ro’yxatni to’liq deyish fikridan yiroq bo’lish kerak. Lekin bu ro’yxat yangi axborot texnologiyalari vositalarining va tizimlarining turli ko’rinishlari haqida tasavvur beradi. Fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan taraqqiyotini, raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy hayotga ta’sirini e’tiborga olgan holda respublika Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani mavzulari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlarining Texnika oliy ta’lim muassasalari fan dasturlari tahlillariga ko’ra tizimlashtirilib, quyidagi zamonaviy tushunchalarni kiritish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi: - bulutli texnologiyalar; - IoT–buyumlar interneti; - NB-IoT texnologiyasi; - Smart Campus; - LPWAN va LoRaWAN; - simsiz tarmoq texnologiyalari - Wibree, ZigBee, UWB, Wireless HD kabilar. Mazkur tushunchalar haqida qisqacha to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq: 82 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi 1. Bulutli texnologiyalar. Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo’lgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo’nalishdagi texnologiyalar yaratil-moqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim paytlarda aynan o’xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash g’oyasi o’tgan asrning 60 yillarida paydo bo’lsa-da, aloqa kanallarining shiddat bilan rivojlanib borishi va foydalanuvchilar talabining uzluksiz o’sib borishi natijasida 2007 yildan boshlab ommaviylashib, rivojlanish bosqichiga o’tdi. Bulutli texnologiya (ingl. cloud computing), odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat ko’rinishida taqdim etadi. Shunday yo’l bilan foydalanuvchiga “sof” ko’rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o’zining masalalariga qanday kompyuter ishlov berayotganligi, qanday turdagi operasion tizim (OT) boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati bo’lmaydi. Ish yuritilishida o’xshashlik va umumiylikni topib, bulutli texnologiyani “meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab paydo bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash (1990 yillarda) birmuncha keng tarqalish munosabatiga ega bo’ldi. Dastlabki davrda bu yo’nalish texnik vosita prosessorining bo’sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraladi. Grid-hisoblash bilan bulutli hisoblash arxitekturasi hamda qo’llanilayotgan tamoyillariga ko’ra o’zaro ko’pgina o’xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega bo’lganligi bois bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olindi. Hozirgi kunda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o’zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova resurslari bilan ta’minlab beradi. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim1 yoki qo’shimcha qurilmalar sotib olish va sozlashni talab etuv

Доказательный фрагмент

«SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish imkonini beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish imkonini beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
IoT–buyumlar interneti, Smart Campus, NB-IoT texnologiyasi, bulutli texnologiyalar, LPWAN va LoRaWAN.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники