Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNING SOGʻLOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA GIGIENIK TARBIYANING AHAMIYATI
N.A. Tursunova (“University of Business and Science” Toshkent filiali “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article reflects the hygienic education and upbringing of children in educational institutions, game and competitive forms of education and upbringing, personal hygiene, health of the population consisting of children and adolescents, conditions of its formation, health indicators of each child and the team, hygiene of physical education, agenda and hygiene of the educational process, hygiene of labor education, hygiene of children and adolescents. 118 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: hygienic education and upbringing of children, personal hygiene, hygiene of nutrition of children and adolescents, regime and hygiene of the educational process. Aholi sogʻlom turmush tarzining muhim tashkil etuvchi qismlaridan biri - yuqori sanitariya madaniyatini tarbiyalash davlat ahamiyatiga mollik ishdir. Sanitariya madaniyatini shakillantirishda etakchi oʻrinni gigienik tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha chora – tadbirlar majmuasi egallaydi. Fuqarolarni gigienik tarbiyalash va oʻqitish quyidagi jarayonlarda amalga oshirilishi lozim: - maktabgacha va boshqa ta'lim muassalarda tarbiyalash va oʻqitish; - ish faoliyati oziq – ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini ishlab chiqarish, tashish va tarqatish bilan bogʻli boʻlgan tashkilotlarning rahbarlari va xodimlarini gigienik tayorlov va attestasiya oʻtkazish, bolalarni tarbiyalash va oʻqitish; - oʻqitish dasturiga gigienik bilimlar xaqidagi boʻlimlarni kiritish yoʻli bilan xodimlarni tayorlash, qayta tayorlash va malakasini oshirish. Ta'lim muassasalarida bolalarni gigienik oʻqitish va tarbiyalash sinifda, sinifdan tashqari va maktabdan tashqari bajariladigan ishlardan iborat boʻlib, barcha fanlar muallimlari, muassasaning tibbiy xodimlari qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatining a'zolari, toʻgaraklar, kuliblar uyushmalar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Sinf ishi ta'lim standartlari, oʻquv dasturlari, uslubiy qoʻllanmalar asosida amalga oshiriladi. Gigiyena masalalari, asosan, tabiatshunoslik, xayot faoliyati xafsizligi asoslari, mehnat, jismoniy tarbiya, atrof olam, biologiya (ta'lim muassasalarida) shuningdek, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi (kasbiy oʻqitiluvchi ta'lim muassasalarida) darslarida yoritiladi. Darslar mavzusi oʻquv dasturiga binoan belgilanadi. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar sanitariya postlari va brigadalari, darsdan tashqari qoʻshimcha oʻqish va “Yosh tibbiyotchi ” toʻgaraklardagi mashgʻulotlar, tibbiy xodimlar bilan suxbatlar, ma'ruzalar oʻtkazish, kino va videofil'mlarni tomosha qilishni oʻz ichiga qamrab oladi. Ammo oʻqitish va tarbiyalashning oʻyinli (ayniqsa, kichik sinflarda) va musobaqali shakillari: viktorinalar, olimpiadalar, teatrlashtirilgan tomoshalar, shoular, kichik sinflar uchun dasturlarda yuqori sinf oʻquvchilari qatnashishi shart boʻlgan tanlovlar, sanitariya axborotnomalari, varaqalar chiqarish anchagina samaraliroq boʻladi. Yuqori 119 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sinflar uchun oʻqitish va tarbiyalashning eng yaxshi usuli – anjumanlar, baxs va munozaralar, davra stollari tashkil etishdir. Oʻquvchilarning gigiena va ekologiya mavzusidagi, aytaylik, “Antivazn” (tana vazni ortiqcha boʻlganlar uchun), “Yashillar xarakati” va boshqa shu kabi jamoatchilik birlashmalarida, klublarda ishtirok etishlari gigienik tarbilashning qudratli vositasidir. Gigiyenik oʻqitish va tarbilashning samarasini tekshirish uchun gigiyena boblarini qamrab olgan fanlar boʻyicha oʻzlashtirishlar, yozma ishlar, test sinovlari va soʻrovnomalar natijalari ma'lumotlaridan foydalanish mumkin, ammo gigienik koʻnikma va malaka shakllanishini kuzatish (ayniqsa, quyi sinflarda ) ni ham e'tibordan chetda qoldirib boʻlmaydi. Gigienik tarbiyalashning eng muhim tarkibiy qismi – shaxsiy gigienadir. Shaxsiy gigiyena – insonning oʻz sogʻligiga nisbatan faol munosabatda boʻlishining muhim vositasidir. Oʻsmir nafaqat shaxsiy gigienaning oddiy qoidalariga rioya qilibgina qolmay, yana psixogigiena sohasida ham zarur koʻnikmaga ega boʻlishi va taraqqiylashgan jamiyatda qabul qilingan va ohir- oqibatda sogʻlom turmush tarzi uchun “xizmat qiluvchi ” belgilangan ahloq me'yorlari, ish usuli, muomala shaklini egallagan boʻlishi lozim. Bu borada M.V. Lomonosov juda qiziq fikrni bayon etgan: “ tozalikka dasturxon yonida, kitoblarni saqlashda, oʻrin – koʻrpalarni tutishda, kiyim – kechak kiyishda ham rioya qilinishi kerak. kimningki tashqi koʻrinishi irkit boʻlsa, u nafaqat oʻtaketgan dangasalikni, balki qabih fe'l – atvorini ham namoyish etayotgan boʻladi”. Bolalar va oʻsmirlarni gigienik tarbiyalash – majmuaviy va koʻp qirrali faoliyatdir. Unda ommaviy fikr almashinishining turli – tuman kanallaridan foydalanishni faollashtirish judayam muhim. Sogʻlom turmush tarzi targʻibotining turli shakllari orasida televidenie va badiiy filmlar birinchi oʻrinda turadi. Ma'ruzalar va suhbatlar eng soʻnngi oʻrinlarni egalllaydi. Bolalar auditoriyasining tasnifini hisobga ol
Доказательный фрагмент
«This article reflects the hygienic education and upbringing of children in educational institutions, game and competitive forms of education and upbringing, personal hygiene, health of the population consisting of chi…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects the hygienic education and upbringing of children in educational institutions, game and competitive forms of education and upbringing, personal hygiene, health of the population consisting of chi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hygienic education and upbringing of children, personal, kun tartibi va oʻquv – tarbiya jarayoni gigiyenasi., bolalarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash, shaxsiy gigiena, bolalar va oʻsmirlar ovqatlanishi gigiyenasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025