К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING BESH RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA BILIMLARINING O‘ZLASHTIRILISHI

Муртазаева Дилфуза Муротовна · Лутфуллаева Нигора Халимбаевна (Халқаро Нордик университети магистранти · )

Академические исследования в современной науке · 4 · 288-293 · 2026

Аннотация

This article provides information on how the methods used in the course of experiments and classes aimed at developing the educational process in preschool education based on modern approaches affect the development of children's personal qualities, independent thinking and expand the possibilities of involvement in creative activities. Keywords: experience, intellectual potential, integration, innovation, multimedia, characteristics, professional activity, perceptive abilities, activity, success, knowledge, skills. Bugungi kunda mamlakatimimizda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida ulkan islohatlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mamlakat kelajagi uchun muhim o’rin egallagan maktabgacha ta’lim sohasida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir bo’moqda. Jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifati va 75 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference samaradorligini oshirish, qulay shart - sharoitlarning yaratilishi, ya’ni ta’limiy rivojlantiruvchi muhit yaratilishiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, malakali, kasbiy salohiyatli pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim- tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim dasturlari tatbiq etish, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, bolalarni har tomonlama bilimli, immuniteti mustahkam, intellektual salohiyatli, o‘zini anglagan, tanqidiy fiklash qobiliyatiga ega, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun etarlicha shart - sharoitlar, ta’limiy muhit yaratishga muhim masala sifatida diqqat qaratilmoqda. Asosiy qism. Maktabgacha ta’limda har doim bolaning rivojlanishi muhim hisoblanadi. O’tgan yillar mobaynida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda zamonaviy yondashuvlar innavatsion pedagogik texnologiyalarga e’tibor yanada kuchaytirildi. Shuningdek zamonaviy yondashuv bolalarni izlanish, kashfiyotlar va tajribalarni rag’batlantiradigan o’quv muhitlari yaratildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni yaratish va undagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish va ushbu jarayonlarni o’yin faoliyati tarzida olib borish. Faoliyatdagi xilma-xillik o’sish sur’atlarini maksimal darajada amalga oshirish ishlari maqsadli yo’lga qo’yildi. Magistrlik dissertatsiya ishimizda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy yondashuvni samarali yo’lga qo’yish masalalari ilgari surildi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha tajriba – sinov ishlari Buxoro viloyat Vobkent tuman 17 - Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib borildi. Ushbu tajriba sinov jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Tajriba - sinov ishlari Katta 1 va Katta 2 guruhlarda amalga oshirildi. Bolalar o’yin va metotlar orqali mustaqil fikrlab, nutqining rivojlanishiga da’vat etiladi. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish zamonaviy yondashuvning bir qismi bo’lib,bolalar o’z his-tuyg’ularini boshqarishga, ularni empatiyasini rivojlantirib, tendoshlari bilan ijobiy munosabatlarini o’rnatishni o’rgatadi. Ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishda tajriba - sinov ishlariga DMTTdan jami 52 nafar bola jalb еtildi. Bolalarning dastlabki holatini aniqlash uchun, davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari bo‘yicha yosh doirasida sinov o‘tkazildi. Sinov bolalarning mashg‘ulot jarayonlarida, erkin faoliyat davrlarida, sayr faoliyatlarida, umuman olganda ikki oy davomidagi barcha faoliyat turlari davomida kuzatilib, belgilab olindi. Bolalar tasodifiy tanlash usuli bilan bizga kerak bo‘lgan tajriba va nazorat guruhlariga biriktirilib, ajratib olindilar. 76 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tajriba guruhlarida mashg‘ulotlar loyihali ta’lim asosida ya’ni, yangi pedagogik texnologiyalar, turli xildagi yuqorida aytib o‘tilgan maxsus ishlab chiqilgan metodlar, multimediyalar va eng muhimi yuqori talab darajasida jihozlangan rivojlanish markazlarida olib borildi. Bola shaxsida qaratilgan yondashuvli va faol integratsiyalashgan faoliyat olib borildi. Tajriba guruhlarida beshta faollik markazlaridan tashqari turli xil yo‘nalishdagi burchaklar o‘rin egallagan. Bolalarga mahoratli pedagoglar va o’zim tomonimdan ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlari yakunida quyidagicha yutuqlarga erishildi. Har ikkala guruh bolalari davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari bo‘yicha, rеyting nazorati talabiga muvofiq baholandi, ya’ni: 1. 55 - 70 ball - 3 baho 2. 71 -89 ball - 4 baho 3. 90 - 100 ball - 5 baho.1 Tajriba-sinovni boshlashdan oldin dastlab 2 ta katta guruh tajriba guruhi va nazorat guruhiga ajratilib davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari bo‘yicha bolalar bilimini aniqlashtirish maqsadida o‘tkazildi. Tajriba guruhi - katta 1 guruhida 26 nafar tarbiyalanuvchisi bor. Unda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi 60 %, ijtimoiy- hissiy rivojlanish 55%, nut

Доказательный фрагмент

«This article provides information on how the methods used in the course of experiments and classes aimed at developing the educational process in preschool education based on modern approaches affect the development o…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on how the methods used in the course of experiments and classes aimed at developing the educational process in preschool education based on modern approaches affect the development o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
experience, intellectual potential, integration, innovation, muvaffaqiyat, perseptiv qobiliyat, kasbiy faoliyat, innovatsiya, xususiyatlar, tajriba, multimediya, bilim, intellektual salohiyat, faollik, malaka., integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники