К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM SIFATI YUQORI BO‘LGAN MAMLAKATLARDA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING TASHKILIY TUZILISHI

TA’LIMNING TASHKILIY TUZILISHI · Nasirdinov Komoliddin Dagarovich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lishning asosidir. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy tizim va kadrlar zarurligini ta’kidlagan bir paytda butun ta’lim tizimini takomillashtirish xalqaro tajribalarni o‘rganishdan boshlanadi. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: ta’limda xalqaro tajriba, Germaniya ta’lim tizimi, BUyuk Britaniya ta’lim tizimi, AQSh ta’lim tizimi, Xitoy ta’lim tizimi, Finlandiya ta’lim tizimi. Qadimdan Sharqda bilim olish qadrlangan. Bilimdon kishilar esa el-yurt ardog‘ida bo‘lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo‘lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o‘rganishdir. Prezidentimiz Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada1 maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o‘quv tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha vazifalarini belgilab berdi. Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg‘ulotga ajratilgan. Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi. Shu bois xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashgu’lotlar ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi. Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo‘ldagi say harakatlari bilan o‘lchanadi. Jaxonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib tarzda 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (24.01.2020-y.). // https://president.uz/uz/lists/view/3324# 80 ` yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda chet el ta’limi bo‘yicha ko‘pgina makolalar, broshyuralar, qo‘llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, o‘quvlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlarining qo‘yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o‘quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda, malaka oshirish markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bugungi kunda ta`lim mazmuniga bo‘lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart -sharoitlarga yetib bormoqda. Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o‘tamiz. Germaniya ta’lim tizimi2: Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o‘choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, o‘z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o‘qish bepul. Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo‘linadi: boshlangi’ch maktab; yo‘nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab; maxsus maktab. Boshlang‘ich maktab

Доказательный фрагмент

«Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
BUyuk Britaniya ta’lim tizimi, Xitoy ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Finlandiya ta’lim tizimi., AQSh ta’lim tizimi, ta’limda xalqaro tajriba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники