Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IFODALI O‘QISH O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA
Qosimova Aziza Farhod qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 45 · 58-69 · 2026
Аннотация
in this article, the views on reading and its types and the formation of reading skills in elementary school students, as well as improving expressive reading skills, are presented. Key words: reading, types of reading, vocal reading, internal reading, whispering reading, expressive reading, elementary school, skill, methodological preparation, methodological basis. Respublika ta’lim tizimini sifatini yanada oshirishning eng muhim shartlaridan biri sifatida maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, uzluksiz ta’limning yagona interaktiv tizimini shakllantirish bilan bog’liq yuzaga klgan muammolarni hal qilish maqsadida bir qator qaror va farmonlar imzolandi. Xarakatlar strategiyasining 4.4-bandida bugungi globallashuv sharoitida maktab ta’limi, xususan, boshlang’ich ta’lim tizimida foydalanilayotgan o’quv dasturlari va o’quv qo’llanma, darsliklarni yanada yashxilash borasida ham ma’lum ko’rsatmalar ko’rsatib o’tilgan. Pedagogikadan atamalar lug‘atida “kompetensiya — u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik” sifatida tarif berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “kompetensiya — 1) muayyan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba” sifatida tariflanadi. Kompetensiya atamasi lug‘aviy jihatdan bevosita chuqur bilimga asoslangan qobiliyat, layoqatlilik darajasini anglatadi . Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni bildiradi. Umuman olganda, “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalariga berilgan ta’riflarda kompetensiya muayyan faoliyatda talab qilinadigan xulq-atvor, o‘zini tutish, kompetentlilik esa ushbu talabga moslik darajasi, ya’ni kompetensiyani namoyish qilishning pirovard natijasi deb talqin qilinadi. Kompetentlilik tushunchasi (lotinchadan competenlia, compete so‘zidan olingan bo‘lib — “birgalikda erishaman, qozonaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman” degan ma’noni bildiradi) lug‘atlarda esa “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish”, “xabardor 66 bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq” degan ma’noni bildiradi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar “kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadi. Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir-birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”, “kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi.” O‘zbek olimi N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi . Boshqa bir o‘zbek olimi I.Alievning fikricha, kompetentlik deganda ma’lum bir egallangan kompetensiya, ya’ni ma’lum bir sifatlarning to‘liq shakllangan majmui tushuniladi . Mazkur tushuncha lug‘atlarda “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish,” “xabardor bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq” deya tariflanadi. “Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir-birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”, «kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi . Demak, kompetentlikning ma’nolari turli sohalarda turlicha ma’no kasb etadi. Rus olimi N.V.Tarasova bo‘lsa, “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim va harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi . Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetensiya – insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin. Talaba va o’quvchilarning kommunikativ kompetentligiga nimalar kiritilishi kerakligiga ko‘plab yondashuvlar mavjud. D.Xayms bu yerga diskursiv (aytilayotgan gapning ma’nosini qurish qoidalari) va strategik (suhbatdosh bilan aloqani davom ettirish qoidalari), grammatik (til qoidalari) va ijtimoiy-lingvistik (dialekt nutq qoidalari) kompetensiyalarini kiritishni zarur deb hisobladi. Tadqiqotchi A.A.Bodalyovning izohlashicha, “muloqotning kommunikativ tomoni insonlar orasida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdan, muloqotning interfaol tomoni individlar orasida o‘zaro hamkorli
Доказательный фрагмент
«in this article, the views on reading and its types and the formation of reading skills in elementary school students, as well as improving expressive reading skills, are presented.»
Образец извлечения
Демо-превьюin this article, the views on reading and its types and the formation of reading skills in elementary school students, as well as improving expressive reading skills, are presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reading, types of reading, vocal reading, internal reading, whispering reading, ichda o’qish, o’qish turlari, boshlang’ich sinf, ifodali o’qish, metodik tayyorgarlik, ko’nikma, metodologik asos., ovozli o’qish, shivirlab o’qish, o’qish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026