Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILIDA O’QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · XOS XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Aliqulova Feruza O‘ktam qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 9 · 16-22 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, ingliz tilini o’qitish kompetensiyasini raqamli texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini o’qitishdagi o’rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar, ingliz tilini o’qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish jihatlari o’rganilgan, tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Raqamli texnalogiya, ustoz-shogird-darslik, Axborot kommunikatsiyon texnologiyalar. Bugungi kunda insonlar o’zaro bir-birlari bilan muloqot qilishda XXIasr elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ushbu texnologiya asrida kundalik hayotimizning asosiy qismiga aylandi [2]. Mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan, ta'lim muassasalarida ham raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish joriy qilinib kelinmoqda. Bu hodisa ko'pchilik tomonidan til o'rgatish kompyuterlar, internet va mobil texnologiyalarning yangi yutuqlari ta'siri ostida bo'ladigan kelajak to'lqini sifatida takidlandi [3]. Texnologik innovatsiyalarning ta'siri til o’qitishda ham sezilarli namoyon bo’la boshladi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’qitish uchun juda keng qamrovli imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo’nalishdagi o’quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, shu bilan bir qatorda tizimni raqamlashtirish orqali foydalanuvchilar, o’rganuvchilar uchun bir muncha yengillik yaratildi. Manbalar tahlili. Xorijiy tillarni o’qitishni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi [1]. Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir turi deb olsak bo’ladi. Yangi axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning mamlakatimizda joriy etilishi zamonaviy bola shaxsini shakllantirishda o’z izini qoldirdi. Bugungi kunda an’anaviy “ustoz-shogird-darslik” sxemasiga yangi bo’g’in – kompyuter kiritilmoqda, kompyuter ta’limi esa bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib 124 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bormoqda. Ta'limni axborotlashtirishning asosiy qismlaridan biri o'quv fanlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Ingliz tilini o’qitish kompetetsiyasini modernizatsiya qilish, birinchi navbatda, uning zamonaviy imkoniyatlar orqali, elektron texnologiyalar orqali ham xuddi o’qituvchi bilan yuzma-yuz o’rgangandek ta’lim berishni nazarda tutadi. Bu borada o’quvchi-yoshlarning ijodiy shaxsiy salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, chuqur bilim olish, jumladan, til bilimlari imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Internet zamonaviy voqelikning ajralmas qismiga aylandi. Internet ingliz tilini o’rganishda yordam berishi mumkin, chunki AKTdan foydalanish chet tilini o‘rganuvchilar uchun haqiqiy matnlardan foydalanish, tinglash va ona tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi, ya’ni tabiiy til muhitini yaratadi. Internetga kirish darslarni turli g'oyalar va mashqlar bilan boyitish imkonini beruvchi katta hajmdagi qo'shimcha materiallardan foydalanish imkonini beradi. Ingliz tili darslarida foydalanilgan raqamli ta’lim resurslari tasnifi Chet tillari bo’yicha raqamli ta’lim resurslarini mazmuni va funksionalligiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) ma'lumot va ma'lumotnomalar (entsiklopediyalar, ma'lumotnomalar, lug'atlar, jurnallar, gazetalar, almanaxlar); 2) o'qish uchun elektron kitoblar; 3) DVD diskdagi filmlar; 4) elektron ko'rgazmali qurollar kutubxonalari va ma'lumotlar bazalari; 5) elektron tashuvchilar bo'yicha o'quv-uslubiy materiallar (dars ishlanmalari, tilning aspektlari va RD turlarini o'qitish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, testlar va boshqa nazorat- o'lchov materiallari); 6) Internet resurslari; 7) birlashtirilgan elektron o'quv vositalari (qo'llanmalar, elektron darsliklar, mashq kitoblari va o'quv o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, ingliz tilini o’qitish kompetensiyasini raqamli texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini o’qitishdagi o’rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish o…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, ingliz tilini o’qitish kompetensiyasini raqamli texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini o’qitishdagi o’rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Axborot kommunikatsiyon texnologiyalar., Raqamli texnalogiya, ustoz-shogird-darslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026