К содержанию
РецензированоUZ2026

OSMOS HODISASI VA UNING BIOLOGIK TIZIMLARDAGI O’RNI

EDUCATION SYSTEM · Normurodov Asilbek Asqar o’g’li · Karjavov Abdixakim Raxmonovich

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

This thesis discusses the role of the osmosis phenomenon in biological processes, the maintenance of fluid balance in cells, the physiological importance of osmotic pressure. During the research, special attention is paid to the method of measuring osmotic pressure - osmometry and osmoregulation processes. Kalit so’zlar: osmos, osmotik bosim, osmometriya, yarim o’tkazuvchi membrana, konsentratsiya, eritma, osmoregulatsiya Keywords: osmosis, osmotic pressure, osmometry, semipermeable membrane, concentration, solution, osmoregulation Osmos hodisasi bu - erituvchining (diffuziya hisobiga) yarim oʻtkazgich membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi kam boʻlgan eritmadan yoki toza erituvchidan erigan modda konsentratsiyasi koʻp boʻlgan eritmaga oʻz- oʻzidan oʻtish jarayonidir. Erituvchi (masalan, suv) osmos tufayli suyuqroq eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-yilda A. Nolle kuzatgan[4]. Osmos holatini toʻxtatish uchun eritmaga ta’sir ettirish zarur boʻlgan bosim qiymatiga osmotik bosim (P) deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu bosim eritma tarkibidagi moddalar konsentratsiyasini tenglashtirish uchun suyuqlikning o’tishini to’xtatishga harakat qiladigan kuchdir. Osmos uzluksiz jarayondir, chunki, biologik sistemalarda membranalar yarim oʻtkazuvchan tabiatiga ega boʻladi. Organizm biologik suyuqliklaridan qon, toʻqima suyuqligi, limfa va plazma ma’lum bir osmotik bosim qiymatiga ega. Osmotik bosim organizm ichida eng muhim omillardan boʻlib, uning turli 134 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference qismlarida suv taqsimotini belgilaydi, uning qiymati doimiydir. Suv va eruvchan moddalar konsentratsiyasini kerakli darajada ushlab turadigan mexanizm - osmoregulatsiya deb ataladi.[3] Biologik suyuqliklar osmotik bosimining qiymatini oʻzgarmasligi uchun odam va hayvon organizmiga faqat izotonik eritmalarni katta hajmda quyish mumkin. Agar hujayra tashqarisidagi eritmaning konsentratsiyasi hujayra ichidagi konsentratsiyadan past bo‘lsa, hujayra tashqarisidagi suyuqlik hujayra ichiga sizib o‘tib hujayra membranasini yorib yuborishi mumkin. Aksincha, gipotonik (hypo – “nisbatan kam“) (osmotik bosimi kichik boʻlgan) eritmadan foydanilsa, hujayralar ichiga ortiqcha suv kirib, shishi va yorilishi mumkin. Aynan shu sababdan tomir ichiga yuborish uchun mo'ljallangan natriy xlor eritmasini osmotik bosimini muvozanatlashtirish uchun izotonik eritmalari tayyorlanadi. De-Friz izotonik eritmalarni tayyorlash natijasida quydagi qonuni topadi: bir xil haroratda turli moddalarning bir xil molyar konsentratsiyada olingan eritmalar bir xil osmotik bosimga ega bo’ladi.[5] Hujayradan suv ajralib chiqishi plazmoliz, qisqarib qolgan hujayralarni mos ravishda suyultirilgan eritmaga tushirilganda sodir bo‘ladigan teskari jarayon (o‘z holiga qaytishi) deplazmoliz deyiladi. Eritma natijasida hosil bo'ladigan osmotik bosim kattaligi erigan moddalarning kimyoviy tabiatiga emas, balki miqdoriga bog'liq. Osmotik bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi va asosan polimerlarning molekulyar massasi aniqlanishi uchun ishlatiladi.[1] Osmotik bosim qiymatini oʻlchash davomida quyidagi ikki qoida kelib chiqadi: 1) eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga toʻgʻri proporsional boʻlishi; 135 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference 2) osmotik bosim eritmaning absolyut haroratiga proporsional boʻlishi. [2] Biologik tizimlarda, masalan, hayvon, o‘simlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarda osmotik bosim ularning tarkibidagi eritilgan moddalar, masalan, tuzlar, qandlar yoki boshqa ionlar soniga bog‘liq. Hayvonlar va o‘simliklar hujayralarining suyuq muhitida osmotik bosim, suv va tuz almashinuvi orqali turg‘unligini saqlashga yordam beradi.Biologik tizimlar doimiy ravishda suv va ozuqa moddalarini atrof-muhit bilan almashib turadi. Osmotik bosimni tartibga solish mexanizmi bo'lmasa yoki kasallik ushbu mexanizmga zarar etkazganda, organizmda suyuqlik balansi buziladi va og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. NATIJALAR Osmos jarayoni membranadan ajratilgan eritmalardagi konsentratsiyalarini tenglashtirishdagi suvning xususiyatiga asoslangan. Bu membrananing teshiklari shunchalik kichikki, ular orqali faqat suv molekulalari o'tishi mumkin. Agar bunday gipotetik idishning bir qismida kontsentratsiya oshsa, idishning ikkala qismidagi suyuqlik konsentratsiyasi teng bo'lmaguncha u yerga suv oqa boshlaydi. Bu holatda, erigan moddalar daraxt tanasida ko‘tarilishi noto‘g‘ri talqin qilinadi. Osmotik bosim suvni o‘simlik tanasida ko‘taradi, degan tushuncha mavjud, ammo aslida o‘simliklardagi suv va erigan moddalar ko‘tarilishi ho‘llash, kapilyarlik va sirt taranglik kabi jarayonlar bilan bog‘liq. Kapilyarlar orqali suyuqliklarning hujayralararo taqsimlanishini osmos

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses the role of the osmosis phenomenon in biological processes, the maintenance of fluid balance in cells, the physiological importance of osmotic pressure.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses the role of the osmosis phenomenon in biological processes, the maintenance of fluid balance in cells, the physiological importance of osmotic pressure. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
osmosis, osmotic pressure, osmometry, semipermeable, osmos, konsentratsiya, yarim o’tkazuvchi membrana, osmotik bosim, osmometriya, eritma, osmoregulatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники