Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YUNUS RAJABIY UY-MUZEYI FAOLIYATI
Toʻraxonova Dilshoda Baxromjon qizi · sekin-asta Mulla Toʻychi Toshmuhammedov · Shorahim Shoumarov singari sanʼatkorlar
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1919
Аннотация
Oʻzbek xalq musiqachisi va bastakori Yunus Rajabiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida keng yoritilgan. Yunus Rajabiy xotirasiga bagʻishlangan Respublika tanlovlari va uy-muzeyining tashkil etilishi haqida bayon etiladi. Kalit soʻzlar: oʻzbek xalq cholgʻulari, maqom, uy-muzey, ijodiy faoliyat, buyuk bastakor. Rajabiylar – 20-asr o‘zbek san'atiga ulkan hissa qo‘shgan san'atkorlar sulolasi.Sulola boshlig‘i Yunus Rajabiy 1897 yil 5-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. Otasi Yunusni yoshligidan turli yigʻinlarga, davralarga olib borar, jajji Yunus esa sozanda va xonandalar ijrosidagi diltortar kuy va qoʻshiqlarni maroq bilan tinglab, oʻrganishga harakat qilardi. Yunus Rajabiy dastlab akasi Rizqi Rajabiyga ergashib dutor sozida kuylar mashq qila boshlaydi. Keyinchalik esa andijonlik Mirzaqosim hofizdan Toshkent va Fargʻona vodiysida aytiladigan maqom parchalarini tinglab oʻrganadi va dutor chalib ashula ayta boshlaydi. U sekin-asta Mulla Toʻychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov singari sanʼatkorlar nazariga tushadi. Ular ijro etgan maqom ashulalarini bor diqqat-eʼtibori bilan oʻrganishga bel bogʻlaydi. 1919 yilda u Toshkentda ochilgan xalq Konservatoriyasining milliy musiqa boʻlimiga kirib oʻqiydi va xalq musiqa merosi durdonalarini, ayniqsa, maqom yoʻllarini sozanda va xonandalarga oʻrgatishda ustozlar anʼanasiga sodiq qoladi. 1923 yili Yunus Rajabiy akasi Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov va Ismat changchi bilan birga Samarqand bilim yurtiga yuboriladi. Ular bu yerda Hoji Abdulaziz Abdurasulov bilan tanishadilar va toʻrt yil davomida taʼlim oladilar. Yunus Rajabiy bu toʻgʻrida oʻz xotiralarida shunday degandi: “Biz Samarqandda toʻrt yil turdik, soz chaldik, ashula va qoʻshiqlar aytdik. Hoji Abdulazizning ashula yoʻllarini oʻrgandik. Shashmaqom yoʻllari bilan shu yerda tanishdik. Xullas, Hoji Abdulaziz bizga ustoz boʻlib qoldi”. Uning repertuaridan maqom parchalari «Girya», «Ushshoq». «Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy», «Kurd». «Qalandariy», «Gulyor- Shahnoz», «Bayot», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi ashula va kuy turkumlari o‘rin olgan. U bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: «Subhidam», «Yolg‘iz» «Sayqal». «Fig‘on», «Oraz», «Begi Sulton» va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy o‘zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan. Dastlab «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Rustam», «Avaz», «Xolisxon» kabi spektakllarga xalq ashulashri asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorlikda «Qasos», N.Mironov bilan «Qo‘chqor Turdiyev», G.Mushel bilan «Muqanna», O.Halimov bilan «Nodira», B. Zeydman bilan «O‘g‘il uylantirish», Sayfi Jalil bilan «Navoiy Astrobodda» singari musiqali dramalarni yaratgan. U «Zaynab va Omon» operasining yozilishida ishtirok etgan. Yunus Rajabiy, shuningdek, «Fabrika yallasi», «Bizning davron», «Mirzacho‘lda to’y», «O‘zbekiston», «Yangrasin Gulyor», «Dugonalarga». «Qadah», «Koshki», «Gul sochar», «Judo», 10 «Ra'nolanmasun», «Chapandoz»,«Kuygay» kabi qo‘shiq va ashulalar, «O‘yin Bayoti», «O‘yin Dugohi»,«Paxta» singari raqs kuylari yaratgan. Yunus Rajabiyning, ayniqsa, o‘zbek musiqa merosini to‘plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq kuy va ashularini notaga yoza boshlagan. Natijada Y.Romanovskaya va I.Akbarov «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» (1939) to’plamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta musiqa namunasi o‘rin olgan. 1955-yillarda Yunus Rajabiy 5 jildli «O‘zbek musiqasi» to‘plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o‘zbek kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlarining asarlari kiritilgan. «Maqom» ansambli bilan ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini hamda grammplastinka yozuvlar mukammal to‘plamini tayyorladi. T.Sodiqov, D.Zokirov, D.Soatqulov, F.Sodiqov, N.Hasanov, K.Jabborov, S.Kalonov, K.Mo‘minov, O.Imomxo‘jayev, B.Dovidova, K.Ismoilova, O.Alimahsumov, T.Alimatov va boshqa san’atkorlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir. Yunus Rajabiy Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati(1971), «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni (2000) bilan mukofotlangan. O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «Maqom» ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko‘chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Yunus Rajabiy», «Umr daftari» filmlari suratga olingan. Bugungi kunda musiqa ijrochiligimizda asriy qadriyatlarni, musiqiy merosimizni tiklash, o’rganish, rivojlantirishga e`tiborni qaratilayotganligi quvonarlidir."Sharq taronalari" xalqaro ko’rik tanlovlari, maqom ijrochiligi xalqaro ko’rik tanlovi "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali, "Barhayot an`analar" folklor festival Respublika koʻrik tanlovlari orqali unib borayotgan xalq durdonaalari qaytadan dunyo yuzini ko’rmoqda. Yunus Rajabiyning xotirasini yanada abadiylashtirish, pr
Доказательный фрагмент
«Oʻzbek xalq musiqachisi va bastakori Yunus Rajabiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюOʻzbek xalq musiqachisi va bastakori Yunus Rajabiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- buyuk bastakor., maqom, uy-muzey, oʻzbek xalq cholgʻulari, ijodiy faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025