Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GIPOVITAMINOZ VA UNING INSON SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI.
Xabibullaeva Dilnoza Askarovna · Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani
Академические исследования в современной науке · 1912
Аннотация
Ushbu ilmiy ma'lumotlarda siz vitamin va uning ahamiyati.Vitamin yetishmasligi va bu holatda bo'ladigan insondagi o'zgarishlar.Vitaminlarning turlari va sog'liq uchun uning qay darajada ahamiyatli ekanligini ko'rishingiz mumkin. Kalit so'zlar: vitamin,gelmintoz,stress,gipervitaminoz, avitaminoz, antioksidant. Vitaminlar organizmning normal ishlashini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ular turli fiziologik jarayonlarda, masalan, metabolizm, immunitet tizimi, teri sog'ligi, ko'zlar, asab tizimi va boshqa bir qancha funksiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Vitaminlarning ayrimlari organizmda ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun ularni oziq-ovqat yoki qo'shimcha sifatida olish zarur. Masalan: vitamin A bu ko'zlarni saqlash va immunitetni kuchaytirish uchun zarur, vitamin C immun tizimini qo'llab-quvvatlash, yaralarning tezroq tuzalishi va antioksidant sifatida ishlaydi.Vitaminlar yetarlicha miqdorda olinmasa, turli sog'liq muammolari yuzaga kelishi mumkin, masalan, avitaminoz. Vitaminlar inson ovqat ratsionining eng muhim tarkibiy qismi. Buyuk mutafakir olim tibbiyot asoscisi Gippokrat asarlarida shunday yozilgan.Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi qayt etilgan.Vitaminning kashf etilishi rus olimi N.I. Lunin nomi bilan bog'liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo'lgan qandaydir boshqa moddalar borligini 1880-yili tajribada isbotlab berdi. «Vitamin» atamasini polyak olimi K. Futk 1912-yili taklif etgan.Vitaminlarning organizmda boʻlishi turli organlar va sistemalarning to'la qimmatli hayot faoliyati uchun mutlaqo zarur. Odam vitaminlarni oʻsimliklardan tayyorlangan ovqat yoki hayvonot mahsulotlaridan oladi, vitaminlar hayvon organizmiga o'simliklardan tushib, hayvonning hayot faoliyati jarayonida to'planib boradi. Ba'zi vitaminlarning fiziologik talabdan ortiqroq ishlatilishi yomon oqibatlariga olib kelishi gipervitaminozga sabab bo'lishi mumkin. Dastlab vitamin shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E va hokazo bilan belgilangan. Keyinchalik, vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan, xalqaro yagona nomi 146 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qabul qilindi. Vitamin suvda, yog'da eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Vitamin yetishmovchiligi odam iste'mol qiladigan ovqat tarkibi vitaminlarning yetarlicha bo'lmasligi, ularni o'zlashtirishning buzilishi yoki ichak mikroorganizmlari tomonidan vitaminlar doimo bir xil ovqat yeyish (ayniqsa, tozalangan, quritilgan ovqat, konserva mahsulotlarini muntazam iste'mol qilish) oqibatida, ovqatda yangi sabzavot va mevalar bo'lmasligi, shuningdek, mahsulotlarni noto'g'ri saqlash va ovqat pishirganda vitaminlarning par-chalanib ketishi vitamin yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Masalan, tarkibida nikotin kislota kam g'alla mahsulotlari iste'mol qilish bug'doy uridan tayyorlangan mahsulotlar bilan ovqatlanganda “beri-beri” kasalligi paydo boʻladi va hokazo. Me'da-ichak kasalliklari: gelmintozlarda, lyambliozda hamda dori moddalar uzoq va ko'pincha, shifokor ko'rsatmasisiz qo'llanilganda organizmda vitaminlarning parchalanishi kuchayadi, sintezi pasayadi. Bundan ko'rinadiki, vitamin yetishmovchiligi inson hayotida bir nechta sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Bunga quyidagi omillar sabab bo'lishi mumkin: 1. Notog'ri ovqatlanish: Vitaminlar organizmga asosan oziq-ovqat orqali kiradi. Agar insonning ovqatlanish rejimi turli xil vitaminlarga boy bo'lmasa, bu vitamin yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. 2. Salomatlik muammolari: Ba'zi kasalliklar, masalan, oshqozon-ichak tizimining muammolari, malabsorbsiya (ovqatdagi oziq moddalarni yomon so'rib olish), yoki jigar kasalliklari organizmning vitaminlarni samarali so'rishiga to'sqinlik qilishi mumkin. 3. Vaziyatga qarab, ozuqa moddalarining yo'qligi: Ba'zi hollarda, odamlar o'z dietalarida faqat bir nechta oziq-ovqat mahsulotlariga tayanib, vitaminlar yetishmovchiligiga duch kelishlari mumkin. 4. Hayot tarzi va stress: Kuchli stress, uzoq vaqt davomida juda mehnat qilish yoki yomon uyqu, organizmning vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini oshirishi mumkin. 5. Oziq-ovqatni qayta ishlash va saqlash usullari: Ba'zi vitaminlar oziq- ovqatni tayyorlash yoki saqlash jarayonida yo'qoladi, masalan, C vitamini issiqlik yoki nur ta'sirida yo'qolishi mumkin.Vitamin yetishmovchiligini bartaraf etish uchun xilma-xil va muvozanatli ovqatlanish, shuningdek, zarur vitaminlar va minerallarni qo'shimcha sifatida olish mumkin. Vitaminlar hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi, chunki ular organizmimizning sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddalar. 147 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ular metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va organlarimizning normal faoliyatini saqlaydi. Har bir vitaminning o‘ziga xos vazifalari mavjud va ularning etishmasligi turli xil sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, vitami
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy ma'lumotlarda siz vitamin va uning ahamiyati.Vitamin yetishmasligi va bu holatda bo'ladigan insondagi o'zgarishlar.Vitaminlarning turlari va sog'liq uchun uning qay darajada ahamiyatli ekanligini ko'rishin…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy ma'lumotlarda siz vitamin va uning ahamiyati.Vitamin yetishmasligi va bu holatda bo'ladigan insondagi o'zgarishlar.Vitaminlarning turlari va sog'liq uchun uning qay darajada ahamiyatli ekanligini ko'rishin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vitamin, gelmintoz, stress, gipervitaminoz, avitaminoz, antioksidant.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014