К содержанию
РецензированоEN2026

RIVOYAT JANRINING O'ZIGA XOS MA'NO JIHATLARI

Xushboqova Pardaxol Qahramon qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article provides information on the specific semantic aspects of the narrative genre. Narratives about Navoi and Karaburgaxon. Narrative of the origin of Andijan. Narratives are illuminated with life thoughts. Keywords: Genre and semantic aspects of the narrative, Navoi, King Qarabugrakhan, Andijan. Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi xalq og'zaki ijodining janrlaridan biri rivoyat bo’lib,ular g'oyaviy-tematik jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlarda tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog'liq bo'lgan voqealar, kishilar turmushi, geografik joylar – sahro, ko'l, cho'l, dengiz, shahar, qishloq, qal'a, saroy va boshqalarning barpo bo'lishi hamda vayron qilinishi haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini o'taydi. Rivoyatlarda lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg'or g'oyalar zulm va zo'rlik, haqsizlik va adolatsizlik singari illatlarga qarshi qo'yiladi. Rivoyatlar tematikasiga ko'ra tarixiy va toponimik rivoyatlarga bo'linadi. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramonlari bilan bog'liq bo'lgan voqelarni aks ettirib, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etadi. 213 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 To'maris, Shiroq, Alisher Navoiy, Ulug'bek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur singari tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir. Rivoyatlar ikki, uch epizoddan tashkil topgan ixcham sujetga ega bo'lib, qat'iy kompozitsiyaga ega emas. Shuning uchun sujet voqealari, ko'pincha, go'yo tugallanmagandek, davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olingan bir lavha singari tuyuladi. Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi bo'lganlarning, ko'rgan- bilganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o'ziga xos xususiyatini ta'minlaydi. Ba'zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealardan asar ham qolmay, faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi mumkin. ba'zan esa tarixiy shaxs sayyor sujetlar qolipida hikoya qilinadi. Shunga qarmay, tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, sujetda hayotiy uydirmaning mavjudligiga qarab bunday asarlarni tarixiy rivoyat deymiz. Navoiy bilan bog'liq tarixiy rivoyatlar buning yaqqol misoli bo'la oladi. Navoiy bilan bog'liq bir rivoyatda Husayn Mirzo shipga qarab yoptib, vazirlariga «olib keling» debdi. Shu kuni Alisher Navoiy saroyda yo'q ekan. Vazirlar nimani olib kelishni bilmabdilar. Oxiri ular Alisherni topib, bo'lgan gapni aytib beribdilar. Alisher ularga shoh oldiga arra, tesha bilan usta olib kiringlar debdi. Shunda Husayn ustaga qarab: «mana butoqini tuzat» debdi. Ko'ramizki, bu afsona xalq orasida qadimdan mashhur bo'lgan bir ertakning sujeti asosida yaratilgan. «Erksizfolchi», «Ayoz» nomli ertaklar ham xuddi shu xildagi sujetga asoslangan. Mazkur sujet Alisher Navoiyning donishmandligini, uning tadbirkorligini izohlash uchun xizmat qildirilgan. Demak, qahramonlar tarixiy shaxs, ularning munosabati faktik hodisalarga mos, biroq asar voqealari esa to'qima xaraterdadir. Ma'lum bo'ladiki, ertak yoki latifaga mos bo'lgan an'anaviy sujet yoki motivlar tarixiy faktlarga monelik qilmaydi, aksincha, ularni to'ldirib, bo'rttirib, muhim bo'lgan belgilarni yorqin chizish uchun xizmat qiladi. «Oltinuzuk», «Ibn Sino bilan kasal yigit», «Mir Alisher bilan Sulton Husayn», «Navoiy bilan cho'pon yigit» va boshqa rivoyatlarda xalq idealini ifodalovchI tarixiy shaxslarning obrazlari aks etgan bo'lib, ularni rivoyat janri doirasida aks ettirishda ijodkorlar ertak, latifa kabi janrlardagi tayyor sujetlardan foydalanganlar. Demak, real hayotda mavjud bo'lgan xarakterlar, belgi, xususiyatlar ana shu obraz atrofida jamlanib umumlashtirilgan. Yaratilgan bu obrazlar esa xalq diliga jo bo'lgan adolatli rahnamoni istash, adolatsiz zolimlarni inkor etish kabi g'oyalarni ifodalashga xizmat qiladi. Tarixiy shaxs va tarixiy voqealar bilan bog'liq rivoyatlar yozib olingan davri e'tibori bilan ikki tipda namoyon bo'ladi. Ular bir-biri shakl va mazmun hamda tarixiy faktni talqin qilish xususiyati bilan farqlanadi. Birinchi tip rivoyatlarga xalq orasida paydo bo'lgan davrda yozyozib olingan rivoyatlar kiradi. Bunday rivoyatlarda tasvirlangan voqea va hodisalar o'sha davr shart- sharoiti, ruhiga mos keladi. Bu jihatdan tarixiy jangler haqida yoki uning ta'sirida yaratilgan «To'maris», «Shiroq», «ZariadrvaOdatida», «Guldursun» kabi rivoyatlar ahamiyatlidir. 214 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 Bu rivoyatlar keltirilgan faktlarning aniq va to'liqligi bilan ajralib turadi. Xondamirning «Makorimulaxloq»,Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye» asarlarida keltirilgan rivoyatlar ana shu tipdagi rivoyatlar turkumini tashkil qiladi.Ikkinchi tipdagi rivoyatlarga esa, yaratilgandan keyin uzoq zamonlar o'tgach, yopzi bolingan rivoyatlar kiradi. Bu rivoyatlarda tarixiylik, faktik hodisalar xiralashgan. Ular hayotiy udirmalar bilan qorishib ketgan. Natijada ertak, latifalarga xos tarixiy

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the specific semantic aspects of the narrative genre.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the specific semantic aspects of the narrative genre. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Genre and semantic aspects of the narrative, Navoi, King Qarabugrakhan, Qorabug’roxon podshoh, Rivoyat janri va ma’no jihatlari, Navoiy, Andijon.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники