Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARJIMA SAN’ATI: USULLARI, MUAMMOLARI VA MADANIY AHAMIYATI
Israilova Dilorom Shomaxamatovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article is dedicated to the theory and practice of translation, exploring the importance of translation, its history, translation methods, and the challenges that arise during 75 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 the translation process. The article provides a detailed analysis of translation types, including word-for-word translation, adapted translation, and free translation. The advantages and disadvantages of each method are illustrated with examples. Special attention is given to the translator’s skill, their knowledge of language, culture, and context, and the impact on the quality of translation. The article examines the specific features of literary translation, the translator’s responsibility and creative approach. The reasons for deleting or modifying certain parts of the translated text are explained. Keywords: translation, translation methods, word-for-word translation, adapted translation, free translation, literary translation, culture, intercultural communication. Kirish: Tarjima san’ati insoniyatning madaniy va ijtimoiy turmushida g’oyat muhim ahamiyatga ega. U odamlarning dunyoqarashini kengaytirishga, madaniy merosni asrash va rivojlantirishga, tillar orasidagi aloqani ta’minlashga, turli millatlar o’rtasida madaniy almashinuvni rag’batlantirishga katta hissa qo’shadi. Tarjima san’ati o’zining boy tarixiga ega bo’lib, qadim zamonlardan boshlangan. Ilk davrlarda og’zaki tarjimalar ustunlik qilgan, bunda ma’lumotlar oddiy kishilar tomonidan bir tildan boshqa tilga o’tkazilgan. Keyinchalik, bosma va yozma adabiyotlarning tarqalishi bilan professional tarjima shakllandi. 20-asrda, tarjima san’ati professionallashdi va ko’plab ijtimoiy va madaniy sohalarga ta’sir ko’rsatdi. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, internet va kompyuter dasturlari, tarjima jarayonini osonlashtirib, ko’p madaniyatli aloqalarni mustahkamladi. Badiiy tarjimalardan tortib, texnik hujjatlar, film subtitrlarigacha, tarjima nazariyasi tamoyillari turli tillar va madaniyatlar o’rtasida samarali muloqotga yordam beradi. Asosiy qism: “Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o’zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bugungi kunda tarjimaning ahamiyati haqida gapirish quyoshning ahamiyatini tushuntirishday gap bo’lib qoldi. Ya’ni quyoshsiz yer yuzida hayot bo’lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o’zaro aloqasi, o’zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo’lmaydi.” [1. 99-b]. “Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo’lmaslik, g’ofillik, milliy mahdudlikka olib keladi”. [2. 18-b] Shuning uchun ham tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog’lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va boyituvchi vosita, o’zaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi ko’prik deb qaraladi. “Tarjima tushunchasi keng qamrovlidir. Masalan, yozma tarjima nasr, nazm, ilmiy va ilmiy ommabop asarlar, xujjatlar, ro’znomalar va jurnallardagi ma’lumotlar, rasmiy va biznes xatlar va boshqa yozilgan matnlar tarjimasini ichiga oladi.”[3.199-b] Tegishli tarjima usulini tanlash ko’p jihatdan matn turiga, kontekstga va tarjima maqsadiga bog’liq. Quyida keltirilgan uchta asosiy usulni ko’rib taqqoslaymiz: 76 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 1. So’zma-so’z tarjima: Ushbu usul manba matniga imkon qadar yaqin amal qiladi, madaniy farqlar yoki kontekstga kam e’tibor beriladi, unda tarjimon manba matnidagi har bir so’zni yoki iborani maqsadli tildagi mos keladigan so’z yoki ibora bilan almashtirishga harakat qiladi. Ushbu usul manba matnining shakli va tuzilishini saqlab qolishga intiladi, lekin ko’pincha madaniy farqlar va kontekstni e’tiborsiz qoldiradi. So’zma-so’z tarjima usulining afzalliklari: Manba matniga sodiqlik: So’zma-so’z tarjima manba matnining ma’nosini buzmaslikka va uning asl shaklini saqlab qolishga yordam beradi. Til o’rganish uchun foydali: So’zma-so’z tarjima yangi tilni o’rganayotganlar uchun so’zlarning ma’nolarini va ularning ishlatilishini tushunishga yordam beradi. So’zma-so’z tarjima usulining kamchiliklari: Noaniqlik va tushunmovchilik: So’zma-so’z tarjima ko’pincha noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin, chunki u tilning grammatik tuzilishi va madaniy xususiyatlarini hisobga olmaydi. Ma’noning yo’qolishi: So’zma-so’z tarjima natijasida matnning asl ma’nosi va ruhiyati yo’qolishi mumkin. Madaniy kontekstning e’tiborsizligi: So’zma-so’z tarjima madaniy farqlarni va kontekstni e’tiborga olmaydi, bu esa noto’g’ri tarjimaga olib kelishi mumkin. So’zma-so’z tarjimaga misol: “Ich verstehe nur Bahnhof” iborasi so’zma-s’z “Men faqat vokzalni tushunaman” deb tarjima qilinadi. Aslida esa bu ibora “Men hech narsa tushunmayapman:”degan ma’noni bildiradi. “Den Kopf in den Sand stecken” iborasi so’zma-so’z “Boshni qumga tiqish” deb tarjima qilinadi. Aslida esa bu ibora “Muammoni e’tiborsiz qoldirish” degan ma’noni bildiradi. So’zma-so’z tarjima ba’zi hollarda foydali bo’lishi mumkin, lekin u ko’pincha noaniq va
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to the theory and practice of translation, exploring the importance of translation, its history, translation methods, and the challenges that arise during 75 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 303…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to the theory and practice of translation, exploring the importance of translation, its history, translation methods, and the challenges that arise during 75 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 303… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- translation, translation methods, word-for-word translation, adapted, so’zma-so’z tarjima, erkin tarjima, tarjima usullari, badiiy tarjima, madaniyat, xalqlararo muloqot., tarjima, moslashtirilgan tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025