Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AKAMEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.
RIVOJLANTIRISH OMILLARI. · Tokaeva Xoshruy Balkanovna · Berdibaeva Dilbar Maksetovna · Kudaybergenova Bibisanem Kallibekovna
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur ishda Akademik litsey o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Kreativ fikrlash, o‘quvchilarni muammolarni yangi va innovatsion usullar bilan hal qilishga tayyorlaydi, shu bilan birga ularning o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqotda, kreativ fikrlashni rivojlantirishda ishlatiladigan turli metodlar, jumladan, muammoli vazifalar, guruh ishlari, brainstorming va loyiha asosida o‘qitish usullari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda bo‘ladigan motivatsiya, emotsional muhit va mustaqil fikrlashning ahamiyati tahlil qilinadi. Natijalar orqali o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini oshirishning samaradorligi hamda ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’siri tasdiqlanadi. Bu takliflar kelajakda ta’lim tizimida kreativlikni oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar.Kreativ fikrlash Muammoli vazifalar- Brainstorming- Loyiha asosida o‘qitish,Motivatsiya, Emotsional muhit, Mustaqil fikrlash, Ta’lim jarayoni,Qobiliyatlarni oshirish, Ta’lim tizimi. Bugungi kunda zamonaviy ta‘lim tizimining asosiy jihatlaridan biri innovatsion pedagogik texnologiyalar hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar orqali 360 dars jarayonlarining olib borilishi oʻquvchilarning erkin fikrlashlariga xizmat qiladi. Texnologiya hamda ishlab chiqarishning yuksak taraqqiyoti yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо‘ymoqda. Ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar rivojini harakatga keltiruvchi kuch – malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga yо‘naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Malakali kadrlarni tayyorlashga bо‘lgan ehtiyoj hanuzgacha о‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Buni asosiy sabablaridan biri jamiyatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga bogʻliq ravishda yangidan-yangi yо‘nalishlarning paydo bо‘lishi, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bо‘lgan ehtiyojning shakllanishi va mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi raqobatga bardosh bera olishga boʻlgan talabning ortishidir. Innovatsion texnologiyalar o‘quvchi 5 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference faoliyatiga yangiliklar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta‘lim jarayonida qatnashayotgan har bir oʻquvchining faolligiga va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish oʻquvchi uchun qiziqarli mashgʻulotga aylanadi. Interfaol usullar qoʻllanilganda oʻquvchilar hamkorligida mustaqil ishlash koʻnikmalariga ega boʻladi. Oʻquvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish va tajriba sinovlar oʻtkazish asosida oʻzlashtiradi. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta‘lim jarayonida qatnashchilar kichik guruhlarga boʻlingan holda mehnat qiladi. Darsda berilgan topshiriqlar alohida bir oʻquvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. Oʻqitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Bugungi kunda darsning xilma- xil noan‘anaviy shakllari joriy etilmoqda. Darslar oʻquvchining ijodiy qobiliyatini oʻstirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va yangilikni tez qabul qila olish koʻnikmalarini shakllantiradi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash oʻquvchilarda ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, koʻnikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, oʻzlashtirish sifati oshadi. Buning uchun oʻqituvchi mahoratli boʻlishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni toʻgʻri rejalashtirishi, mashgʻulot davomida barcha oʻquvchilarni ongli ishlashlariga erishmogʻi lozim. Bunda har bir oʻqituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot toʻplamini oʻzlashtirish, qayta ishlash va amalda qoʻllay olishga oʻrgatish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim oluvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim boshqa ta’lim turlaridan farqli ravishda oʻrganuvchilarda bilimlarni targʻib toptirish bilan birga, oʻz-oʻzini rivojlantirishni shakllantiradi. Interfaol ta’limda oʻqituvchi oʻquv faoliyatining faol tashkilotchisi boʻlib, oʻquvchi bu faoliyatning sub’yekti sifatida namoyon boʻladi. Bunda oʻqitishning maqsad va vazifalari, 361 uning mazmuni va kutilayotgan natijalar bevosita ta’lim oluvchining individual imkoniyatlari doirasida belgilanadi va shunga moslashtiriladi. Interfaol ta’limni amalga oshirishning muhim vositasi interfaol oʻqitish metodlaridir. Interfaol oʻqitish metodlari oʻquvchilardan axborotlarni oʻzlashtirish jarayonidagi faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, oʻqitish maqsadlarining toʻlaqonli amalga oshishiga yordam beradi. Fan oʻqituvchisi dars jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan muammoli ta'lim texnologiyasini yaxshi oʻzlashtirib olgani ma’qul. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari tarkibida taqdim etiluvchi “Sinkveyn”, “Muloqot treningi”, “Blits- o‘yin’, “Munozara”, “Guruhlarda ishlash”, “Taqdimot”, yangi ma
Доказательный фрагмент
«Mazkur ishda Akademik litsey o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ishda Akademik litsey o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mustaqil fikrlash, Qobiliyatlarni oshirish, Ta’lim tizimi., Emotsional muhit, Kreativ fikrlash Muammoli vazifalar- Brainstorming- Loyiha asosida o‘qitish, Ta’lim jarayoni, Motivatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014