Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERKIN VOHIDOV SHE’RLARIDA AN’ANA VA O’ZIGA XOSLIK
Joʻrayeva Munojat Abdubannopovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Each poem by Erkin Vokhidovy fully reflects the vivid picture of the era, the immortal psychology of the people, the monumental image of the nation. The poet does not forcefully explain the idea he puts forward in his poems to the reader, does not burden the lines with a heavy burden. As much as possible, he presents it lightly through simple words and the actions of the lyrical hero. This article discusses the use of figurative language in the poet's poems. Keywords: publicist, figurative means, Hero of Uzbekistan, listener, spirit of the nation, poet's soul, images. ТРАДИЦИЯ И ИНДИВИДУАЛЬНОСТЬ В СТИХОТВОРЕНИЯХ ЭРКИНА ВОХИДОВА Аннотация. Каждое стихотворение Эркина Вохидова в полной мере отражает яркий пейзаж эпохи, бессмертную психологию народа, монументальный образ нации. Поэт не настойчиво разъясняет читателю идею, которую он выдвигает в своих стихах, и строки не несут тяжелой нагрузки. Насколько это возможно, повествование ведется просто, посредством слов и действий лирического героя. В статье рассматривается использование образного языка в стихотворениях поэта. Ключевые слова: публицист, изобразительные средства, Герой Узбекистана, слушатель, национальный дух, душа поэта, образы. 1 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ XX asr 60-yillarida o‘zbek adabiyoti osmonida Erkin Vohidov yorqin yuduz kabi porlay boshladi. Zamondosh shoirlar zamonani alqab maqtovlar bitayotgan bir davrda shoir insoniy tuyg’ularni himoya qilarak maydonga chiqdi. Shuningdek, yillar davomida hukmron bo‘lib kelgan aruz vazni XX asrga kelib birmuncha chekinib, o‘z o‘rnini barmoq vazniga bo‘shatib bergan bir vaziyatda shoir aruz vaznining xasta tanasiga o‘z she’rlari ila davo bo‘la boshladi. Ya’ni “Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy singari mo‘tabar siymolardan keyin mumtoz g‘azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekiladi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo‘lib Erkin Vohidov aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig‘ paydo bo‘ldi”. Darhaqiqat, Erkin Vohidov aruziy ohangdorlikka ma’no yukini yuklab, adabiyot ixlosmandlari ichida ildam qadamlarla mag‘rur odim ota bildi. Shoir g‘azallarini o‘qir ekansiz goh muhabbatdan masrur bir oshiqqa, goh insonlar dardi bilan yonib yashovchi bir insonparvarga, goh ilm-fan yutuqlaridan doim xabardor bo‘lgan zakiy ilm kishisiga, gohida esa chuqur falsafiy xayollar sohibi bo‘lgan bir faylasufga duch kelasiz. Ijodkor nazmiga inja tuyg‘ular nafislik bilan singdirilgan, shu bilan bir qatorda she’rlar xalqona ohangda, sodda tilda bitilgan va g‘oyat o‘qishlidir. Shoirning “Yoshlik devoni”dan o‘rin olgan “Do‘st bilan obod uying” g‘azali so‘zimiz isbotidir: Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, Vayronadir koshona ham. Intizor har uy dilovar, Dilkusholar bazmiga, Gar oyoq qo‘ysa qabohat Yig‘lagay ostona ham. Yaxshi do‘stlar davrasida, Ochilursan har zamon, Ko‘rkni shoda ichra topgay Marvarid durdona ham Do‘stga muhabbat, uni e’zozlash, do‘st tutish sirlari to‘g‘risida bitilgan ushbu baytlar ohangdorligi, samimiyligi bilan kishini o‘ziga jalb etadi. G‘azal Ramali musammani mahzufvaznida yozilgan bo‘lib, afoyili va taqti’si quyidagicha: foilotun/ foilotun/ foilotun/ foilun. 1 12 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qofiyalanishi: 1. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra murdaf qofiya. 2. Qofiyalar tuzilishiga ko‘ra mutlaq qofiya. Erkin Vohidov she’riyatining o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, shoir she’riy kompozitsiya yaratishda ritmik pauzadan keng foydalanadi. Ya’ni ritmik pauza barmoq va aruz vaznlari orasidagi bir ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bilasizki, barmoq vazni to‘rtliklar ketma ketligidan tashkil topsa, aruz vazni baytlardan (bir bayt ikki misradan) iborat bo‘ladi. Ammo ijodkor bir baytni to‘rtga bo‘ladi, ya’ni har bir misra o‘rtasida ritmik pauza qo‘llaydi va buni she’r shakliga ham singdiradi. Yana bir g‘azalida shoir: Termular shabnamli yaproq – Ostidan pinhon uzum, Lablaringga yetmoq istab Tong sahar giryon uzum. – deya tashxisning go‘zalligidan foydalanib, takrorlanmas san’at asarini yaratadi. G‘azalda so‘zlar shu qadar mohirona terilganki, bir ipga tizilgan injular kabi nafis va jilokor. Bunda har bir bayt o‘z ichiga olam-olam ma’no yashiradi. Asarning bosh qahramoni uzum va u jonlantirilgan. Matla’da uzum tong saharda shabnamli yaproq ostidan yorga termuladi. Ya’ni bosh qahramon uzum yor ishqida kuyib yongan bir oshiqdir. G‘azal davomida shoir aytmay turib uzumning holati orqali yor vasfini o‘quvchiga anglatadi. Ikkinchi baytda: Oftob mashshotasi Tok sochini nurdan tarab, Zangining bo‘yniga osmish Shodayi marjon uzum. Pardozchi oftob tokning sochlariga nur qo‘shib taraydi va zangi ya’ni qora tunning bo‘yniga uzumdan marjon shodalarini osadi. Shoir deyarli har bir baytda mana shu kabi tashxis va tashbih san’atlaridan unumli foydalanadi. Keyingi
Доказательный фрагмент
«Each poem by Erkin Vokhidovy fully reflects the vivid picture of the era, the immortal psychology of the people, the monumental image of the nation.»
Образец извлечения
Демо-превьюEach poem by Erkin Vokhidovy fully reflects the vivid picture of the era, the immortal psychology of the people, the monumental image of the nation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- publicist, figurative means, Hero of Uzbekistan, listener, spirit of the nation, obrazlar., tinglovchi, publitsist, shoir qalbi, tasviriy vositalar, O'zbekiston Qahramoni, millat ruhi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025