К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARGA TAYANIB SAKRASHNI O‘RGATISH BOSQICHLARI

Tulaganov Sh.F · Abdumannabov Abrorbek Turg‘unboy o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 255-257 · 2026

Аннотация

The work of this article is on the topic of "Teaching students to jump on the basis of movement structure", the topic is deeply studied, the process of teaching students to jump on the basis of movement structure is analyzed. The article enriches the exercises with a sequence of training and a set of special exercises for mastering the exercise technique. The developed recommendation was recommended to the trainers for practical implementation and applied to the training process. Key words: special technical training, basic actions, items, survey analysis, pedagogical testing, hoop, rope. Kirish: O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 322 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Davlatimiz tomonidan ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash talabi qo‘yilmoqda. Yuksak sport natijalarini rejalashtirish sportning belgilangan muammoli vazifalari doirasidan kelib chiqqan holda oxirgi yillarda murakkab koordinatsiyali xarakatlarni bajarishga bo‘lgan sport turlarida mashg‘ulotlarni boshlash yoshini keskin pasayishi tufayli, nazariyachilar va amaliyotchilar oldida turgan ilmiy izlanishlar jarayonini sifati va samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi muammo juda ham dolzarb bo‘lib kelmoqda. Oxirgi yillarda sport gimnastikasidan xalqaro musobaqalarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritishda raqobatning keskinlashuvi bu soxada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarimizni yangi tizim asosida shakllantirish talabini qo‘ymoqda. Sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sohasida progressiv va informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish zarurati yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari uchun yosh gimnastikachilarning texnik, maxsus harakat tayyorgarligini barcha muxim komponentlarini aks etadigan dasturlarning mazmunini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha o‘rganilmagan. 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaror, 2017 yil 9 martdagi PQ-2821-son O‘zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi Qaror, 2016 yil 7 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida gimnastika sport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi PF-2654-sonli Qarori, 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmon hamda bu sohaga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqola ishi muayyan darajada xizmat qiladi Tadqiqotni maqsadi: tayanib sakrashni o‘rgatishda vositalarini samarali taqsimlash asosida gimnastikachilarni tayanib sakrash texnik tayyorgarligini rivojlantirish. Tadqiqot vazifalari. 1. Tayanib sakrash fazalarini o‘rganib chiqish. 2. Tayanib sakrashdagi fazalar bog‘liqligini aniqlash. 3. Tayanib sakrashni o‘rganishda qo‘llaniladigan vosita va uslublarni tadqiqotlarda asoslash. Tadqiqotni tashkil qilish uslublari: jismoniy tarbiya darslaridagi tayanib sakarash mashqlari o‘rni va darsning asosiy qismida o‘rgatiladigan tayanib sakrash va sakrash mashqlarini samaradorligini oshirish. 323 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Yaxshi o‘rgatilgan tayanib sakrash mashqlarini harakat tuzulishi asosida harakat ketma- ketligi bilan birgalikda qo‘shib darslarni qiziqarli o‘tkazishgni amaliyotga tadbiq etish. Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Tayanib sakrashga o‘rgatish boshlanishida, tayanib sakrashlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi va alohida ko‘nikmalarni shakllantiruvchi dastlabki tayyorgarlikni mustahkamlash lozim. Tayanib sakrashlarni o‘zlashtirish uchun, avvalo mustahkam qo‘nishga o‘rgatish, keyin yugurish texnikasi, ko‘prikka sakrash, ko‘prikdan oyoqlarda depsinish, so‘ng qo‘llarda itarilishgacha uchish, oxirida qo‘llarda itarilishni o‘rgatish tavsiya qilinadi. Mana shu harakatlarni o‘zlashtirib olingandan keyingina, alohida tayanib sakrashlarni o‘rgatish mumkin. Sakrash mashqlari jismoniy tarbiyaning shug‘ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vositasidir. Ular yordamida tezkorlik kuch sifati tarbiyalanadi, to‘siqlardan oshib o‘tish amaliy tayyorgarligi shakllanadi, jasoratli, matonatli bo‘lish va chaqqonlikni tarbiyalash vazifasi hal qilinadi. Yugurib kelib sakrashlar qon aylanish va nafas orgonlarining funksional holatini oshiradi. Sakrash apparatlari harakat apparatining juda uyg‘unlashgan bo‘lishini talab etuvchi muskullarning tez va qisqa v

Доказательный фрагмент

«The work of this article is on the topic of "Teaching students to jump on the basis of movement structure", the topic is deeply studied, the process of teaching students to jump on the basis of movement structure is a…»

Образец извлечения

Демо-превью

The work of this article is on the topic of "Teaching students to jump on the basis of movement structure", the topic is deeply studied, the process of teaching students to jump on the basis of movement structure is a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
special technical training, basic actions, items, survey analysis, pedagogical, arqon., so‘rovnomalar tahlili, maxsus-texnik tayyorgarlik, pedagogik testlashtirish, bazaviy harakatlar, halqa, buyumlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники