Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNING MUVOZANAT QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAXSUS JISMONIY MASHQLAR KOMPLEKSLARIDAN FOYDALANISH
Mo‘minov Abrorbek Shavkatovich · Ibroximova Asaloy Yakubjon qizi · Rixsibayev Sherzod Djahbarovich
Современная наука и исследования · 2 · 255-257 · 2026
Аннотация
The article presents methodological recommendations on the use of special complexes of physical exercises in the formation of balance in children. Key words: children, balance, physical education, special exercises, abilities, physical qualities, development, school. Jahon mamlakatlarining ta’lim amaliyotida o‘quvchilarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida muvozanat qobiliyatlarini shakllantirish va bu jarayonda qo‘llaniladigan jismoniy faoliyat turlarining asosini maxsus jismoniy mashqlar tashkil etadi va u orqali o‘quvchilarning muvozanatini saqlashga o‘rgatish asosida ularning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishi dolzarb muammolardan biri sifatida qaraladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni harakat muvozanat qobiliyatlarini maxsus jismoniy mashqlar vositasida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi ta’limning umumiy tan olingan shakli mashg‘ulotdir. 361 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Mashg‘ulot turidagi darslarning asosiy xususiyati malakali o‘qituvchining mavjudligi bo‘lib, u aniq belgilangan vaqt davomida belgilangan joyga nisbatan doimiy va bir xil talabalar guruhining harakat faoliyatini ularning xususiyatlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda yo‘naltiradi[3]. Shu bilan birga, mashg‘ulotning tarkibi, ularning chastotasi, davomiyligi va munosabatlari qat’iy tartibga solinadi. Ta’lim turi mashg‘ulotning uch bosqichli tuzilishi jismoniy tarbiyaning turli muammolarini yechishga imkon beradi. Muvozanatni qo‘llabquvvatlash qobiliyatini takomillashtirilishiga qaratilgan mashqlarni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar tizimini tuzishdagi asosiy metodik tendensiya mazkur mashqlarni izchil, astasekin murakkablashishi va ularni to‘sqinlik qiluvchi omillarga qaramasdan muvozanatni saqlashga zaruriy barqarorlikni beruvchi barqaror bo‘lmagan holat (poza)larda optimal tarzda balansni saqlash qobiliyatini yanada ko‘proq mobilizatsiyasini talab qilgan yo‘nalishda bajarish sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Yangi harakatlarni egalllashga bo‘lgan qobiliyat sportning murakkab koordinatsiyalangan turlarida hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ayniqsa, muhimdir. Ya’ni harakat faoliyati katta xilmaxillik va koordinatsion murakkablikning yuqori darajasi bilan tavsiflanadigan darslar hisoblanadi. Muvozanatni saqlash qobiliyatini takomillashtirish uchun quyidagi metodik misollar asos bo‘lib xizmat qiladi. Muvozanatni saqlash qobiliyatiga Misollar (harakatlarda uslubni amalga talablarni oshirish uslubi asoslari oshirish) Barqaror bo‘lmagan holatni (poza) saqlash “Qaldirg‘och” holati (pozasi) bitta oyoqda, vaqtini cho‘zish tayyanib turgan holda tanani gorizontal tarzda egish holati, qo‘llar yonga kerilgan tanani egish holati va h.k. shu kabi turish xolatida tanani harakatsiz fiksatsiya fazasini uzaytirish Ko‘rish kabi o‘zinio‘zi nazorat qilishni Gimnastik yog‘ochda statik mashqlar yoki vaqtinchalik istisno qilish yoki cheklash (va) burilishlar yoki ko‘zini bog‘lagan holda juft yoki guruh akrobatik mashqlar Tayanch yuzani kuchraytirish Gimnastik o‘rindig‘ida yoki toraytirilgan yog‘ochda statik va dinamik mashqlar bitta oyoqda sakrash va boshqa harakatlar Tana vazni markazidan tayanch yuzagacha Yog‘och oyoqda harakatlanish va poza, masofani yoxud tayanch yuzaning balandligini holatlarni fiksatsiya qilish; balandroq bo‘lgan oshirish gimnastik yog‘och yoki brusyada mashqlarni bajarish 362 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Barqarorsiz bo‘lgan tayanch yuzani kiritish Qimirlab turgan yog‘ochda gorizontal tarzda ilingan arqonda, roliklarga qo‘yilgan yuzada mashqlarni bajarish Muvozanatni saqlanishiga to‘sqinlik qiluvchi Aylanish harakatlari (polda, gimnastik dastlabki va yo‘ldosh haraktalarni kiritish yog‘ochda va h.k.) bajarilgandan so‘ng statik holatlarni fiksatsiya qilish; barqarorsiz holatda (bir oyoqda turganda, “qaldirg‘och” holatda) to‘p yoki boshqa predmetlarni otib o‘ynash (jonglirovanie) Sherikning harakatlariga qarshi harakatlarni Nisbatan barqarorsiz holatda bo‘lgan sherikni bajarish tortib olish; holat barqarorligini saqlash vazifali yakkakurash uslublarini qo‘llash; “Xo‘rozlarning jangi” Harakatlanishda muvozanatni saqlashni Tekis bo‘lmagan joylarda, yo‘lning turli murakkablashtiruvchi tabiiy muhit holatida, qiyinchilik tug‘diruvchi obhavo shartlaridan foydalanish sharoitlarida yugurish, velosipedda yurish Tana muvozanatini qo‘llash qobiliyatiga qo‘yilgan talablarni oshirishda izchillikni mashqlar statik holatda bajarilganda ta’minlash osonroqdir[1]. Bu muvozanatni saqlashning murakkablashtirilgan sharoitlariga moslashuvning birinchi bosqichlarida bunday mashqlarni ko‘proq qo‘llanilishi shu bilan asoslanadi. Shartlarni murakkablashtirishning eng keng tarqalgan uslublari tayanch yuzasini kichraytirish, harakatchan tayanch yuzadan foydalanish, biomexanik barqarorsiz holatda statik holatni saqlash vaqtini uzaytirishdir. Muvozanatni qo‘llab
Доказательный фрагмент
«The article presents methodological recommendations on the use of special complexes of physical exercises in the formation of balance in children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents methodological recommendations on the use of special complexes of physical exercises in the formation of balance in children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- children, balance, physical education, special exercises, abilities, physical, muvozanat, rivojlanish, maktab., jismoniy tarbiya, jismoniy sifat, bolalar, maxsus mashqlar, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025