К содержанию
РецензированоRU2026

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INTERFAOL DARSLAR OLIB BORISH MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISH TURLARI

Nisanbayeva Akmaral · Аbduхаchimova Gulmira

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной компетентности учителей начальных классов. Maktablarimiz darsliklarning yangi avlodi, modernizatsiya qilingan dasturlar, tajriba – sinovlardan o‘tgan, takomillashtirilgan standartlar bilan taʼminlandi. Maktablarning moddiy bazasi mustahkamlanmoqda. Yangi maktablarni qurish, rekonstruktsiya qilish, joriy va kapital taʼmirlash, zamonaviy asbob– uskunalar, texnika vositalari bilan taʼminlash, kompyuterlashtirish, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish ishlari dasturlar, rejalar asosida olib borilmoqda. Maktablarning moddiy bazasi qancha rivojlanmasin, darslik, dastur, standartlar takomillashtirilmasin, o‘quvchiga puxta va chuqur bilim berish, uni erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatish bugungi bitiruvchi o‘qituvchining kasbiy mahorati, bilimdonligi, zamonaviy darslarni, ilgʼor texnologiyalarni qay darajada o‘zlashtirganligi, interfaol darslarni tashkil eta olish ko‘nikma, malakalariga bogʼlanib qolaveradi. Umuman bugungi pedagogik oliy taʼlim bitiruvchisi yangicha sharoitda, yangicha usullarni qo‘llab darsni tashkil eta oladimi? Taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlovchi omillardan bo‘lgan innovatsion texnologiya, yangi pedagogik texnologiya, jumladan interfaol taʼlimni o‘quv jarayoniga joriy etish shu kunning zaruriyatiga aylanmoqda. Bu esa o‘z navbatida, taʼlim jarayonini insonparvarlashtirish, liberilizatsiya qilish (erkinlashtirish), demokratlashtirish, bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmogʼi lozim. O‘quv jarayoni o‘quvchiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. 19 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shaxsga qaratilgan taʼlim o‘quvchining o‘quv–biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, xohish, talab – istaklarni ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yaʼni taʼlim jarayoniga individual yondashuv deganda nimani tushunish kerak? O‘quvchi shaxsiga qaratilgan taʼlim: Taʼlim jarayonida: - O‘quvchi faolligini oshirish; - O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish; - O‘quvchining ijodiy fikrlashini tashkil etish; - O‘quvchining mustaqilligi,erkinligini taʼmin etish; - O‘quvchilarning qiziqishlari asosida ish yuritish (motivatsiya); - O‘quvchining imkoniyatlarini ishga solish; - O‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha taʼlim olishga yo‘llash (sinfdan) maktabdan tashqari taʼlim olishga yo‘llash; O‘z–o‘zini rivojlantirish, tarbiyalantirish. Yuqoridagi keltirilgan individual xususiyatlarini rivojlantirish asosida o‘quvchini mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iboratdir. Bizga maʼlumki, pedagogika universitetlarining bitiruvchilari boshlangʼich taʼlimda o‘qitiladigan o‘quv predmetlarini deyarli to‘la o‘zlashtiradilar, ammo zamonaviy usulda darslarni rejalashtirish, tayyorlash va o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Qanday qilib ular talabalik yillaridayoq zamonaviy dars usullarini o‘zlashtirib olishlari mumkin? degan savolga duch kelamiz. Sir emas o‘quv jarayonini isloh etish darsni isloh qilishdan boshlanadi. Dasrni isloh etishni nimadan boshlash kerak? - darsga masʼuliyatli munosabatda bo‘lish; - darsga yangicha yondashuvni yo‘lga qo‘yish; - darsda o‘quvchiga individual yondashuv; - darsni o‘quvchining faolligi, hamkor va hamijodkorligi asosida tashkil etish; - interfaol, innavatsion, ilgʼor texnologiyalarni qo‘llashdan boshlash kerak. Bizning kuzatuvlarimiz, xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribalarini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lgʼusi o‘qituvchilarni interfaol darslarni olib borishga tayyorlashni quyidagi 3 yo‘nalishda olib borganda ijobiy natijalar berishi mumkin. I yo‘nalish. Talabalarni 1-kursdan boshlab, institutni bitirgunga qadar psixologiya, pedagogika, metodika, informatika, pedagogik amaliyot jarayonida taʼlim modeli, interfaol taʼlimni mazmun – mohiyatini va uni amaliyotga kiritish mexanizmi o‘rganish – o‘rgatish. II yo‘nalish. Har bir guruhlarda 5-6 talabadan iborat interfaol taʼlimni o‘rganib, o‘zlashtirib boruvchi kichik ijodiy guruhlar shakllantirish. Ularni interfaol taʼlim metodlarining har bir usulini o‘rgangandan keyin seminar-treninglar, davra 20 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference suhbatlari, munozaralarini maxsus jadval asoisda o‘tkazib borish. Talabalarni doimiy harakatdagi bir-biriga o‘rgatish, o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish. III yo‘nalish. Talabalarni shaxsiy dasturlari asosida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borishni yo‘lga qo‘yish. O‘quv yili davomida ilmiy – metodik adabiyotlar va kundalik davriy matbuot materiallari, ilgʼor pedogogik tajribalar, internet materiallarini izlash, to‘plash, ularning bankini yaratish va ulardan foydalanish. Аnʼa

Доказательный фрагмент

«Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной ком…»

Образец извлечения

Демо-превью

Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной ком… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interfaol taʼlimni, lga yish, maktablarning moddiy, moddiy bazasi, fikrlashga rgatish, ilgʼor texnologiyalarni, interfaol darslarni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники