Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH BUXOROLIKLARNING DAVLAT BOSHQARUV HUQUQIGA OID ISLOHOTCHILIK QARASHLARI
ISLOHOTCHILIK QARASHLARI · Turdiyev Abdulfayz Sherali o‘g‘li · Murojat uchun: Tel.+---. · ГОСУДАРСТВЕННОЕ УПРАВЛЕНИЕ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, the reformist views of the Young Bukharans in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century regarding the right to state administration are analyzed in detail. Young Bukharans put forward the need to modernize the management system of the Bukhara Emirate, developed proposals aimed at strengthening state power and ensuring the rule of law in civil administration. The article discusses their views on improving the effectiveness of administrative law, harmonizing Sharia law with modern administrative principles, and ensuring public welfare. At the same time, the practical works of Young Bukharans, inspired by the experiences of Eastern and Western state administration, carried out in order to bring the country to a modern administrative system, and their legal foundations are studied. This study is aimed at highlighting the contribution of Young Bukharians in the field of public administration law and revealing its historical significance. Key words: Young Bukharans, the right to govern the state, reformist views, modernization, the Emirate of Bukhara, Sharia law, the rule of law, the system of state administration, legal reforms, national awakening. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida, butun Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Buxoro amirligi, tarixiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar davrini boshdan kechirdi. Buxoro amirligi davlat boshqaruvi tizimi asosan feodal tuzumga asoslanib, davlat va jamiyatni boshqarishning eski usullaridan foydalanilardi. Ammo o‘sha davrda o‘zgarishlar va yangiliklar talab qilindi. Bu o‘zgarishlar nafaqat tashqi siyosat, balki ichki boshqaruv tizimida ham izlanishlar olib keldi. Bu jarayonning bir qismi sifatida, yosh buxoroliklar harakati yuzaga keldi. 1 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yosh buxoroliklar, asosan, harbiy, ilmiy, madaniy va siyosiy sohalarda o‘z bilim va tajribalarini yangiliklar yaratish uchun sarfladilar. Ularning maqsadi, nafaqat Buxoro amirligini modernizatsiya qilish, balki davlat boshqaruv tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish edi. Ushbu harakatning markaziy g‘oyalari o‘zgartirishlar, islohotlar va davlat boshqaruvini yanada samarali qilishga qaratilgan edi. Bu yoshlar, zamonaviy boshqaruv tamoyillari va ilm- fanning yutuqlarini o‘z mamlakatlariga tatbiq etish orqali, o‘sha davrdagi eski tizimga qarshi turishga harakat qildilar. Yosh buxoroliklar - Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910-20- yillarda „Yosh buxoroliklar“ partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmonxoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja Mehriy, Muso Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yosh buxoroliklarning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol oʻynashdi. Istanbulda taʼlim olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga qaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914-yildan boshlab Yosh buxoroliklar maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yosh buxoroliklar amirlik tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi. Xususan, yosh buxoroliklar davlat boshqaruvi va huquqiy tizimni modernizatsiya qilishda, qonun ustuvorligini ta’minlashga, adolatli boshqaruv tizimini yaratishga, hukumatning samaradorligini oshirishga va xalq farovonligini yaxshilashga qaratilgan g‘oyalar ilgari surdilar. Ular davlat boshqaruvini faqat hukmdorlarning ixtiyoriga bo‘ysundirishdan tashqari, qonuniy asoslar va umumxalq manfaatlarini nazarda tutish zarurligini ta’kidlashdi. Shu sababli, Yosh buxoroliklarning davlat boshqaruv huquqiga oid qarashlari nafaqat o‘sha davr uchun, balki hozirgi kunda ham muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ularning qarashlari nafaqat davlat boshqaruvi tizimini, balki uning huquqiy poydevorini ham yangilashga bo‘lgan intilishlarini namoyon etadi. Bu maqolada Yosh buxoroliklarning davlat boshqaruvi huquqiga oid islohotchilik qarashlari, ularning g‘oyalari va bu g‘oyalar asosida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu qarashlarning o‘zbek davlat boshqaruvining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ham o‘rganiladi.Yosh buxoroliklarning islohotchilik qarashlarida o‘zgartirishlar ikki asosiy yo‘nalishdan iborat edi: 2 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bi
Доказательный фрагмент
«In this article, the reformist views of the Young Bukharans in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century regarding the right to state administration are analyzed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the reformist views of the Young Bukharans in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century regarding the right to state administration are analyzed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young Bukharans, the right to govern the state, reformist views, modernization, milliy uyg‘onish., qonun ustuvorligi, huquqiy islohotlar, davlat boshqaruv huquqi, Buxoro amirligi, islohotchilik qarashlari, Yosh buxoroliklar, shariat huquqi, modernizatsiya, davlat boshqaruvi tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014