Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING MATN USTIDA ISHLASH VA MATN YARARISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Nisanbayeva Akmaral · Batirbayeva Maftuna · Nizomiy nomidagi TDPU.talabasi
Международная конференция академических наук · 51-52 · 2026
Аннотация
В данной статье речь идет о формировании навыков работы над текстом и создания текста на родном языке в обучении учащихся начальных классов на основе передовых технологий. Ключевые слова: вид, родной язык, читатель, языковые единицы, письменная речь, текст, рассказ, стихотворение, пословица, загадка, словосочетание, предложение. Аnnotation This article deals with the formation of the skills of working on the text and creating a text in the native language in teaching primary school students based on advanced technologies. Key words: species, native language, reader, language units, written speech, text, story, poem, proverb, riddle, phrase, sentence. Zamon talabi bilan bog‘liq holda distasion ta’lim, ya’ni masofaviy ta’lim muammosi metodik aspektda o‘rganilyotgan hozirgi kunda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining samaradorli o‘quv resurslarining yaratilishi va ularni amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq. Buning uchun ona tili va o‘qish savodxonligi predmetidan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘qitish metodlari va metodikasini ishlab chiqish zaruriyati kun tartibidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sanaladi. O‘quv resurslarini yaratishda fanni o‘rgatishning o‘ziga xos tamoyillarini hamda o‘quvchining fizioligiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq jihatlarini hisobga olish muhimdir. Umumiy o‘rta ta’limda ona tiliga xos har qanday til birliklarining lug‘aviy ma’nolari va grammatik xususiyatlarining ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish 10 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК hamda o‘quvchida tilga sezgirlikni tarbiyalash uchun gap yoki matn asos qilib olinishi lozim. Chunki o‘quvchi til birliklarining fikr ifodasidagi vazifasini nutq va matn tarkibida anglaydi. So‘z, ibora va birikmalarning ma’nolarini matn mazmunidan kelib chiqib izohlaydi. Boshlang‘ich ta’limda tilni qisman nazariy o‘rgatish o‘quvchilarda uning unsurlaridan amaliy to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda matn tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Matn tahlili matn qurilishini, matnda ilgari surilgan g‘oyani anglashga, ifodalangan voqealarga munosabat uyg‘otishda, o‘zbek tilining leksik boyligi bo‘lmish so‘z, iboralarni o‘zlashtirishida muhim ta’limiy ahamiyatga ega. O‘quvchilarga matn asosida til birliklarining inson faoliyatidagi ijtimoiy ahamiyatini anglatish va uni o‘rganishga motivatsiya uyg‘otish tilni o‘rganishga ongli munosabatni ta’minlaydi. Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich bosqichidan boshlab ona tili va o‘qish savodxonligi predmetining vazifasi har qanday nutqiy vaziyatda til unsurlaridan maqsadga muvofiq foydalana bilish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Nutq og‘zaki va yozma tarzda voqe bo‘ladi. Yozma nutq matn tarzida namoyon bo‘ladi. Matn - o‘zgalarning muallif ishtirokisiz o‘qib tushunishga mo‘ljallangan nutq birligi. Yozma nutq o‘ylangan, bir necha marta qayta sayqal berilgan nutqdir. O‘quvchilarning matn yaratishiga qo‘yiladigan ta’limiy talablarni, mas’uliyatni his qilishlariga doir mashqlarni tashkil qilish metodikasini ishlab ishlab chiqish va ulardan sinf sharoitida va masofaviy ta’limda qo‘llash usullarini o‘qituvchilarga tavsiya qilish metodikaning dolzarb muammolaridir. Mazkur masalaga kengroq miqyosda yondashadigan bo‘lsak, nafaqat til bilimi, balki ta’limning barcha sohalarini o‘zlashtirish ham matn orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi”da “… yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lishi, zaruriy ko‘nikma va imkoniyatlarga ega bo‘lishlari” alohida qayd etilgan. Mazkur dasturda matnning leksik ta’minoti ustida ishlashga qaratilgan mavzular kiritilgan. Shunga ko‘ra ona tili predmeti o‘quvchida matnning xususiyati va uning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi ilk tushunchani boshlang‘ich sinfdan boshlab shakllantirishni nazarda tutadi. Buning uchun turli mazmundagi gaplar bilan bir mazmun va g‘oya atrofida birlashgan gaplarni taqqoslash va ularning farqini ochish ustida ishlashga doir o‘quv materiali tanlanadi. Tanlangan o‘quv materiali 11 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК yuzasidan o‘quvchilarning mustaqil izlanishlarini talab etadigan topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. Matn ustida ishlashda uni qismlarga ajratish, ushbu qismlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, bogʻliqlikni ta’minlash uchun qaysi birliklardan foydalanilganini koʻrsatish, ularga sarlavha tanlash, matn mazmuniga mos keluvchi reja tuzish bilan bog‘liq topshiriqlar bilan ishlanadi. Masalan: 1-topshiriq. Chiziqning ikki tomonida berilgan ma’lumotni o‘qing. Ular qaysi jihati bilan farq qiladi? (1-ustunda ham gaplar berilgan. Unda 4ta gap bor. 2- ustunda ham shuncha gap bor. ) 1. Alisher Navoiy bolalik paytlaridayoq Alisher Navoiy bolalik paytlaridayoq juda ziyrak, aqlli, odobli bol
Доказательный фрагмент
«В данной статье речь идет о формировании навыков работы над текстом и создания текста на родном языке в обучении учащихся начальных классов на основе передовых технологий.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье речь идет о формировании навыков работы над текстом и создания текста на родном языке в обучении учащихся начальных классов на основе передовых технологий. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- species, native language, reader, language units, written speech, text, til birliklari, gap., o‘quvchi, matn, maqol, so‘z birikmasi, she’r, topishmoq, aspekt, hikoya, ona tili, yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025