К содержанию
РецензированоUZ2026

14-15 YOSHLI FUTBOLCHILARDA TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING VOSITA VA USULLARI

VOSITA VA USULLARI · Mo‘minov Abrorbek Shavkatovich · Ibroximova Asaloy Yakubjon qizi · Olimov Bunyodbek Shermat o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 255-257 · 2026

Аннотация

This article provides brief information on improving the speed of 14-15 year-old football players. Keywords: Initial speed of movement, speed of a person during a complex movement, starting speed in a simple situation, starting speed in a complex situation, speed of movement at the start, absolute speed, speed of jerking - braking movements. ИНСТРУМЕНТЫ И МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ СКОРОСТИ У ФУТБОЛИСТОВ 14-15 ЛЕТ Аннотация. В данной статье приведена краткая информация о совершенствовании скоростных качеств футболистов 14-15 лет. Ключевые слова: скорость старта, скорость человека при сложном движении, скорость старта в обычной ситуации, скорость старта в сложной ситуации, скорость движения на старте, абсолютная скорость, скорость скольжения – торможения. Kirish. O‘zbekistonda futbolni axolining eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qiladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxasislarini tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv- mashq jarayonini saarali tashkil qilish mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqro musobaqalar 341 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 jumladan o‘smirlar yoshlar va xotin qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qita birinchiliklarni tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Tezlik deganda juda qisqa vaqtda kishining muayyan harakatni amalga oshirish qobiliyati ko‘zda tutilgan. Tezlik to‘rt ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: – reaksiya vaqti; – yakka harakat vaqti; – harakatning maksimal chastotasi; – harakatning boshlanish tezligi. Murakkab harakat paytidagi kishi tezligi tezlikning kompleks namoyon bo‘lishi bilan birga boshqa omillarga ham (qadamning kattaligiga, siltanish kuchiga va h.k.) bog‘liq. Futboldagi tezlik esa maydonda tez harakat qilishdangina iborat bo‘lmaydi, shu bilan birga, fikrlash tezligi, to‘p bilan ishlash tezligi hamdir. Futbol nuqtai nazaridan tezkor bo‘lgan o‘yinchi raqibni ham vaqt, ham ochiq joyga chiqib olish jihatidan yutadi. Bu nisbatan erkin holda taktik vazifani muvaffaqiyatli hal eta oladi, demak. 14-15 yoshli Futbolchi katta tezlik bilan borayotib harakat yo‘nalishini birdan o‘zgartirib yuborishga, gavdani tutib turish qiyin bo‘lgan holatda va ko‘pincha yakka tayanch holatida qandaydir texnik usulni va shu singari harakatlarni bajarishga doimo tayyor turishi lozim. Shu munosabat bilan futbolchilar o‘z gavdalarining og‘irlik markazi iloji boricha pastroqda bo‘lishiga harakat qilishlari lozim. Shunday qilib, futbolchining tezligi tarkibiy qismlarning bir butun seriyasidan iboratdir. Tadqiqotlar futbolchilarning tezkorlik sifatlari quyidagilardan iborat ekanligini ko‘rsatadi: 1) oddiy vaziyatda start tezligi; 2) murakkab vaziyatda start tezligi; 3) start olish tezligi; 4) mutlaq (eng yuqori) tezlik; 5) siltanish – tormozlanish harakatlari tezligi; 6) texnik usullarni bajarish tezligi; 7) bir harakatdan ikkinchisiga o‘tish tezligi. Futbolchilarning o‘yin faoliyatida bularning har biri o‘z o‘rniga ega. Darvoqe, tezlik namoyon bo‘ladigan hamma shakllar nisbatan bir-biriga bog‘liq emas. Bu demak, tezlikning har bir tashkil etuvchi maxsus yo‘nalishdagi ishni talab qiladi. Oddiy vaziyatda start tezligi Quyidagilar shunday vaziyatga misol bo‘la oladi: a) 11 metrdan turib jarima to‘pi tepish, bunda futbolchilar jarima maydonidan chetda turib to‘pning tepilishini kutadilar: ba’zilari to‘pni egallab olish, boshqalari esa o‘z darvozalarini 342 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 himoya qilish uchun shay bo‘lib turadilar; b) himoyachining pozitsiyasi xujumchining oldida kutib turishdir, bunda hujumchi to‘pni bir ozgina o‘zidan uzoqlashtirsa, bu to‘pni olib qo‘yish yoki ushlab qolish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida aytib o‘tgan vaziyatlarda harakat yo‘nalishi oldindan belgilangan bo‘lib, to‘p tepilishi harakat boshlanishi uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda hammasi start tezligiga bog‘liqdir. Start tezligi esa signal berilgan – to‘p tepilgan paytidan to oyoq mushaklarida faollik namoyon bo‘lishi momentigacha (yashirin yoki latent reaksiya davri) o‘tgan vaqt hamda harakatning boshlanish momentidan to o‘yinchining joyidan batamom ketgunigacha (yakunlovchi yoki samarador reaksiya davri) bo‘lgan vaqtdan tashkil topadi. Oddiy vaziyatlarda start tezligini takomillashtirish mashqlari. 1. Tik turib (harakat yo‘nalishiga qarab, orqa bilan, unga nisbatan chap va o‘ng tomonga) 5-7 metrga o‘qdek tashlanish. 2. O‘tirgan holatdan (harakat yo‘nalishiga qarab, orqa bilan, unga nisbatan chap va o‘ng tomonga) 5-7 metrga o‘qdek tashlanish. 3. Muk tushib yotgan holatdan (bosh bilan, oyoq bilan harakat yo‘nalishiga chap va o‘ng tomonga) 5-7 metrga o‘qdek tashlanish. 4. Chalqancha yotgan holatdan (bosh bilan, oyoq bilan harakat yo‘nalishiga chap va o‘ng tomon

Доказательный фрагмент

«This article provides brief information on improving the speed of 14-15 year-old football players.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides brief information on improving the speed of 14-15 year-old football players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Initial speed of movement, speed of a person during a complex movement, murakkab harakat paytidagi kishi tezligi, mutlaq tezlik, Murakkab vaziyatda start tezligi, siltanish – tormozlanish harakatlari tezligi., oddiy vaziyatda start tezligi, Harakatning boshlanish tezligi, startdagi harakat tezligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники