К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA SHAKLLANTIRISH

Qodirova Nafisa Mavjudovna · Fayzullayeva Dilfuza Mirakbarovna

Академические исследования в современной науке · 4 · 288-293 · 2026

Аннотация

mazkur maqolada maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirishning ahamiyati va usullari, kompetensiyaviy yondashuv asosida bolalar shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyatga jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishi haqida ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: kompetensiya, mahorat, shaxsiy, kasbiy, qobilyati, salohiyat, kompetentlik, ko‘nikma, malaka, kasbiy faoliyat, perseptiv qobiliyat, faollik, muvaffaqiyat, bilim, malaka, Maktabgacha ta’lim tizimi bolalar rivojlanishining dastlabki bosqichi bo‘lib, shaxsning keyingi yillaridagi intellektual, ijtimoiy va ma’naviy shakllanishiga asos yaratadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish zarurati ortib bormoqda. Chunki bu yondashuv nafaqat bilimlarni o‘rgatish, balki bolalarda hayotiy ko‘nikmalar va muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur masala O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan ta’lim strategiyasi va milliy dasturlarida alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek, maktabgacha ta’limda bolalarning qiziqishlarini inobatga olib, o‘qitish va tarbiyalash jarayonlarini yangi usullar asosida tashkil etish dolzarb vazifadir. Shu bois, kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini shakllantirish masalalarini ilmiy jihatdan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ta’limiy faoliyatlar olib boriladi. Davlat o‘quv dasturi esa kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligidan barchamizning xabarimiz bor. Maktabgacha ta’limda barcha faoliyat turlari bola kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv bolalarda nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki ularni real hayotda qo‘llash, muloqot qilish va muammolarni hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, tadqiqotlar ta’lim-tarbiya jarayonida ijodkorlik, 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligini ta’kidlaydi. “Maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini kompеtеnsiyaviy yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi akadеmik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishimizda tizimli yondashuv asos qilib olindi, bu esa o‘quv-tarbiya jarayonini barcha bosqichlarida bir-biriga bog’liq bo‘lgan elementlar sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Ish davomida quyidagi metodlar qo‘llanildi:  Nazariy tahlil – kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik asoslarini o‘rganish uchun adabiyot va normativ hujjatlar tahlil qilindi.  Eksperimental usul – maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi metodik yondashuvlar sinovdan o‘tkazildi.  Sotsiologik tadqiqotlar – o‘qituvchilar, ota-onalar va bolalar orasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, olingan ma’lumotlar tahlil qilindi.  Taqqoslash va monitoring – an’anaviy va kompetensiyaviy yondashuvning samaradorligi solishtirildi. Tadqiqot metodologiyasi orqali kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv- tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlash hamda uning amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga erishildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv 5 ta soha kompetensiyasi va tayanch kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi. 5 ta soha kompetensiyasiga quyidagilar:  “Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari,  “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari,  “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari,  “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari,  “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari mavjud. Tayanch kompetensiyalarga esa quyidagilar:  Kommunikativ kompetensiya - turli xil vaziyatlarda muloqotdan o‘rinli foydalana bilish ko‘nikmasi,  Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati,  Shaxsiy “Men” kontseptsiyasini qurish, 71 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Bilish kompetensiyasi - atrof-olamni ongli ravishda idrok qilish, anglash va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan faoliyatda, amaliyotda qo‘llay olish, vazifalarni hal qilish uchun foydalanishdan iboratdir. Maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirish dolzarb va ko‘p qirrali masala hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv nafaqat bolalarda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki ularning hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va o‘zini namoyon etish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy tajribalar davomida an’anaviy yondashuvlar bilan taqqoslaganda, kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar bolalarning qiziqishini oshirish va faol

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirishning ahamiyati va usullari, kompetensiyaviy yondashuv asosida bolalar shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, m…»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirishning ahamiyati va usullari, kompetensiyaviy yondashuv asosida bolalar shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muvaffaqiyat, perseptiv qobiliyat, kasbiy faoliyat, ko‘nikma, bilim, salohiyat, mahorat, kompetentlik, kompetensiya, malaka, shaxsiy, faollik, kasbiy, qobilyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники