Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O.YOQUBOVNING “YAXSHILIK” HIKOYASIDA QO`LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING LISONIY TAHLILI.
Fozilova Gulshoda
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the way of using phraseological units used in the stories of the great creator Odil Yakubov, and their functions in the story: The use of expressions in modern Uzbek literature, stories and linguistics is analyzed. Key words: linguistics, phraseology, expression plan, classification, idioms, phrase. Kirish. Frazeologiya (gr. “phrasis” – ifoda va “logos” – ta`limot) degan ma`noni bildiradi. Frazeologiya bo`limida iboralar (turg`un birikmalar, frazeologik birikmalar, frazeologizmlar) o`rganiladi. Shu sababdan frazeologiya ikki ma`noda ishlatiladi: 1. Tilning frazeologik tarkibini o`rganuvchi tilshunoslik sohasi, 2. Shu tilning frazeologizmlar majmui. 2 32 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Frazeologiya leksikologiya bo`limining tarkibiy qismidir. Aytish mumkinki, ushbu yo’nalish tilshunoslikning tez rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. Rus va ingliz tilshunosligida frazeologiya ancha ilgari o`rganila boshlangan bo`lsa, o`zbek tilshunosligida bu soha o`tgan asrning 40-50-yillaridan sistemali ravishda o`rganila boshlangan. Bu davrda juda ko`p tilshunos olimlar frazeologizmlar tadqiqiga bag`ishlab doktorlik dissertatsiyalarini yaratgan. Bularga misol tariqasida Sh.Rahmatullaev (1969), G.A.Bayramov (1970), M.F.Chernov (1986) kabilarni aytishimiz mumkin. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) Mustaqillik yillaridan keyin ham bu sohada juda ko`p ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Sh.Rahmatullaevning 1992-yilda nashr etilgan “O`zbek tilida fe`l frazemalarining bog`lashuvi” nomli monografiyasi ushbu sohada yaratilgan dastlabki tadqiqot natijalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari frazeologizmlar mavzusidagi yana bir ilmiy ish Sh.A.Ganiyeva tomonidan 2017-yilda himoya qilingan bo`lib, u “O`zbek frazeologizmlarining strukturasi (shakliy va mazmuniy modellashtirish)” deb nomlanadi. Bu ilmiy ish frazeologizmlarning shakl va mazmun jihatidan alohida tartib bo`yicha o`rganilganligi bilan ahamiyatlidir. [4, 45]. Frazeologik birliklarning xususiyatlarini tashqi shaklga qarab ham tasnif qilish mumkin. Bu tasnifda ko`proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so`zlar soniga e`tibor beriladi. Ko`pgina tilshunoslar iboralar faqat ikki so`zdan iborat bo`lgan barqaror birikma, degan fikrlarni bildiradilar. Ammo kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, frazeologik iboralar ikki, uch va undan ortiq so`zlardan iborat bo`lishi ham mumkin. Shuningdek, iboralarning quyidagi xususiyatlari ham mavjud: 1. Iboralar nutqqa tayyor holda olib kiriladi, iboralar tarkibidagi so`zlar orasida sintaktik aloqa bo`lmaydi. Iboralar yaxlitligicha bir so`roqqa javob bo`ladi va butunligicha bir gap bo`lagi vazifasida kelishi mumkin. Quyidagi gapda “damim ichimga tushib ketdi” iborasi butunligicha kesim vazifasida kelgan: “Buvimning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.” 2. Iboralar mazmuniy yaxlitlikka ega bo`lib, ko`pincha mazmunan bir leksema hisoblanadi. Buni quyidagi ibora misolida ko`rishimiz mumkin: “ko`zini bo`yamoq” – aldamoq. 3. Frazeologizmlar ko`chma ma`noda, obrazli ifodalarda qo`llaniladi hamda tarixiy qo`llanish me`yorlariga, usullariga ega bo`lib, ularning ma`nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Masalan: “og`ziga talqon solmoq” iborasi tarixiy qo`llanish me`yoriga ega bo`lib, jim turmoq, sukut saqlamoq ma`nolarini anglatib keladi. 2 33 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 4. Frazeologizmlar tilda ekspressivlik, emotsionallik, obrazlilikni oshirish uchun xizmat qiladi. Frazeologizmlar odatda insonning lisoniy ongidagi fikrni chiroyli dalillar bilan yoritadi va xoh u tinglovchi bo`lsin, xoh u kitobxon bo`lsin lisoniy tafakkuriga oddiy jumlalardan ko`ra tez muhrlanadi. Masalan, hikoyada “ruhi so`ngan” iborasi emotsionallikni oshirish uchun xizmat qilgan bo`lib, “ruhiy tushkunlikka tushgan” degan ma`noni anglatadi. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Frazeologizmlar odatda tilning ko`z ilg`amas jihatlarini, rang-barangligini o`zida aks ettiradi. Uning bu kabi xususiyatlarini oʼzbek olimlaridan Sh.Rahmatullaev, А.Isaev, K.Bozorboev, А.Mamatov, B.Yoʼldoshev, U.Rashidova, Sh.Gʼanieva, Sh.Аlmamatova, B.Boltayeva kabilar tadqiqotlar olib borishgan va sohaning tadqiq ko’lamini yoritib berishga muayyan darajada muvaffaq bo’lishgan. Bundan tashqari rus tilshunos olimlari ham bu sohada koʻp izlanishlar olib borishgan. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40- yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda — Ye.D. Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. V.Jukov fra
Доказательный фрагмент
«This article examines the way of using phraseological units used in the stories of the great creator Odil Yakubov, and their functions in the story: The use of expressions in modern Uzbek literature, stories and lingu…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the way of using phraseological units used in the stories of the great creator Odil Yakubov, and their functions in the story: The use of expressions in modern Uzbek literature, stories and lingu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguistics, phraseology, expression plan, classification, idioms, phrase, frazeologik birlik, tasnif, mazmun plani, ibora., lingvistik, ifoda plani, frazema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025