Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI ROLLI O'YINLAR ORQALI O'RGATISH METODIKASI: NAZARIYA VA AMALIYOT.
Murtazoyeva Mehribon Ulug'bek qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, methods of teaching English to elementary school students with interesting, various games, including: action, role-playing games. You can get acquainted with the methods of teaching taking into account the interests of elementary school students. Key words: method, playful technology, word games, vocabulary games, role playing games, "Merry riddles", "Quick answers", "Pantomime". Hozirgi kunga kelib, ingliz tilini o‘qitishda turli xil texnologiyalar va metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ulardan biri o‘yinlar, interfaol metodlardir. O‘yinlar, ayniqsa, rolli o'yinlar bolalarni til o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali tashkil qiladi. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalarning samarali usullari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, dars jarayonida qo'llash haqida so‘z yuritiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Oʼyin oʼquvchilаrning oʼzaro va oʼqituvchi bilan muloqotga kirishishga boʼlgan qiziqishlarini faollashtiradi, nutqiy hamkorlikka boʼlgan tenglikni yaratib beradi, xamda ular oʼrtasidagi anʼanaviy psixolоgik toʼsiqni olib tashlashga imkon beradi. Rolli oʼyinlar oʼquvchidagi uyatchanlik, oʼziga ishonchsizlik xissiyotlariustidan gʼolib chiqish, shu bilan birga oʼzida ingliz tilida so‘zlashish qobiliyati borligiga ishonch hоsil qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, oddiy suhbat va munozaralarda koʼproq tilni yaxshi biladigan oʼquvchilar faol ishtirok etadi. Uyatchan oʼquvchilar esa suhbatga aralashmay oʼzlаrini chetga tortadilar. Rolli oʼyinlarda har bir oʼquvchiga rollar boʼlib berilаdi va nutqiy muloqotda har birining faol ishtirok etishi talab etiladi. Аmаlda rolli oʼyinlarda barcha oʼqitish jarayonlari nutqiy faoliyatga qaratilgan boladi. 85 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Uchinchidan, bu o'yinlar nafaqat so‘zlayotgan, balki uni tinglayotgan oʼquvchining ham faol boʼlishi, yaʼni oʼz suhbatdoshini tushuna olishi va uning savoliga toʼgʼri javob bera olishini talab qiladi. To'rtinchidan, o‘yinlar yordamida yangi so‘zlarni va grammatik qoidalarni eslab qolish osonroq bo‘ladi. O‘yinli texnologiyalar orqali o‘rganish jarayoni tabiiy va intuitiv bo‘lib, o‘quvchilarga yangi bilimlarni osonroq eslab qolishlariga yordam beradi. O‘yinli texnologiyalarni o‘rganish samaradorligi bo‘yicha bir qancha olimlar tomonida turli tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ular o‘yinli texnologiyalarning o‘quv jarayonidagi samaradorligini tasdiqlaydi. Masalan, Oxford universiteti tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, o‘quvchilar o‘yinlar orqali yangi so‘zlarni eslab qolish darajasi an’anaviy o‘qitish metodlaridan 20% yuqori ekanligi aniqlangan. Boshqa bir tadqiqotda esa, "Kahoot!" platformasidan foydalanish o‘quvchilarning darsga qiziqishini va ishtirokini sezilarli darajada oshirganligi ko‘rsatilgan. Ko'pgina kitoblarda ham o'yinli metodlarga alohida urg'u berilgan. Jumaladan, James Paul Gee (2007) o‘zining “What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy” asarida o‘yinlarning ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritadi. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, video o‘yinlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, muammo hal qilish ko‘nikmalarini va yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Jan L. Plass, Bruce D. Homer va Charles K. Kinzer (2015) “Educational Psychologist” jurnalida chop etilgan maqolalarida, o‘yinli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganganlar. Ularning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularga murakkab mavzularni o‘zlashtirishda yordam beradi. Sebastian Deterding, Dan Dixon, Rilla Khaled va Lennart Nacke (2011) “From Game Design Elements to Gamefulness: Defining ‘Gamification’” asarida gamifikatsiya tushunchasini yoritadi va uning ta’limdagi qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Ularning tadqiqotlari o‘yin elementlarini o‘quv jarayoniga kiritish o‘quvchilarni rag‘batlantirishda katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Oxford University Press (2020) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, raqamli o‘yinlarning til o‘rganishga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli o‘yinlar orqali o‘quvchilar yangi so‘zlarni an’anaviymetodlarga qaraganda tezroq va samaraliroq o‘rganadilar. Turli xildagi rolli o'yinlar, masalan sinfxonada bozor muhitini yaratib, o'quvchilarni savdogar va xaridor yoki o'quv xonasida oshxona muhitini 86 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tashkillashtirib, bolalarni oshpaz va xo'randa roliga kirgizib, dars davomida ko'p yangi so'zlar va grammatik qoidalarni o'rgatishimiz mumkin. Bundan tashqarida bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: “Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlarig
Доказательный фрагмент
«In this article, methods of teaching English to elementary school students with interesting, various games, including: action, role-playing games.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, methods of teaching English to elementary school students with interesting, various games, including: action, role-playing games. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- method, playful technology, word games, vocabulary games, o’yinli texnologiya, lug‘at o‘yinlari, metod, so‘z o‘yinlari, rolli o'yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025