Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQLARDA NUTQ MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI
Jo‘rayeva Nodira Jumanazarovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the role and importance of speech culture used in social networks, as well as ways to increase the effectiveness of the speech of bloggers and journalists. The article discusses situations that negatively affect the effectiveness of speech, the communicative qualities of journalists' speech, and ways to improve speech. At the end of the article, substantiated comments, conclusions, and suggestions are given. Keywords: cultural speech, speech culture, journalist, blogger, linguistic and non- linguistic criteria. МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ КУЛЬТУРЫ РЕЧИ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ Аннотация. В статье рассматриваются роль и значение речевой культуры, используемой в социальных сетях, а также пути повышения эффективности речи блогеров и журналистов. В статье рассматриваются ситуации, негативно влияющие на эффективность речи, коммуникативные качества речи журналистов, а также пути улучшения речи. Статья завершается содержательными комментариями, выводами и предложениями. Ключевые слова: культурная речь, культура речи, журналист, блогер, лингвистические и нелингвистические критерии. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Facebook, Instagram, Twitter, TikTok kabi platformalarda o‘z fikrimizni ifodalash, yangiliklarni baham ko‘rish va do‘stlarimiz bilan muloqot qilish oddiy holga keldi. Ammo, bu tarmoqlarda faollik ortishi bilan ona tilimizning buzilishi kabi muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda ona tilining holati va uni asrab-avaylash zarurati haqida so‘z yuritiladi. 240 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 Ijtimoiy tarmoqlarda yozish uslubi ko‘pincha qisqa va sodda bo‘lishi talab etiladi. Bu esa tilimizning qoidalari va to‘g‘ri yozuviga zid bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘zlarni qisqartirish, imlo va punktuatsiya qoidalariga e’tibor bermaslik, “emodji”lar va boshqa simvollarni haddan tashqari ko‘p ishlatish tilni buzishga olib keladi. Yana bir muammo – xorijiy so‘zlarning ko‘p qo‘llanilishi. Ingliz tilidan olingan so‘zlar va iboralar ona tilimizga kirib bormoqda, bu esa so‘z boyligimizning kamayishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy so‘zlarning, ayniqsa ingliz tilidan olingan so‘zlarning keng tarqalishi ona tilimizni zaiflashtiradi. Misol uchun, "like", "share", "comment", "post" kabi so‘zlar so‘zlashuvda muntazam ishlatiladi. Ularning o‘rniga ona tilimizdagi to‘g‘ri va aniq atamalarni ishlatish zarur. Bunday o‘zgarishlar nafaqat tilni buzadi, balki til madaniyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ona tilimizning buzilishi muammosiga qarshi kurashish uchun bir nechta choralar ko‘rish zarur. Birinchi navbatda, tilni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kerak. O‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, yoshlar o‘rtasida tilga bo‘lgan hurmatni oshirish, va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri yozuv va imlo qoidalariga amal qilishni targ‘ib qilish lozim. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda ona tilini asrab-avaylash bo‘yicha maxsus kampaniyalar o‘tkazish, yaratgan kontentda milliy tilni rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak. O‘zbek tilining zamonaviy va to‘g‘ri ishlatilishi nafaqat tilni saqlab qolish, balki uning boyligini yanada oshirishga yordam beradi. Quyida madaniy nutqning bir nechta komponentlarini ko’rib o’tamiz. Nutqning maqsadga muvofiqligi madaniy nutqdan talab qilinuvchi asosiy mezonlar bilan belgilanadi. Madaniy nutqning lingvistik va nolingvistik mezonlariga quyidagilar kiradi: nutqning to’g’riligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi va tozaligi (sofligi), nutqning ta’sirchanligi (ifodaliligi), nutqning o’rinliligi. Madaniy nutq yuzaga kelishi uchun bu o’lchovlardan o’z me’yorida foydalanish zarur. Nutqning sofligi ham madaniy nutqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutqning sofligi ba’zi ilmiy adabiyotlarda nutqning tozaligi tarzida tilga olinadi. Nutqning sofligi, tozaligi deganda adabiy til me’yorlariga mos holda fikr ifodalash tushuniladi. Bu masala uzoq davrlardan beri notiqlar, olimlar, yirik so’z san’atkorlarini qiziqtirib kelmoqda. Nutq shaxsga xos hodisa bo’lganligi sababli, unda ijtimoiy axloq me’yorlarini buzuvchi til birliklari ham ishlatilishi mumkin. Madaniy nutqning sofligi, tozaligiga quyidagi unsurlar halaqit beradi: 1. Fonetik-orfoepik jihatdan so’z va qo’shimchalarning noto’g’ri talaffuz etilishi, urg’uni o’rinsiz qo’llash. 241 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 2. Leksik-grammatik tomondan shevaga xos so’z va shakllarning, ibora va so’z birikmalarining ishlatilishi. 3. O’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari (varvarizmlar). 4. Jargonlar. 5. Vulgarizmlar. 6. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan bekorchi-parazit so’zlar. 7. Kanselyarizmlar. O’qituvchining nutqi yuqorida sanab o’tilgan unsurlardan holi bo’lgandagina madaniy nutq hisoblanadi. Nutqning tozaligi, tilning sofligini buzuvchi nome’yoriy unsurlardan biri-fonetik-orfoepik jihatdan so’z va qo’shimchalarni noto’g’ri talaffuz etishdir. B
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role and importance of speech culture used in social networks, as well as ways to increase the effectiveness of the speech of bloggers and journalists.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role and importance of speech culture used in social networks, as well as ways to increase the effectiveness of the speech of bloggers and journalists. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cultural speech, speech culture, journalist, blogger, linguistic and non-, madaniy nutq, jurnalist, bloger, lingvistik va nolingvistik mezonlar., nutq ma’daniyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014