К содержанию
РецензированоEN2026

FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI ingliz tilidagi iboralar misolida

FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI · Yuldosheva Durdona

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

The main purpose of this article is to provide information about the uniqueness and main features of phraseologisms, mainly English expressions, combinations, verb combinations, proverbs, and to analyze several English phraseological units. Also, units correctly and incorrectly translated from English into Uzbek are considered on the basis of excerpts from works and appropriate translations that fit into the discourse are given. Key concepts: phraseologisms, meaning, expression, phraseological units, proverb. ОСНОВНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ на примере английских фраз Аннотация. Основной целью данной статьи является предоставление информации об уникальности и основных признаках фразеологизмов, в основном английских выражений, сочетаний, глагольных комбинаций, пословиц, а также анализ нескольких английских фразеологических единиц. Кроме того, были рассмотрены правильно и неправильно переведенные единицы с английского языка на узбекский язык на основе отрывков из произведений, и были предоставлены соответствующие переводы, соответствующие дискурсу. Ключевые понятия: фразеология, значение, выражение, фразеологические единицы, пословица. 94 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 Frazeologizmlar har bir tilda, ayniqsa, badiiy adabiyotda juda muhim rol o`ynaydi. Ular tilning o`ziga xosligini ko`rsatib beruvchi muhim til birliklari hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda ushbu soha ustida ko`plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Frazeologiya mustaqil fan sohasi sifatida 20-asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. Ushbu sohani ilmiy asosda rivojlantirishga bir qator tilshunos olimlar hissa qo‘shgan. Masalan, Sharl Bally frazeologik birliklarni o‘rganishni birinchi bo‘lib ilmiy tilshunoslik sohasiga kiritgan olimlardan biridir. U tilning ekspressiv xususiyatlariga katta e’tibor qaratgan va frazeologiyani tilning obrazli va emotsional ifoda vositasi sifatida o‘rgangan. Vinogradov frazeologiyani mustaqil fan sohasi sifatida shakllantirishda yetakchi olim hisoblanadi. U frazeologik birliklarni tahlil qilishda ilmiy yondashuvni ishlab chiqdi va frazeologizmlarni semantik tuzilishiga ko‘ra tasnif qildi. Shmelev frazeologiyaning strukturaviy va semantik xususiyatlarini o‘rganib, frazeologizmlarning leksik birliklardan farqini aniqlagan. U, shuningdek, frazeologizmlarning kontekstdagi vazifalarini tahlil qilgan. Amosova kontekstual frazeologiyani rivojlantirgan. U frazeologizmlarni kontekst doirasida o‘rganib, ularning kommunikativ ahamiyatini tahlil qilgan. Cowie frazeologiyaning nazariy asoslarini rivojlantirgan va ingliz tilidagi frazeologik birliklarni o‘rganishga katta e’tibor qaratgan. U frazeologiya va leksikografiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan. O‘zbekistonda frazeologiya fani 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy ravishda rivojlana boshladi. Bu jarayon o‘zbek tilshunosligining umumiy rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, frazeologik birliklarni o‘rganish asosan o‘zbek xalqining boy og‘zaki va yozma adabiyoti orqali shakllandi. Ushbu soha yurtimizda rivojlanishi uchun bir qator olimlar hissa qo`shgan. Misol uchun, T. Mirzayev – O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning tasnifiga katta e'tibor qaratgan. Sh. Rahmatullayev – Frazeologiyaning nazariy asoslarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va uning o‘zbek tili grammatikasi bilan bog‘liqligini o‘rgangan. A. Madvaliyev – Frazeologik birliklarning semantik va stilistik xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan. N. Mahmudov – Frazeologik birliklarning til va madaniyatdagi o‘rni haqida tadqiqot olib borgan. Mustaqillik davri(1990-yillardan boshlab)da o‘zbek tili frazeologiyasini milliy o‘zlik va madaniyatni aks ettiruvchi muhim soha sifatida o‘rganish kuchaydi. Frazeologik birliklarning tarjimasi va boshqa tillar bilan qiyosiy tadqiqotlariga katta e'tibor qaratila boshlandi. Frazeologiya rivojining sabablari: O‘zbek xalqining boy folklor merosi. Adabiyot va badiiy asarlarda ishlatiladigan frazeologizmlar. Tilning milliy va madaniy o‘ziga xosligini o‘rganishga qiziqish. Ayniqsa, adabiy tilni rivojlantirishda va badiiy asarlarni tahlil qilishda frazeologiyaning o‘rni beqiyosdir. 95 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 Har bir tildagi frazelogik birliklarning o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, ingliz tili ham bundan mustasno emas. Ingliz tili juda ham frazeologizmlarga boy til hisoblanadi. Ingliz tilidagi frazeologizmlarning o`ziga xosligi va asosiy xususiyatlari quidagi jihatlarda ko`rinadi: 1. Semantik yaxlitlik Frazeologizmlar tarkibidagi so`zlarning ma`nolari alohida-alohida emas, balki bir butun holda tushuniladi. Ularning lug`aviy ma`nosi yashirin yoki ko`chma bo`ladi. Kick the bucket – so`zma- so`z chelakni tepmoq degan ma`no bersa, frazeologik ma`nosi vafot etmoq hisoblanadi. 2. Barqarorlik Frazeologizmlar tuzulishi o`zgaruvchan emas, ular doim bitta shaklda qo`llaniladi. Bite the dust - muvaffaqiyatsizlikka uchrash, ushbu brikmada tarkibiy so`zlarni o`zgartirish mumkin emas. 3. Tasviriylik va emotsionallik Frazeo

Доказательный фрагмент

«The main purpose of this article is to provide information about the uniqueness and main features of phraseologisms, mainly English expressions, combinations, verb combinations, proverbs, and to analyze several Englis…»

Образец извлечения

Демо-превью

The main purpose of this article is to provide information about the uniqueness and main features of phraseologisms, mainly English expressions, combinations, verb combinations, proverbs, and to analyze several Englis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologizmlar, ibora, ma`no, frazeologik birliklar, matal.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники