Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI O‘QITISHDA INKLYUZIV TA’LIMNING MAQBULLIGI VA SAMARADORLIGI
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Fayzullayeva Dilfuza Mirakbarovna · Negmatova Maxfuza Mansurovna
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
ushbu maqolada alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib berish, ular bilan olib borilga tajriba sinov ishlari olingan natijalar, inklyuziv ta’limning samaradorligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, inklyuziv, tafakkur, rivojlanish, intеllеktual salohiyat, takomillashuv, ijodiy tafakkur, dunyoqarash, ijodiy yondashuv, tafakkur. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, barcha sohalarni chuqur islohotlar maydoniga aylantirdi. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy- madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, o‘zgarishlar, yangilanishalar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda kelajak avlodni zamon talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh, mustahkam bilimli, kuchli irodali, yuksak salohiyatli barkamol shaxs etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik, g‘urur kabi g‘oyalarini singdirish, mustahkam immunitetli insonni shakllantirishdek oliy, murakkab shu bilan birga dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Shu jumladan, alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib berib, ularning hayotidagi keyingi ijtimoiy moslashuvini osonlashtirish maqsadida Inklyuziv ta’lim texnologiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inklyuziv ta’lim - bu tabiy jarayon bo‘lib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan eng insonparvar ta’lim sanaladi, inglizcha “inclusion - uyg‘unlashgan, jalb qilingan” degan ma’noni anglatadi. Bu jarayonlar juda murakkab, mashaqqatli bo‘lib, har bir bola o‘ziga xos yondashuvni, o‘ziga xos e’tiborni talab etadi. Bunday ta’limda tarbiyachi-pedagoglar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlari orqali asosiy vazifani bajaradilar. Ayniqsa, sog‘lom bolalar bilan nogiron bolalar orasida tafovut 77 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК sezilganda, ya’ni nogiron bolaning o‘z tengdoshlariga qo‘shilmay, tortinchoq, o‘zidagi imkoniyatlaridan foydalana olmasligi sababli uyalgan yoki ba’zilari kamsitilgan, ba’zilari oilada haddan tashqari avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘lib qolishgan bo‘ladi. Bu ta’lim amaliyoti va ta’lim xizmatlarini tashkillashtirishni va ularga fundamental, haqiqiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Sog‘lom bolalar kabi alohida ehtiyojli bolalar ham ta’lim olish va jamiyatda o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish huquqiga egadirlar. Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, pedagog-tarbiyachilar guruhdagi bolalarning xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga oladi. Shu munosabat bilan ish shakllari, usullari va texnologiyalarini o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Pedagoglar bolalar faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari va usullariga amal qilgan holda, inklyuziv guruh bolaning bilish faoliyati, xulq-atvori va muloqotining xususiyatlaridagi alohida e’tiborli tomonlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishi maqsadlidir. Ma’lumki, inklyuziv ta’limni amaliyotda maqsadli joriy etishda predmetli- rivojlantiruvchi muhit juda yaxshi samara beradi. Predmetli-rivojlantiruvchi muhit - ta’lim muhitining bir qismi hisoblanib, alohida ehtiyojli bolalar rivojlanishi uchun maxsus tashkil etilgan joy, materiallar, johozlar va o‘quv qurollar bilan ifodalanadi. Alohida ehtiyoji bolalar uchun yaratilgan predmetli-rivojlantiruvchi muhit turli xil ta’lim dasturlarini, jumladan, inklyuziv ta’limni amalga oshirishga yordam berishi lozim, pedagoglar har bir bolaning imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va faoliyat darajasini inobatga olgan holda individualligini samarali rivojlantirishi zarur. Ammo eng muhimi, u bolalarning erkinligi, mustaqil faoliyati va o‘z-o‘zini faolligini rivojlantirishga xizmat qilmog‘i lozim. Pedagoglar alohida ehtiyojli bolalarning individual xususiyatlarini va ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda rivojlantiruvchi munitni modellashtiradilar. “Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash va ularning faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishimizda alohida ehtiyojga ega bolalarga g‘amxurlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali ta’lim tashkilotlarida sifatli ta’lim olishlari uchun zurur shart-sharoitlar yaratish, alohida ehtiyojli bolalar uchun yuqori sifatli ta’lim olish, tengdoshlari qatori ta’lim resurslaridan erkin foydalanish hamda o‘zaro aloqa qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘ligida imkoniyati cheklangan bolalarga o‘z tengdoshlari qatorida ta’lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning 78 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК ehtiyoji hamda qobil
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lis…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, takomillashuv, inklyuziv, tafakkur, rivojlanish, ta’lim, dunyoqarash, ijodiy tafakkur, ijodiy yondashuv, tafakkur., intеllеktual salohiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025