К содержанию
РецензированоUZ1989

VOYAGA YETMAGANLARNING JINOIY JAVOBGARLIGIGA OID XALQARO STANDARTLARNING MILLIY QONUNCHILIKKA TA’SIRI

Ametova Aysulu Mnajatdinovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 1989

Аннотация

ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid xalqaro standartlarning jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga oid milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek davlatimiz qonunchiligida ularning aks etgan normalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so‘z: voyaga yetmaganlar, bola huqulari, xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, jinoiy javobgarlik Voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, unga qarshi kurashish, voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasida bir qancha xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya”ning 1-moddasida “o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llanadigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanishligi” belgilangan [1]. Dunyodagi barcha davlatlar uchun ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan hodisa bo‘lib, ushbu masalaga faqat milliy vositalar bilan kurashib bo‘lmaydi, bu esa butun jahon hamjamiyati sa’y- harakatlarini birlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. L.I. Belyayevaning fikricha, “xalqaro standartlar - bu olimlar va amaliyotchilar, huquqshunoslar va pedagoglar, shifokorlar va psixologlarning xalqaro hamkorlik sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqilgan qoidalardir”[2, 5-b]. Ayrim mualliflar bunday yondashuvning ma’lum bir tor yo‘nalganligini ta’kidlab, “standartlar qandaydir xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan bo‘lishi, shuningdek jahon hamjamiyati tomonidan umumqabul qilingan bo‘lishi” prinsipial ahamiyatga ega ekanligini va “inson huquqlari sohasidagi standartlar” tushunchasi xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan majburiy talablar, normalarni anglatishini ko‘rsatadilar”[3, 43-b]. Xalqaro huquq normalari, prinsiplari va standartlari nuqtayi nazaridan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning yo‘nalishlaridan biridir. Bu masalaga jinoyat 10 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference huquqi va kriminologiya fani nuqtayi nazaridan yondashsak, xalqaro-huquqiy tartibga solish darajasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishning asosiy konseptual yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: voyaga yetmaganlar bilan insonparvarona muomala qilishning xalqaro standartlarini shakllantirish va milliy jinoyat qonunchiligiga joriy etish; voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishining oldini olish; voyaga yetmaganlarning jinoyat-protsessual tartib-taomillarida ishtirok etishi munosabati bilan voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsiga, ruhiy va jismoniy yaxlitligiga zarar yetkazishning oldini olish; milliy huquqni muhofaza qilish tizimlari sa’y-harakatlarining voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yordam beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligini ta’kidlash; voyaga yetmaganlarni jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga, shuningdek boshqa ijtimoiy xavfli faoliyatga jalb qilish holatlariga qarshi kurashni kuchaytirish; milliy huquqni muhofaza qilish tizimlariga voyaga yetmagan jinoyatchilarga nisbatan asosan voyaga yetmaganlarni qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan ijtimoiy texnologiyalar va yuridik tartib-taomillarni qo‘llashga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan institutlarni joriy etish. Voyaga yetmaganlarning xalqaro-huquqiy maqomi bir qator xalqaro- huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Insonning asosiy huquqlariga oid xalqaro hujjatlar; Bolalar huquqlarini e’lon qiluvchi va favqulodda vaziyatlarda bolalarni alohida himoya qilishni kafolatlovchi xalqaro-huquqiy hujjatlar; Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish va voyaga yetmagan mahkumlar bilan muomala qilishga oid xalqaro-huquqiy hujjatlar. Yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro hujjatlar normalari amalda huquqbuzarlik sodir etayotgan voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish siyosatini shakllantirdi. Bu siyosat o‘z ichiga profilaktik choralarni, ijtimoiy reintegratsiyani, voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan inson huquqlariga rioya etilishi kafolatlarini ta’minlashni, ozodlikdan mahrum qilishga muqobil choralarni qo‘llashni, bolani qamoqqa olish, ushlab turish yoki qamoqda saqlashni faqat eng so‘nggi chora sifatida va eng qisqa muddatga amalga oshirishni, voyaga yetmaganlarga o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosini tayinlashdan voz kechishni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro 11 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference hujjatlarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, “voyaga yetmaganlar bilan ishlashda birinchi navbatdagi vazifa huquqbuzarliklarning oldini olishdir”. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishga oid xalqaro standartlarning milliy qonunchiligimizda aks etganini quyidag

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid xalqaro standartlarning jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga oid milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek davlatimiz qonunchiligida ularning…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid xalqaro standartlarning jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga oid milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek davlatimiz qonunchiligida ularning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, voyaga yetmaganlar, jinoiy javobgarlik, bola huqulari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники