К содержанию
РецензированоUZ2026

JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘GAY KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK O‘RGANILISHI

Qayumova Mohinur Murodullayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada "o‘gay" konsepti jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan lingvopragmatik jihatdan o‘rganilgan. "O‘gay" konsepti turli tillarda va madaniyatlarda o‘ziga xos semantik, pragmatik hamda lingvokulturologik yukga ega bo‘lib, uning mazmuni milliy va madaniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar hamda tarbiyaviy an’analarga mos ravishda shakllanadi. Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi "o‘gay" tushunchasining ifodalanish xususiyatlari, ularning nutqiy aktlarda qo‘llanilishi va bu orqali beriladigan konnotativ ma’nolar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek va rus tillarida "o‘gay" konsepti ko‘pincha salbiy ma’no va ijtimoiy stereotiplar bilan bog‘lanadi, bu esa madaniy me’yorlar va tarbiyaviy qadriyatlar bilan izohlanadi. Ingliz tilida esa "step-" prefiksi yordamida hosil qilingan "stepmother", "stepchild" kabi atamalar ko‘proq neytral semantik yukga ega bo‘lib, ularning pragmatik ta’siri nisbatan kamroq ekanligi kuzatilgan. Ushbu lingvopragmatik tadqiqot "o‘gay" konseptining madaniyatlararo kommunikatsiyadagi roli va ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Maqolada lingvokulturologik va pragmatik tahlil usullari asosida "o‘gay" konsepti orqali turli tillarda shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarning kommunikativ xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot Kalit so‘zlar o‘gay konsepti, lingvopragmatika, madaniyatlararo kommunikatsiya, tilshunoslik, semantika, lingvokulturologiya, aspect Kirish (Introduction) Tilshunoslik fani o‘zida nafaqat tilning tuzilishi va qoidalarini o‘rganadi, balki til orqali ifodalanadigan madaniy va ijtimoiy ko‘rinishlarni ham tahlil qiladi. Shu nuqtai nazardan konseptlar tilshunoslikning markaziy tadqiqot obyektlaridan biri hisoblanadi, chunki ular til va madaniyatning o‘zaro aloqasi natijasida shakllanadi va ma’lum jamiyatning madaniy ko‘rinishini ifodalaydi. Konseptlar orqali xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va axloqiy me’yorlari aks etadi. "O‘gay" konsepti esa oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni o‘zida mujassam etgan holda, til va madaniyatni o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadigan tushunchalardan biridir. "O‘gay" tushunchasi asosan oilaviy munosabatlarni ifodalashda qo‘llaniladigan atama bo‘lsa-da, uning semantik va pragmatik ma’nosi har bir madaniyatda turlicha talqin qilinadi. Bu tushunchaning turli tillarda, jumladan, ingliz, rus va o‘zbek tillarida qo‘llanilishi va unga berilgan semantik yuk madaniyatlarning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Masalan, o‘zbek madaniyatida "o‘gay" so‘zi ko‘pincha salbiy ma’noda ishlatiladi va unda mehr-muhabbatning yetishmasligi yoki ziddiyatli munosabatlar tushuniladi. Ingliz tilida esa "step-" prefiksi bilan ifodalanadigan tushunchalar, masalan, stepmother (o‘gay ona) yoki stepson (o‘gay o‘g‘il), nisbatan neytral semantik ma’no yuklaydi va hissiy jihatdan ijobiy yoki salbiy kayfiyatga ega 131 emas. Bu esa har bir madaniyatning oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlarida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, maqolada "o‘gay" konsepti orqali oilaviy munosabatlarning madaniyatga xos ko‘rinishlari ham ko‘rib chiqiladi. Tilshunoslikda bu kabi tadqiqotlar nafaqat til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini chuqurroq anglash, balki madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni kamaytirishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqola "o‘gay" konsepti orqali tilning jamiyatda qanday ijtimoiy vazifalarni bajarishini va turli tillardagi pragmatik xususiyatlarni o‘rganish uchun yangi ilmiy istiqbollarni ochib beradi. Ushbu tadqiqot, ayniqsa, lingvokulturologiya, til pragmatikasi va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida ilmiy bilimlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Metodologiya (Methods) Ushbu tadqiqotda "o‘gay" konseptining lingvopragmatik jihatlarini o‘rganish uchun bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Metodologiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 1. Materiallarni tanlash va tahlil qilish Tadqiqot uchun asosiy material sifatida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi adabiy manbalar, maqolalar, lug‘atlar, folklor asarlari hamda kundalik nutqdan misollar tanlab olindi. Bunda til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan, "o‘gay" konsepti bilan bog‘liq leksik birliklar va frazeologik iboralar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va kino matnlari tahlil qilingan. 2. Lingvokulturologik yondashuv "O‘gay" konsepti madaniyatning tilga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish uchun lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilindi. Bu usul yordamida konseptning madaniy konnotatsiyasi, milliy an’analardagi o‘rni va ijtimoiy muhitdagi ta’siri o‘rganildi. Har bir madaniyatda "o‘gay" konsepti qanday ma’nolar bilan bog‘lanishi va uning madaniyatlararo farqlari aniqlangan. Mazkur tadqiqot uchun turli madaniy guruhlarga mansub shaxslar bilan o‘tkazilgan intervyu va so‘rovnoma natijalaridan foydalanildi. So‘rovda qatnashuvchilarga "o‘gay" konsepti haqidagi fikrlari va tushunchalari so‘ra

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada "o‘gay" konsepti jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan lingvopragmatik jihatdan o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada "o‘gay" konsepti jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan lingvopragmatik jihatdan o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvokulturologiya, tilshunoslik, o‘gay konsepti, aspect, madaniyatlararo kommunikatsiya, lingvopragmatika, semantika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники