Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEK XALQ ERTAKLARINING TABIATI VA TAʼLIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
Murodova Farangis G’anisherovna · Inomjonova Munisa
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga soʻz turkumlarini oʻrgatish, ogʻzaki va yozma nutqda ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish oʻquvchilarning ham nutq qobiliyatining ham toʻgʻri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Shunda oʻquvchilar oʻz nutqida soʻzlarni ongli qoʻllay oladigan shaxs sifatida namoyon boʻladi.Ushbu maqola soʻz turkumlarini boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga oʻrgatish metodikasi haqida. Kalit so'zlar: so'z turkumlarini o'rgatishning mohiyati, boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rganish bosqichlari, ot so'z turkumini o'rgatish, boshlang'ich sinf, maktab. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumini o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan asosiy mehnat va e'tibor talab qiladigan jarayondir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni qo'llashni talab etadi, ya'ni grammatik nazariya gram m atik to'gfri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o'stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o fz aksini topadi.Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o'tkazish tushuniladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.Masalan:„Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bogfliqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'gfri foydalanish va to'g'ri 261 Yanvar, 2025-Yil yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga oigan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.. Shu bilan birga, ,,0t" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Biror mavzu yoki ma'lumotni o'quvchilarga qanday usulda yetkazib berish bu o'qituvchining pedagogik mahoratidir. O'z ona tilida ravon gairadigan,nutq madaniyatiga amal qiladigan,o'z nutqining sofligini saqlay oladigan yoshlarni tarbiyalash har bir pedagogning bosh maqsadi bo'lishi kerak.Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo’lgan so‗zlarni farqlashga o’rganadilar. So’zning leksik ma‘nosi (har bir so’z ma‘no bildirishi)ga e‘tibori oshiriladi, ma‘nolarni hisobga olgan holda so’zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko’nikmasi shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma‘nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko’nikmasini o’stiradi. Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish va grammatik tushunchalarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Ot so‘z turkumini o‘rgatishning bosqichlari: 1. Tayyorlov bosqichi (1-sinf): Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar predmetlarni va ularning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda so‘zlarning leksik ma’nosiga e’tibor qaratilib, ularni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. 2. Boshlang‘ich tushuncha shakllantirish (2-sinf): O‘quvchilar otlarning leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan tanishadilar. Kim? va nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni farqlash, atoqli va turdosh otlar haqida bilimlar hosil qilinadi. 3. Chuqurlashtirish bosqichi (3-sinf): Bu bosqichda otlarning birlik va ko‘plik shakllari, ularning qo‘llanilishi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son bilan bog‘liq xususiyatlarini tushunib, gapda to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar. 4. Turlanish va qo‘llash (4-sinf): O‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganadi
Доказательный фрагмент
«Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga soʻz turkumlarini oʻrgatish, ogʻzaki va yozma nutqda ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish oʻquvchilarning ham nutq qobiliyatining ham toʻgʻri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uc…»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlangʻich sinf oʻquvchilariga soʻz turkumlarini oʻrgatish, ogʻzaki va yozma nutqda ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish oʻquvchilarning ham nutq qobiliyatining ham toʻgʻri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so'z turkumlarini o'rgatishning mohiyati, boshlang'ich sinflarda so'z, tarbiyaviy ahamiyat, Oʻzbek xalq ertaklari, bolalar tarbiyasi, ezgulik va yovuzlik, axloqiy qadriyatlar, didaktik vosita., ogʻzaki ijod, maʼnaviy tarbiya, taʼlimiy ahamiyat, milliy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014