К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH ZARURIYATI HAMDA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI.

Kaxarova Zuxra Apsalamovna · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1 · 2026

Аннотация

Tezisda O'zbekistonda Islom moliyasini joriy etish zaruriyati, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro moliya bozorlarida mustahkam raqobatbardoshlikni oshirish va jamiyatda adolatli iqtisodiy aloqalarni o'rnatish kabi masalalar ochib berilgan. Islom moliyasining rivojlantirilishi, yurtimizdagi moliyaviy tizimning yanada zamonaviylashishiga, shuningdek, xalqaro sarmoyalarni jalb qilishga yordam berishi mumkin. Kalit so’zlar: Islom moliyasi, xalqaro moliya, moliyaviy xizmatlar, riskni taqsimlash, diversifikatsiya, xalqaro sarmoya, moliyaviy tizim. Islom moliya tarmog’i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmini o’zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun, musulomon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag’larini O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo’llab- quvvatlash maqsadida jalb etishi maqsadga muvofiq. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solish, ya’ni an’anaviy moliyalshtirish mexanizmlari joriy etish masalasi tadbiq etilishi kerak.An’anaviy moliya muassasalaridan farqli o’laroq Islom moliyasi real mulk va moddiy jihozlardan iborat nolikvid aktivlarga asoslanadi. Islom banklari aktivlari1 1-Jadval Bank nomi Joylashgan Fitch Moody’s S&P Umumiy Hisobot Davlati Rating Rating Rating aktivlari sanasi (mln AQSh dollari) Abu Dhabi Islamic Bank BAA A+ A2 NR 52,502 12/31/23 Qatar Islamic Bank Qatar A A1 NR 51,952 12/31/23 Boubyan Bank Quvayt A A2 A 27,356 12/31/23 . 141 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Al Rajhi Bank Saudiya A- A1 A- 215,493 12/31/23 Arabistoni Kuwait Finance House Quvayt A A2 NR 123,710 12/31/23 Dukhan Bank Qatar A A2 NR 31,425 12/31/23 Qatar International Qatar A A2 NR 16,930 12/31/23 Islamic Bank Dubai Islamic Bank BAA A A3 NR 85,580 12/31/23 Bank AlJazira Saudiya A- Baa1 NR 34,547 12/31/23 Arabistoni Warba Bank Quvayt A Baa2 NR 15,738 12/31/23 1-jadval ma’lumotiga ko’ra 2023-yil Islom banklari aktivlari o’sib bormoqda hamda reytinglari ham yuqori natijalarni ko’rsatmoqda. Saudiya Arabistoni banki aktivlar bo’yicha yetakchilardan bo’lib kelmoqda. Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish uchun dualistik andoza aynan mos keladi. Ushbu andozada an'anaviy va islom moliyasi muassasalari faoliyati uchun munosib huquqiy asos va raqobat muhiti yaratiladi, mijozlarda ikki tizim o‘rtasida tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi, ularning islom talabi bo‘yicha ehtiyoji qondiriladi, yangi moliyaviy mahsulotlar yaratiladi, mamlakatning jahon hamjamiyati oldidagi nufuzi ortadi va chet ellik investorlar uchun yangi bozorni shakllanishiga turtki beradi.Ushbu andoza joriy qilinsa, mamlakatda islom moliyasi infratuzilmasining tashkil etilishi uning samaradorligi asosiy sharti bo‘ladi. Dualistik andoza an'anaviy va monistik andoza bilan solishtirib ko‘rilganda, samarali hisoblanishi bugungi kunda buni joriy etgan mamlakatlar tajribasidan ma'lum bo‘lgan. Uning amalga kiritilishi islom moliyasi va unga raqobatchi moliya muassasalarining faoliyatiga teng.O‘zbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004 yildan boshlangan va bu O‘zbekistonning 2003 yil sentyabrda Islom taraqqiyot bankining a’zoligiga qo‘shilishi bilan bog‘liq. 2004 yilda Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun «ijara» va «murobaha» shartnomalaridan foydalanilgan. Biroq ITB O‘zbekistonda o‘z faoliyatini mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlagan va bu a’zo bo‘lmagan davlatlarning musulmon jamoalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi orqali grant loyihalarni amalga oshirishda namoyon bo‘lgan.O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishga doir alohida qonunchilik mavjud emas. Islom taraqqiyot banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi tomonidan mamlakatimizda moliyalashtirilayotgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 371-sonli qarori va 2004 yil 21 142 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ularga ko‘ra O‘zbekiston hukumati Islom Taraqqiyot banki (ITB) va Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha islom korporatsiyasi (XSRIK)ni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv moddalarini qabul qilgan.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo’ldi. Kengash faoliyati islomiy moliya institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejmenti tizimini joriy qilish, shuningdek,mazkur sohada kadrlar salohiyatini osh

Доказательный фрагмент

«Tezisda O'zbekistonda Islom moliyasini joriy etish zaruriyati, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro moliya bozorlarida mustahkam raqobatbardoshlikni oshirish va jamiyatda adolatli iqtisodiy aloqalarni o'rnat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda O'zbekistonda Islom moliyasini joriy etish zaruriyati, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro moliya bozorlarida mustahkam raqobatbardoshlikni oshirish va jamiyatda adolatli iqtisodiy aloqalarni o'rnat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, moliyaviy tizim., xalqaro sarmoya, xalqaro moliya, Islom moliyasi, moliyaviy xizmatlar, riskni taqsimlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники