Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O‘RNI
Sottiyeva Go‘zal Hasan qizi · Muhammad-al Xorazmiy nomidagi · Usmanaliyeva Sitora Ikromjon qizi · Muhammad-al Xorazmiy nomidagi · Ernazarova Sevinch Paxriddin qizi · Muhammad-al Xorazmiy nomidagi
Наука и технология в современном мире · 1 · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada ma’sofaviy ta’lim iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida asosiy omil sifatida e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar: Masofaviy ta’lim, online, offline, ta’lim, axborot-kommunikatsiya, ta’lim jarayoni, ta’lim xizmati. 21-asr kompyuter asrida jamiyatimizda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Masofaviy ta’limda online o‘qitish kurslari quyidagi elementlarni o‘z ichiga olgan holda o‘quv dasturlarini diqqat bilan rejalashtirish ucun eng avvalo ta’lim muhiti muhim ahamiyatga ega. Onlayn o‘quv muhiti deganda o‘quvchilar onlayn-resursga kirish, onlayn kurs va aloqa uchun tizimlardan foydalanish, o‘qituvchidan yordam olish va baho olish joylari tushuniladi. Odamlar qo‘llab-quvvatlaydigan, tasalli beradigan va tasodifiy bo‘lgan o‘quv muhitida eng yaxshi bilimlarni o‘rganadilar. Shunday qilib o‘quv muhiti jismoniy, ishonch, hurmat, yordam va erkinlik kabi har tomonlama qulay bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, onlayn o‘qitish muhiti ta’lim natijalariga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo onlayn o‘quv kursida tegishli o‘quv muhitini yaratish imkoniyatiga ega. 2020–2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo`jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo`yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Mazkur vazifalarning bajarilishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Onlayn maslahatlashuvlar lahzali xabar almashish tizimlari (WhatsApp, Viber, Telegram) yordamida talabalar va o‘qituvchi o‘rtasida umumiy chat yaratish orqali amalga oshiriladi. Bu o‘qituvchi va talabalarning fikr-mulohazalarini qabul qilib, ma'lumotlarni bir zumda uzatishga yordam beradi. Konsultatsiyaning bu turidan talabalarga individual yondashishning bir qismi sifatida ham foydalanish mumkin. Offlayn maslahatlashuvlarda o‘quv jarayoni ishtirokchilari elektron pochtadan foydalanadilar. Raqamli iqtisodiyot sharoitlarda masofaviy ta'lim yashash joyidan, mehnat faoliyati mavjudligi yoki yo‘qligidan qat'i nazar, aholining keng qatlamlari uchun ta’limni sifatini oshirish hisoblanadi. Shu 66 ` jumladan, oliy ma'lumot olish imkoniyatini ta'minlashi , mehnat bozoridagi vaziyatning o‘zgarishiga tezda javob berish, universitetning pedagogik, ilmiy va insoniy salohiyatidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishning zamonaviy jahon tendensiyalari asosiy tendensiya ommaviy bakalavriat g‘oyasini amalga oshirish yo‘nalishi ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu tamoyilni amalga oshirish ochiq ta’lim texnologiyalaridan foydalanishdan iborat bo‘lib, ular ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini tarmoq tashkil etishga asoslangan. Fuqarolar uchun qulay onlayn davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha qanday dolzarb vazifalarni bajarish zarur? -Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko`rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning o`zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o`tkazish va tezkor jo`natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi. So‘nggi yillarda ta'limda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish masalasi tobora kuchayib bormoqda. Bular nafaqat yangi texnik vositalar, balki o‘qitishning yangi shakllari va usullari, o‘quv jarayoniga video darslar orqali yangicha yondashuvdir. Pedagogik jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish o‘qituvchining jamoadagi obro‘sini oshiradi, chunki o‘qitish zamonaviy, yuqori darajada olib boriladi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ma’sofaviy ta’lim iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida asosiy omil sifatida e’tirof etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ma’sofaviy ta’lim iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida asosiy omil sifatida e’tirof etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Masofaviy ta’lim, ta’lim, offline, axborot-kommunikatsiya, online, ta’lim jarayoni, ta’lim xizmati.
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020